Bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan
“BOLALAR JISMONIY TARBIYASI FANIDAN” “TUG’ILGANDAN 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI” MAVZUSADA TAYYORLAGAN Reja: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalami jismoniy tarbiyalash shakllari haqida nazariy ma'Iumotlarga ega qilish nazariyasi. 2. Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari . 3. Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi bolalami jismoniy tarbiyalash shakllari haqida nazariy ma'Iumotlarga ega qilish. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalari – yaslilar, bolalar bog’chalari; jamoat muassasalari – mahkamalar, korxonalar, xususiy bog’chalar. Jismoniy tarbiya, asosan, davlat muassasalarida amalga oshiriladi.
Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.
Yasli va bog’chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o’quv tipidagi mashg’ulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o’yinlar, ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg’ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyaning vazifalarini hal qiladigan jismoniy mashqlar, o’yinlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.
1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan,
3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Ilk yoshdagi bolalarni rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari .
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularning anatomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olsak, chaqqonlik va tezlik sifatlarini tarbiyalash imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko’proq bo’ladi, kuch va chidamlilik sifatlarini tarbiyalashda esa, aksincha, extiyotkor bo’lish zarur.
Maktabgacha 3-7 yoshdagi bolalarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Bolalarning harakatli faoliyati ularda asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan bog’liqdir. Bunga chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, matonat singari sifatlarkiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin ularga o’sha mashqning ahamiyati, bajarish texnikasi, harakatli o’yin qoidalari, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning ayrim elementlari haqida tushuncha berib borish lozim.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |