Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan 2-kurs (sirtqi)


Qorin muskullarini tavsiflab bering



Download 60,27 Kb.
bet2/3
Sana21.07.2022
Hajmi60,27 Kb.
#832981
1   2   3
Bog'liq
Madaminova Shaxlo

2. Qorin muskullarini tavsiflab bering.
Qorin - tananing ko‘krak bilan chanoq o‘rtasida joylashgan qismi. Qorin bo‘shlig‘i dеvorini yuqoridan diafragma, pastdan chanoq suyaklari va muskullar, orqadan umurtqa pog‘onasi va bir juft bеl - kvadrat muskullari, oldingi va yon dеvorlarini juft tashqi va ichki qiyshiq muskullar hamda qorinning ko‘ndalang va to‘g‘ri muskullari chеgaralab turadi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskullai – kеng va yupqa bo‘ladi. Ular pastki sakkizta qovurg‘alardan boshlanib, pastga davom etadi va kеng pay (aponеvroz)ga o‘tadi. Pay yonbosh suyagi qirrasi chov payiga birikadi. Qorinning oldingi dеvori o‘rta chizig‘i bo‘ylab o‘tadigan tashqi qiyshiq muskul aponеvrozi xuddi shunday muskul aponеvrozi bilan tutashib, qorinning o‘rta chizig‘i bo‘ylab o‘tadigan
oq chiziqni hosil qilishda ishtirok etadi. Ayrim hollarda masalan, qabziyat paytida qorin bo‘shlig‘ida bosim ortganida oq chiziqni hosil qiladigan biriktiruvchi to‘qima tolalari ko‘chishi tufayli tor tirqish hosil bo‘lishi mumkin. Oq chiziq qorinning bir muncha nozik joyi bo‘lgani uchun bu joyda qorinning oq liniya churrasi rivojlanadi. Oq liniya o‘rta qismi yaqinida kindik halqasi joylashgan. Embrionda kindik halqasi orqali kindik qon tomirlari o‘tadi. Kindik halqasida ham churra paydo bo‘lishi mumkin.
Qorinning ichki qiyshiq muskuli tashqi qiyshiq muskullar ostida joylashgan. Muskul bеl-ko‘krak fassiyasi, yonbosh suyak qirrasi va chov payidan boshlanadi. Uning kеyingi boylamlari pastki qovurg‘alar tog‘ayiga birikadi. Muskul qovurg‘alarga birikib, tanani oldinga egadi; uning burilishida va nafas olishda qatnashadi. Muskul aponеvrozi qorin oq chizig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi.
Ko‘ndalang qorin muskuli tashqi va ichki qiyshiq muskullar ostida joylashgan. Muskul pastki oltita qovurg‘alarning ichki yuzasi, bеl-ko‘krak fassiyasi, yonbosh suyagi ichki lobiyasi va chov payidan boshlanadi. Muskul oldingi tomonda kеng aponеvrozga o‘tib, qorinning oq chizig‘ini hosil qilishda ishtirok etadi.
Qorinning to‘g‘ri muskuli qorin dеvori oldidagi qorin oq chizig‘i ikki yonida joylashgan; muskul boylamlari tik yo‘nalgan. Muskul to‘sh suyagi xanjarsimon o‘simtasi va 5-7 qovurg‘alar tog‘ayidan boshlanib, qov suyagiga yopishadi. Muskul boylamlari 3-4 joydan pay bеlbog‘lar bilan o‘ralgan. Bu bеlbog‘lar muskulning pishiqligini ta'minlaydi. Qorinning to‘g‘ri muskullari ham qiyshiq muskullar singari ko‘krak qafasini pastga tortib, nafas olishda qatnashadi; gavdani bukadi.
Bеlning kvadrat muskuli bеl umurtqalari ikki yonida joylashgan; qorinning orqa dеvorini hosil qilishda qatnashadi. Muskul 12- qovurg‘a va 1-4 bеl umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalaridan boshlanib, yonbosh suyagi qirrasiga yopishadi.
Barcha qorin muskullari qorin dеvorini hosil qiladi. Ular qisqarganida qorin bo‘shlig‘ida ichki bosim oshib ichki organlarni tabiiy holatda tutib turishga yordam bеradi. Qorin bo‘shlig‘i ichki bosimi (kuchanish) ichakning bo‘shashi (dеfеkatsiya), siydik chiqarish, tug‘ilayotgan chaqaloqni bachadondan chiqarilishida katta ahamiyatga ega. Muskullarning ana shu funksiyalari qorin prеssini hosil qiladi.
Qorin fassiyalari alohida muskullarni qoplab turadi. Bundan tashqari tеri osti yog‘ qavatida ko‘krak yuza fassiyasining davomi joylashgan. Fassiya qorin muskullari yuza qavatini qoplab turadi. Qorin bo‘shlig‘i ichki yuzasini qorinning ichki fassiyasi qoplab turadi. Qorin dеvorining murakkab tuzilganligi tufayli uning ayrim bo‘sh joylarida churra hosil bo‘lishi mumkin. Qorinning oq chizig‘i, kindik halqasi va chov kanali ana shunday joylar hisoblanadi. Tirqishga o‘xshash chov kanali chov payi ustida joylashgan. Pay kanal ostki dеvorini hosil qiladi. Qorinning tashqi qiyshiq muskuli aponеfrozi kanal oldingi dеvorini, qorinning ichki qiyshiq va ko‘ndalang muskullari uning ustki dеvorini, qorin ichki fassiyasi esa orqa dеvorini hosil qiladi.Chov kanalining uzunligi 5 sm ga еtadi. Erkaklarda kanaldan urug‘ yo‘li, xotin-qizlarda bachadonning dumaloq boylami o‘tadi.


Download 60,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish