Alla - qo`shiq
Alladir hayotda sevimli qo`shiq,
Onalar kuylaydi yurakdan jo`shib.
Bolasin umriga umrlar tilar,A
Allaga dildagi niyatin qo`shib.
Bu qanday sinoat, men bilolmadim,
Ta’rifiga so`zlar topa olmadim
Allalar eshitib, o`sib-ulg`aydim,
Dard cheksam, allani tinglab sog`aydim!
Bu hammaning gapi, hammaning dil so`zi, hammaning allaga, onaga iqrornomasi, ta’zimi. Yoshi ulug`mi, kichikmi alla eshitgan, alla og`ushida, ta’sirida o`sgan, ulg`aygan, esini tanigan, kamol topgan, inson bo`lgan.
Alla xalq og`zaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi. Allada onaning o`yi, xayoli, ezgu niyati, porloq kelajak uchun intilishi, kurashi o`z ifodasini topgan bo`ladi. Alla millat tanlamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-kuyini eshitgan har bir inson bosh chayqaydi, beshik kabi ohista tebranadi, orom oladi, o`zini-o`zi taniydi, xayoli bolaligiga ketadi, hayotda yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga intiladi. E’tibor bering:
Tol beshikni tebratib,
Ona aytar qo`shig`in.
Qo`shiq bilan tebratar
Dunyoning tol beshigin.
Bu beshikda ulg`ayar
Necha ming, millionlar.
Ona mehri ziyosi
Yuraklarga yo`l olar.
Bu beshikda tinglashar
Mayin-mayin allalar.
Uchib o`tgan el bilan
Olam bo`ylab taralar.
Tol beshikni tebratib,
Ona aytar qo`shig`in.
Qo`shiq bilan tebratar
Dunyoning tol beshigin.
Alla qadimiy xalq qo`shig`i. Alla va beshik xamohang yuradi. Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino, - ...Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo`lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo`lgan iste’dodi hosil qilinadi, - deb alla va beshikning norasida kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o`tgan. Buni dildan his qilgan ona chaqalog`ini o`zi suyugan, e’zozlagan har narsadan yuqori qo`yib alla aytadi:
Sen bog`imning bahori,
Sen umrimning nahori,
Sen qalbimning ohori,
Onajoni shunqori, alla-yo, alla.
Odatda, onaning orzu-armonlari bir talay bo`ladi. Dilidagi ezgu niyatlarini allaga qo`shib jo`shib kuylaydi. Bola birinchi navbatda sog`lom fikrli, el-yurt o`g`loni bo`lib kamol topishi kerak. Mana bu allada shu g`oya yaqqol ko`zga tashlanib turadi:
Onasining erkasi,
Uxlab qolsin, alla-yo.
Bo`lsin inson sarasi,
Obro` olsin, alla-yo, alla.
Inson birdaniga yuqori martabali, o`qimishli, oq-qorani ajrata oladigan bo`lmaydi. Buning uchun qunt bilan o`qish, o`rganish, ilmli bo`lish kerak. Mana bu alla ham juda jozibali chiqqan:
Ko`chalarda o`ynab yursin,
Maktablarda o`qib yursin.
Mulla-yu, mudarris bo`lsin,
Martabasi ulug` bo`lsin.
Chaqaloq olamga kelishi bilan dastlab ota-onani taniydi. So`ng oila a’zolari, jonivorlar, parranda-yu, darrandalar bilan oshno bo`ladi. Tabiat insonga xizmat qiladi. Inson uni ehtiyot qilishi, parvarishlashi, o`stirishi, ko`paytirishi lozim. Shu ma’noda inson ruhiga o`z kuyi, qo`shig`i bilan quvonch bag`ishlaydigan qush-bulbulni ham ehtiyot qilishi zarurligi bir qator allalarning asosini tashkil etadi:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo, alla,
Qulluq qush ovozina, alla-yo, alla.
Bermang bulbula ozor, alla-yo, alla,
Bulbul beozor qushdir, alla-yo, alla.
Qadimda och-yupun hayot kechirgan mehnatkash xalq o`z farzandini kelajakda mard-pahlavon, botir bo`lib kamol topib yurt himoyachisiga aylanishiga umid bog`lagan. Shu bois ham alla-qo`shiqlarida farzandlarini yo`lbars yurakli, qoplon bilakli bo`lib kamol topishlari uchun allalar to`qib farzandi ongiga, shuuriga quyib tarbiya qilganlar:
Yo`lbarslarday yuraklim, alla,
Qoplonlarday bilaklim, alla.
Yaxshi-yomon kunimda, alla,
Menga juda keraklim alla.
“Yo Ramazon” qo‘shiqlarining kelib chiqishi, aytilish uslublari haqida
“An’anaga ko‘ra, ro‘za oyi Ramazonning uchinchi kunidan e’tiboran o‘g‘il bolalar iftorlikdan keyin uyma-uy yurib, “Yo ramazon” qo‘shiqlarini aytgan. Har bir hovli oldiga borganda o‘sha uy sohiblarining yaxshi sifatlarini ulug‘lovchi misralarga boy an’anaviy “Yo ramazon” kuylangan”, — deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, o‘zbek marosim folklorining qadimiy janrlaridan biri hisoblangan “Yo ramazon” qo‘shiqlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida keng tarqalgan bo‘lib, xalq orasida yo ramazon, rabiman, rabigon, rayvon, ramazon, ravan, rabibon, o‘rebezon kabi nomlar bilan ataladi. Ro‘za kunlari ana shunday qo‘shiqlarni kuylovchilar ramazonchilar yoki rayvanchilar deb yuritilgan.
“Ramazon oyida ijro etiladigan xalq qo‘shiqlari haqidagi ilk qaydlardan biri N.P.Ostroumov qalamiga mansubdir. U o‘zining 1898-yilda chop etilgan bir kichik risolasida Toshkent va Turkistonning boshqa shaharlarida ro‘za boshlanishi bilanoq bolalar qo‘shnilari, tanish-bilishlar hamda qarindosh-urug‘larining hovlisiga kirib, Ramazon oyi sharafiga qo‘shiqlar aytishini, bu odat o‘sha davrda darveshlar orasida ham mashhur bo‘lganligini qayd qilgan. Bu risolada ro‘za oyida bolalar tomonidan o‘qilgan muxammas hamda ramazoni sharif xususidagi qo‘shiq matni mavjud”, — deyiladi maqolada.
Ma’lum bo‘lishicha, 1910-yilda “Turkiston viloyatining gazeti”da jizzaxlik Mirzo Rajab Abduljabbor o‘g‘li tomonidan yozib olingan “Yo ramazon” qo‘shig‘i e’lon qilingan. Xuddi shu yili “Srednyaya Aziya” jurnalida o‘zbek folklori namunalarini chop ettirgan N. Budzinskiy ham toshkentlik bolalardan yozib olingan “Yo ramazon” qo‘shig‘ini ommalashtirgan.
“O‘zbek xalqining udumiga ko‘ra, ‘Yo ramazon’ aytuvchilarga qand-qurs, pul, belbog‘, qo‘y-qo‘zi, turli pishiriqlar, xullas, ko‘ngildan chiqarib biror narsa hadya etilgan. Ana shu sovg‘a-salomlarga qarab xonadon sohiblarining himmati, oliyjanobligi. saxiyligi yoki baxilligi ma’lum bo‘lgan. Aslida uy egalaridan hadya olish rayvanchilarning asosiy maqsadi emas, ular ota-bobolarning udumiga rioya qilib savob olish, asriy an’analarga umrboqiylik baxsh etish niyatida ‘Yo ramazon’ aytadi”, — deya ta’kidlanadi maqolada.
Ro‘zani uch kun tutib keldik sizga,
Ro‘zaning zakotini bering bizga.
Ramazon aytgan bilan to‘yamizmi,
Burungining qa’dasini qo‘yamizmi?
Maqolada aytilishicha, “Yo ramazon” qo‘shiqlarini aytuvchilar uy egalarining oliyjanobligi, mehmondo‘stligi va serhimmatliligini ta’rif-tavsif qilib, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr, bitmas-tuganmas boylik tilaydi. Bu qo‘shiqlarning hayotbaxshligini ko‘rsatuvchi eng muhim belgilaridan biri shundaki, ular oilaga farzand tilash, ya’ni “qo‘sh kokilli o‘g‘il” yoki “ko‘ngil guli — qiz” farzand ato etilishiga, har bir xonadondan alla sadolari yangrab turishiga bo‘lgan ezgu umid mujassamlashgan:
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga,
Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga,
Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga,
Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga.
Ta’kidlanganidek, “Yo ramazon” qo‘shiqlarida ajdodlar an’analariga sodiq bo‘lish, ya’ni “burungilarning qa’dasini qo‘ymaslik”, yuksak odamiylik, ota-onani qadrlash, ularning muborak xoki-poyini ko‘zga to‘tiyo qilish har bir komil farzandning burchi ekanligi kuylanadi:
Dunyoga kelib ketgan payg‘ambarmi,
Otasi, onasi to‘ygan bormi?
Otangiz, onangiz aziz tuting,
Har bosgan izlarini ko‘zga surting.
Xonadon egasi ko‘nglidan chiqargan narsasini hadya etgach, bolalar uy sohiblarini alqab, an’anaviy Ramazon olqishini ijro etgan:
So‘m-so‘m tillo, so‘m tillo,
Suvga solsa botmasin.
Xudo bergan keng davlat,
Tepkilasa ketmasin.
Bolalar qo‘shiqlari o‘z mazmuniga ko‘ra yilning to‘rt faslida aytilishi mumkin. Bahor faslidagi tabiatning uyg‘onishi yosh bolalar ruhiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Qish bo‘yi qorayib ketgan qorlarning erib ketishi, dalalar ning ko‘m-ko‘k maysalar bilan qoplanishi, meva daraxtla rining gullashi — hammasi bolalarning ichlariga sig‘may qo‘shiq aytishlariga sabab bo‘ladi. ≪Boychechak≫ qo‘shig‘ ana shunday paytlarda aytiladi. Uni yakkaxon qo‘shiqchi boshlab beradi, ko‘pchilik naqarotiga qo‘shilib aytadi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondi,
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondi.
Naqarot:
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Filologiya fanlari doktori, professor O. Safarovning ta’kidlashicha, yoz mavsumida bolalar issiq kunlarning ke - lishidan quvonib, cho‘milish kunlariga, mevalarningpishishiga atab qo‘shiqlar aytishgan:
Shaftoli pishdi,
Tagiga tushdi.
Xomini uzdim,
Dadam urishdi.
Yoki:
Do'stlaringiz bilan baham: |