Bolalar folklori



Download 106,5 Kb.
bet5/6
Sana20.02.2022
Hajmi106,5 Kb.
#461228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALAR FOLKLORI FANINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Bolalar o`yinlari. Inson umrining eng go`zal, beg`ubor onlari bolalik davridir. Go`daklik davridan mehnat faoliyati boshlangunga qadar turli xil mashg`ulotlar bilan shug`llanadi. Uning qiziqishi, yoshiga qarab harakatlar qilishi bolalar o`yinlaridir. S.Ya. Marshakning ta`rificha, “O`yinlar oddiy jismoniy harakatlardangina iborat bo`lmay, ma`lum ritm, ohang, badiiy so`z, syujet va kompozitsiyalarga ega bo`lgan “bolalarning jiddiy mashg`ulotlaridir”. Bolalar yoshlikdan o`yinlar bilan ovunib, undan ma`naviy zavq oladilar, aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar. Rus pedagogi A.S. Makarenko bolalar o`yinlarini uch davrga bo`ladi: birinchi davr- 8 oylikdan-6 yoshgacha bo`lib, xona ichidagi o`yinlar davri, ya`ni o`yinchoq davri; ikkinchi davr- 7-12 yoshgacha bo`lib, serharakat o`yinlar davri; uchinchi davr- 13-16 yoshgacha bo`lib, o`yin jarayonlarining asta-sekin mehnat faoliyati bilan almashinishi davri. Bu davrda bolalar ko`pincha jamoa bo`lib turli o`yinlar o`ynaydilar. Xususan, sport o`yinlari shu davrga mos keladi. Kuzatishlar shuni asoslaydiki, bola birinchi va ikkinchi davrda faqat o`yin bilan mashg`ul bo`ladi, uchinchi davr bola ulg`ayib, jismoniy shakllanib borgach, sport o`yinlari bilan shug`ullanadi.
O`zbeklar, ular bilan birga yashagan xalqlar va qabilalarning milliy o`yinlari haqidagi dastlabki ma`lumotlar bizgacha XI asrning buyuk lingvisti, tarixchisi, etnografi Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asari orqali yetib kelgan. Devon muallifi O`rta Osiyo territoriyasida yashagan qabila va xalqlarning milliy tillariga, ayrim so`zlariga izohot berish orqali kishilarning mashg`ulotlarini va bolalarining o`yinlarigacha tilga oladi, ularning qoidalariga ta`rif beradi. Devonda “Mono`z-mono`z”, “O`tush-o`tush”, “Tobiq”, “ Salavot”, “Quvushish” singari o`yinlar va ularning qoidalari haqida ma`lumotlar berilgan. Masalan, “Mono`z-mono`z” bolalar o`yini kompozitsiyasi quyidagicha; “Bolalar tiz cho`kib, dengiz bo`yida o`tiradular. Sonlari orasiga ho`l qum solib to`ldiradilar. So`ng qo`llari bilan qumni uradilar. Ulardan biri ona boshi bo`lib, mono`z-mono`z deydi. Qolganlari na mono`z-nimaning mo`nguzi (shoxi) deb so`raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni nomini sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takrorlaydilar. So`ng ona boshi shu nomlar ichidan shoxi yo`q hayvonlani tuya, ot, qo`y kabilarni aytib, bolalarni chalg`itadi. Qaysi bola uning ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, u o`yindan chiqariladi. Bu o`yin o`g`il va qiz bolalar ishtirokida o`ynalaveradi. Yoki Sharqning mashhur chovgon o`yini – ot ustida o`ynaladigan o`yinlar orasida keng tarqalgan. Bolalar ham o`zlarini kichik “chovgonlarini” o`ylab topganlar. “Devonu lug`otit turk”da bu tobiq deb atalgan. Bu o`yin o`g`il bolalar o`rtasida o`ynalib, ular bir-birlarini ustiga chiqib, “ot” qilib minganlar. “Ot”ning xatti-harakatlarida o`zini tutolmay, yiqilgan bola yutqazib, o`rin almashadi. Bu o`yinlar qadimdan qolgan o`yin izlari bo`lib, keyingi davrlarda ham bu o`yinning mazmunini saqlagan holda bolalar o`zlariga moslab o`ynaganlar. O`yinga kiritilgan har bir yangi belgi unga yangi mazmun bag`ishlaydi. Masalan “Salavot” o`yini ham bunga misol bo`ladi. Bolalar bir necha joyni koptok sig`adigan qilib o`yadilar. Keyin ikki guruhga bo`linadilar. Chek tashlab, bir tomon ikkinchi tomonning ustiga minib oladilar va qo`llaridagi koptokni haligi chuqur tomonga yo`naltiradilar. Koptok chuqurchaga tushib qolsa yoki biron bolaga tegib ketsa, mingan bola tushadi va mindirgan bola uni ustiga minib, qo`lidagi koptokni chuqurlar tomon yo`naltiradi. Bolaning minish oldidan aytadigan so`zlari o`ziga xos;
- Men minaman, ko`tarasan.
Ko`tarolmasang, o`livorasan,
Yo bo`lmasa, qochivorasan.
Astak, pastak, calavot!
Bolalarning tez harakat qilishga, chaqqon, epchil bo`lishga undaydigan o`yinlar o`g`il va qiz bolalar ishtirokida o`ynaladi. “Berkinmachoq”, “Yetib ketdi”, “Churrum kesdi”, “Quvlashmachoq”, “Oq terakmi, ko`k terak?” kabi o`yinlar shular jumlasiga kiradi. Bu o`yinlarning kompozitsiyasi deyarli bir-biridan farq qilmaydi. O`yin quyidagicha boshlanadi: Bir to`da bolalar baravariga:
Yoshinmachoq, oshga pichoq, kim oyni ko`rdi?-deb, qo`llarini baland ko`taradilar. Ko`tarishdan orqada qolgan bola devorga yuzini qo`yib, ko`zini yumib, sanay boshlaydi. –Bir,ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, ketti! Bo`lsa ham bo`ldi, bo`lmasa ham bo`ldi, - deb bola ko`zini ochib, bolalarni qidirishga tushadi. Qaysi bolani oldin topsa, o`sha yutqazadi. Ana shu zaylda o`yin davom etadi.
“Boylandi” –o`yini ham bolalarning sevimli o`yinlaridan biri hisoblanadi. O`yin boshida ikkita onaboshi belgilab olinadi.
1-ona boshi: - Qo`ying qayda?
2-ona boshi: - Qo`yliqda.
- Tuzing qayda?
- Tuzluqda.
- Qo`ying nima yeydi?
- O`t yeydi, beda yeydi.
- Qo`ying nima beradi?
- Yog`, go`sht, jo`n beradi.
- Shu qizingga nima beray?
- Karnaymi? Surnaymi, childirma?
-Surnay.
Bu o`yin ko`proq qizlar o`rtasida o`ynaladi. Bugungi kun bolalar o`yinlarida ota-bobolarimiz, buvilarimizning aksariyat o`yinlari o`z xususiyatini, izlarini yo`qotmagan. Bu o`yinlar zamirida yangi-yangi o`yinlar ham bolalar tomonidan yaratilmoqda. “Aytishma o`yinlar”, “Lolagul”, “Bulbulim-bulbulim” va bir qancha “Sanamalar” shular jumlasidandir. O`yinlar bolalarni jismonan baquvvat bo`lishini ta`minlash bilan birga aqlini charxlaydi, tafakkurini oshiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
Bolalarning jamoa bo`lib o`ynaydigan o`yinlarida sanamalar alohida o`ringa ega. Ko`pchilik bolalar orasidan onaboshi saylab olishda yoki navbatchini belgilashda sanoq termalari bolalar o`yinlarida juda qo`l keladi. Sanoq termalari ko`pincha ohang va ritm qoidalariga qat`iy bo`ysungan kichik she`riy parchalardan iborat bo`ladi. Masalan, o`zbek bolalari o`rtasida keng tarqalgan sanoqlar anchani tashkil etadi.
Bir, ikki, o`n olti,
O`n olti deb kim aytdi?
O`n olti deb men aytdim,
Ishonmasang sanab boq.
Yoki;
Qars, qurs, pomidor,
Onam bergan pomidor.
Bir, ikki, uch, to`rt –
Besh, olti, yetti, ketti!
Sanoqlar ma`lum bir syujet asosiga tuzilmasligi, misralar ham biror ma`noni anglatmasligi mumkin. Ammo bolalarning o`yin boshlashlari yoki o`yin tugashi vaqtida sanoqlar asosiy vazifani bajaradi. Sanoqlar yordamida bolalar o`z o`rinlarini belgilab oladilar. Bu misollar bolalar o`yinlarining nihoyatda keng tarqalganligini tasdiqlaydi. Bu o`yinlar milliyligi jihatidan e`tiborga molik. O`zbek xalqi qadimdan yaratuvchi, bunyodkor xalq. Uning bu jihati yosh avlod harakatida, bolalar o`yinlarida namoyon bo`lmoqda. Rang-barang mavzudagi o`yinlar bolalarning fantaziyasini oshiradi, nutqini ravon qiladi, hayotda yashashga o`rgatadi. O`yinlar bolalarni dastlabki sport mashg`ulotlaridir. Ular yosh avlodni ma`nan yetuk, jismonan baquvvat, ruhan tetik bo`lishiga, inson uchun zarur bo`lgan fazilatlarni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi.

Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish