Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o'yin qo'Ilanmalar



Download 0,53 Mb.
bet41/244
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#241490
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244
Bog'liq
Кушакова Гулнора Elementar matematik tas shakl 2 kurs 4 semes

Stol ustiga qo'yib o'ynaladigan o'yin qo'Ilanmalar: Suratlar, predmetli loto, domino tipidagi xilma-xil o'yin qo'llanmalari, tematik o'yinlar ("Qaerda nima o'sadi", "Bu qachon bo'ladi", "Bu kimga kerak" va boshqalar); xarakat aktivligi, mahorat va xokazolarni talab etadigan o'yinlar ("Uchuvchi qalpoqchalar", "Gusek", "Mo'ljalga tegiz" va boshqalar); mozaika tipidagi o'yinlar stol ustida o'ynaladigan o'yinlar qatoriga kiradi. Stol ustida o'ynaladigan bosma o'yinlar bolalarning ong - bilim doirasini kengaytirishga, o'stirishga yordam beradi, idroklilikni, o'rtoqining harakteriga e'tibor berishni, o'yinning o'zgaruvchi sharoitlariga qarab ish ko'radi, o'z yurishi natijalarini oldindan ko'ra bilish uquvini rivojlantiradi. O'yinda ishtirok etish sabr -toqat, qoidalarga qat'iy rioya qilishni talab etadi va bolalarga katta quvonch baxsh etadi.

Kichkintoylarga mo'ljallangan o'yin mazmuni ular uchun tushunarli bshlishi kerak. Loto kartochkalarida, juft - juft suratlarda, buklama kitoblarda o'yinchoqlar, uy-ro'zg'or buyumlari, eng oddiy transport vositalari, sabzavotlar, mevalar tasvirlanadi. Asosiy kartadagi suratlarga mos keladigan juft suratlar tanlash, rasmda tasvirlangan predmetni, uning biror sifatini aytish bolalarning lug'at boyligini, qisqacha tushintiruvchi nutqini rivojlantiradi.

Katta guruh bolalari uchun stol ustida o'ynaladigan bosma o'yinlar qiziqarli bo'lib, ularda tabiat xodisalari aks ettiriladi, turli xil transport tasvirlanadi, "Kim nimada yuradi, suzadi, uchadi", ertak qahramonlari ishtirok etadi. Bu va shunga o'xshash o'yinlar bolalardan mashg'ulotlarda, ekskursiyalardagi kuzatish protsessida o'zlashtirilgan bilimlarni eslash va qo'llashni talab etadi. Katta yoshdagi bolalar uchun mazmunida, o'yin harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik, aniqlik, tezkorlik, idroklilik elementlari bor bo'lgan o'yinlar qimmatli va qiziqarlidir. Har bir bolalar bog'chasida juda ham rang-barang o'yinlar nabori bo'lishi hamda mustaqil faoliyat uchun ajratilgan vaqtda bolalarning ulardan bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi kerak.

Ermak - o'yinlar alohida guruhni tashkil etadi. Ularda ajoyiblik, kutilmaganlik, kulgililik elementlari aniq ifodalangan bo'lib, xazil, yumor bor. Ularning asosiy vazifasi - bolalarni xursand qilish, kuldirishdan iborat. Ko'pchilik o'yinlarning mazmuni va qoidalari yo tez bajariladigan o'yin harakatlarini, yoki kichiklashtirilgan harakatlarni talab etadi. Ularning ba'zilari tez, ko'pincha tasodifiy reaktsiya uyg'otadi, boshqalari esa bolalarni irodaviy zo'r berishga o'rgatadi.

"Quyonchani tutib ol", "Qo'ng'iroqchali bekinmachoq", "Suratlarni kim tezroq yiqadi" kabi o'yinlar ermak - o'yinlar qatoriga kiradi.

Ijodiy o'yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ulami tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o'yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o'z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o'yinlarda xayoliy vaziyatning mavjud bo'lishi bolaning tafakkurini o'stirib, sujet va rollar o'yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o'yin-laming o'ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi — bolalaming kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o'yin mazmuniga qarab o'zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo'lsa, bola katta bo'lgan sari o'yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo'lib xizmat qiladi.

Shunga ko'ra, o'yinlami sujeti, mazmuniga ko'ra 3 guruhga bo'lish mumkin:


  1. Maishiy o'yinlar (oila, bolalar bog'chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan).

  2. Mehnat mavzuyidagi o'yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o'z-o'ziga xizmat va b.).

  1. Ijtimoiy mavzudagi o'yinlar.

Milliy xalq o'yinlari ikki guruhga bo'linadi:

1. Milliy harakatli o'yinlar.

2. Milliy xalq o'yinlari.

Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.



1-2 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o'yinlari go'dak endi bir-ikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.

3-4 yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari: «Ot o'yin», «Kesak qo'ydi», «Ko'z boylagich», «Choriy chambar», «Awala-kam», «Tayoq irg'itish», «Quloq cho'zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».

4-5 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylan-ma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o'yin», «Ko'p-kari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».

Katta yoshdagi bolalar uchun o 'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do'ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «0q terak-mi ko'k terak». Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qo-biliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boriladi.

Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabrtoqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.



Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:

— Xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;



— milliy o'yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;

  • xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;

  • bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;

  • Maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish.

Xalq harakatli o'yinlarini tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.

  1. O'yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish.

  2. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochir-maslik.

4. O’yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish.

5.O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.

6. Jamo’ bo'lib birgalikda harakat qilish, jamo’ manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish