Axloqiy me’yorlar – kishilar o’z xayoti va faoliyatida amal qiladigan ijtimoiy ishlab chiqilgan xulq atvor qoidalari.
Axloqiy sifatlar – shaxsning barcha vaziyatlarda o’zini namoyon qiladigan, uning axloqiy normalariga rioya qilishga intilishi bilan bog’liq bo’lgan doimiy sifatlari.
Axloqiy tanlash shart-sharoitlari – bola xayoti va faoliyatini shakllantirishga xizmat qiladigan bolaning o’z ijtimoiy xis tuyg’ularini namoyon etishda eng maqbul bo’lgan ijtimoiy modellashtirilgan yoki tabiiy shart sharoitlar. Axloqiy tanlash shart sharoitlari shuni taqazo etadiki, buda bola bajarilish ehtimoliga ko’ra bir xil, ammo axloqiy mazmuni bo’yicha xar xil xulq atvor turlari oldida turadi va ulardan bittasini afzal bilish talab qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |