Yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg’u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko’rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsiyaonal ko’tarinkilik uyg’otadi, harakat xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Shuningdek tarbiyachilar harakat sur’ati va ritmini bashqarishda childirma (buben) dan foydalanadilar. Ko’rgazmalilik usullari bolaning harakatlarni to’g’ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongining kengayishiga harakatlarni bajarishda o’zo’zini nazorat qilishning vujudga kelishiga sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |