Jonathan Swift Jonatan Swift Jonatan Swift 1667-yil 30-noyabrda Irlandiyaning Dublin shahrida oddiy Uildsenabolik ingliz oilasida tug'ilgan. Ingliz va Irland yozuvchi, shoir va satirachi. Swift ingliz nasrining eng yuksak namoyondalaridan hisoblanadi. Swiftning shoh asari ilk bor 1726-yilda chop etilgan ”Gulivverning sayohatlari” romanidir. Bu asar dunyoning koʻp tilariga, shu jumladan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Romanni koʻpchilik bollar uchun yozilgan deb oʻylaydi. Ammo „Gulliverning sayohatlari“ aslida insoniyat haqida satiradir. Jonathan Swift ilk asarlarini M.B. Drapier, Lemuel Gulliver, Isaac Bickerstaff kabi turli taxalluslari ostida yozgan. Baʼzi asarlarida esa ismini koʻrsatmagan. Jonathan Swift satiralarida siyosat, adabiyot va inson jamiyatiga oid mavzular haqida yozgan. Ijodi - Swift 1682-1688 yillarda Dublin universitetining Triniti kollejida tahsil koʻrgan. Ilk asarlari — „Vilyam Senkroftga qasida“ (1690) va „Kongrivga qasida“ (1693). „Kitoblar jangi“ (1697) pamfletining davomi „Bochka haqida ertak“ hajviyasi (1704)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. „Movutchining xatlari“ (1723—24) va „Kamtarin taklif“ (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. „Dunyoviy suhbatchilar“ (1738), „Malaylarga oʻgitlar“ (1745) kabi hajviyalari ham bor.
- Swiftning ijodidagi eng muhim va yagona roman — „Gulliverning sayohatlari“ (1-2-jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, oʻtkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy oʻlkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bogʻliq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va boshqalarni aks ettirgan.
- Swift satirasi uning ijodiga xos boʻlgan maʼrifatparvarlik asosida rivojlanib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini taʼkidlagan gumanistik pafos bilan chambarchas bogʻliq.
Satira Satira (lot. satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obʼyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satira obʼyektiga "ishlov" beriladi, satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoyaa va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq satira uchun salbiy tuye berib, keskin ifodalangan estetik obʼyekt xarakterli hisoblanadi. Guliverning sayoxati Bu roman satiriko-fantastik janrida yozilgan. Asarning toʻliq nomi „Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari“ Roman 1726-1727 yillarda, Londonda birinchi marta nashr qilingan. Asar toʻrt qismdan iborat. Guliverning sayoxati Guliverning sayoxati Ikkinchi qism:Brobdingnegga sayohat Guliverning sayoxati Uchinchi qism:Laputa, Balnibari, Laggnegg, Glabbdobdrib va Yaponiyaga sayohat. Guliverning sayoxati E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |