158
vaqtni his etishni, ularni daqiqa bilan
tanishtirish asosida rivojlantirish ataylab
qilingan tadqiqotlarsiz, jonli pedagogik
jarayon sharoitlarida amalga oshirildi.
Bolalarga daqiqaning davomiyligini ular
uchun
qiziqarli
bo‗lgan
har
xil
faoliyatlarda his etishni taklif qilindi. Masalan, tarbiyachi bolalarga
bir daqiqa davomida koptokni polga urib o‗ynashni yoki koptokni
osmonga otib,
ilib olib, o‗ynashni taklif qiladi. Bir xil o‗yin-
mashqlar sakragichlar, halqalar bilan ham o‗tkaziladi. Bolalar
daqiqaning davomiyligini his etishlari uchun ba‘zan ularga bir
daqiqa jim o‗tirish taklif qilinadi. Tarbiyachi bolalarning
qiziqishlarini qanoatlantirish uchun ularning rejimning biror
momentini bajarishga qancha vaqt sarflaganliklarini, har bir
bolaning faoliyat sur‘ati qandan ekanini aytib berdi.
Keyinroq
bolalarning o‗zlari masalan, kiyinish uchun sarflagan vaqtlari
davomiyligini aniqlashadi- Tarbiyachi esa, bolalarning vaqt
haqidagi hukmlarining aynan bir xilligini tekshirib turadi.
Bolalarda vaqt bo‗yicha mo‗ljal olish malakasi qachon
rivojlana boshlaydi, demak, qachon maxsus pedagogik rahbarlik
talab qilinadi?
Ma‘lumki, vaqtga nisbatan refleks hayvonlarda ham,
odamlarda ham mavjud. Masalan, bola hayotining birinchi onlarida
shakllanadigan
vaqtga
nisbatan
refleks
emizishlar
orasida
o‗rnatilgan vaqt oraliqlari davomiyligini
his etishdan dalolat
beradi. Mana shuning o‗zi rivojlanayotgan bolada vaqt bo‗yicha
mo‗ljal olishning dastlabki bosqichidir, u hozircha dastlabki signal
xarakteriga ega.
Ma‘lumki, vaqt bo‗yicha oriyentr (mo‗ljal) olish hayvonlarda
ham kuzatiladi. Bu malaka hayvonlarda biologik ehtiyojlarning
paydo bo‗lishi va organizm faoliyatining davriyligi asosida
rivojlanadi. Shu sababli hayvonlarda vaqt bo‗yicha mo‗ljal olish,
aniqlik va takomilning eng yuqori darajasiga yetgani bilan ham
ularning mutlaqo biologik ehtiyojlari bilan shartlanilgan
chegaradan oshib ketmaydi.
Falsafa va psixologiyaning tasdig‗icha,
vaqtni idrok etish
bo‗yicha mo‗ljal olish insonda biologik asosda ham, ijtimoiy
asosda ham, uning hayotiy faoliyatida keng ijtimoiy aloqalar va
munosabatlar jarayonida paydo bo‗ladi va shakllanadi.
159
Vaqtning birinchi signal aloqalari shaklidagi hissiy in‘ikosi
(akslanishi) bola hayotining birinchi oylaridayoq, bunda, albatta,
o‗zining biologik asosini yo‗qotmagan holda, ijtimoiy jihatdan
bevosita namoyon bo‗ladi. Keyinchalik vaqtni birinchi signal
aloqalarni shaklida hissiy akslanishi ikkinchi signal aloqalari
sistemasiga kiritiladi va muhim sifat o‗zgarishlariga uchraydi.
Vaqtni his etish ham sifat jihatidan boshqacha bo‗lib qoladi, vaqtni
his etishni rivojlantirish bolaning vaqt o‗lchovlari
birliklarini
doimo o‗zlashtirishiga asoslanadi.
Atrofdagi olamning inson miyasida akslanishining umumiy
tabiatiga o‗xshash, fazoni va vaqtni akslantirish bir vaqtning o‗zida
bilish bosqichlari hisoblanadigan ikki asosiy shaklda, ya‘ni
bevosita (hissiy-obrazli) va bilvosita ifodalangan (mantiqiy-
tushunchaviy) shaklda yaqqol namoyon bo‗ladi. Aks ettirishning bu
asosli shakllarining o‗zaro bog‗liqligi va birligi borliqning fazoviy
va vaqt munosabatlarining akslanish sohasida ham payqala
boshlaydi.
Akslantirish va vaqt bo‗yicha mo‗ljal olishning yangi
darajasiga o‗tishni, odatda, nutqning shakllanishi davri bilan, bola
nutqining lug‗at tarkibi va grammatik tuzilishi ixtisoslashtirshi
davri bilan bog‗laydilar. Bu jarayonda
bola tomonidan maxsus
(«vaqtga» doir) atamalarning o‗zlashtirilishi va kattalarning
o‗rgatuvchilik funksiyasiga muhim rol ajratiladi.
Shunday qilib, maktabgacha bo‗lgan yoshni bolaning vaqtga
nisbatan mo‗ljal olishni nazariy bilishini dastlabki bosqichining
shakllanishi va vaqtni hissiy va mantiqiy aks ettirish birligini
shakllantirish, deb tavsiflash mumkin.
Ikkinchi signal aloqalarida vaqt
bo‗yicha mo‗ljal olish yoki uning
«mantiqiy-tushunchaviy» darajada aks
ettirilishida
vaqtning
har
xil
birliklarni
yoki
vaqt
o‗lchovini
bilishning zarurligi nazarda tutiladi.
Vaqtning sekund, daqiqa, soat, kun,
sutka, hafta, oy, yil va boshqa o‗lchov birliklari o‗ziga xos
etalonlar-dir.
Insonning
obyektiv
borliqning
vaqtga
oid
munosabatlarini
tarixan
bilish
va
obyektiv
baholashining
umumlashtirilgan tajribasi shunday birliklarda to‗plangan. Vaqt
o‗lchovi birliklari o‗zaro bog‗langan va ular o‗ziga xos sistema
160
hosil qiladi. Vaqt o‗lchovining har bir keyingi birligi ma‘lum
miqdordagi oldingi miqdordan tuziladi.
Chunonchi, masalan, 60
sekund bir daqiqani hosil qiladi, bir soat 60 daqiqaga teng; bir
sutka 24 soatga teng; bir, yil 12 oyga teng va h.k
Vaqt etalonlarining butun sistemasini o‗zlash-tirish asosida vaqt
o‗lchovi * birliklari orasidagi munosabatlarni uni tuzuvchi
komponentlar sifatida tushunish yotadi.
Mana shuning uchun ham maktabga borguncha bolalarning vaqt
bo‗yicha mo‗ljal olish malakasining ontogenik va psnxodidaktik
aspektlari birinchi navbatda bolalar tomonidan alohida vaqt o‗lchovi
birliklarini, shuningdek, vaqt etalonlari sistemasini o‗zlashtirishdan
iborat.
Shunday qilib, bolalar bog‗chasida vaqt bo‗yicha mo‗ljal olishning
rivojlanishi tor didaktnk maqsadlarga
xizmat qila olmaydi, u bola
shaxsini kamol toptirishning samarali vositasi bo‗lib qolishi kerak. Har
xil guruhlarda vaqt bo‗yicha mo‗ljal olish malakasini shakllantirish
masalasi va metodikasini xuddi shu pozisiyalardan qarash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: