Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Òurdi, velosiped va men
Ko‘zimni ochsam, tepamda buvim turibdilar. Qattiq uxlab
qolgan ekanman, g‘ijinib qo‘ydim.
— Nega uyg‘otasiz? Nima, endi sizning dastingizdan dam
olish kuni ham uxlab bo‘lmaydimi?!
— Kallayi saharlab uyg‘otgani o‘zimning ham ko‘zim qiy-
maydi, — dedilar buvim, — nima qilay, anavi bezbet o‘rtog‘ing
kelgan edi. Yarim soatdan oshdi, eshikning tagida turibdi tirjayib.
G‘iyosjon hali uxlab yotibdi, desam ham ketmaydi.
Buvim „bezbet“ deb Òurdini aytadilar. Bilmaganlar, buvimni
jahldor kampir ekan, deb o‘ylashi mumkin, lekin aslida buvimlar
bolalarni juda yaxshi ko‘radilar. Gohida bir to‘da bo‘lib hovlida
to‘polon boshlasak, hassalarini do‘qillatib quvib beradilar, bolalar
tumtaraqay bo‘lib qochib qolishadi. Buvim ularning orqasidan kulib
qo‘yadilar. Mahalladagi hamma bolalar buvimdan qo‘rqishadi. Faqat
bitta Òurdi buvimning po‘pisalarini pisand qilmay, tirjayib
turaveradi. Shuning uchun buvim uni, yarim hazil-yarim chin,
„bezbet“ deydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 7 5
Òurdi kelganini eshitib, sakrab turdim-u, hovliga chiqdim.
Uning odati shunaqa, ginaxonlikni bilmaydi. Bugun mushtlashsa,
ertaga hech narsa bo‘lmagandek gaplashib ketaveradi.
— Nima bo‘ldi, bunaqa vaqtli turadigan odating yo‘q edi-ku!
so‘radim undan.
— Yur, velosiped uchamiz, — dedi Òurdi tomdan tarasha
tushgandek.
— Velosiped bo‘lsa   jon-jon deb uchardim.
— Òopamiz.
— Qayerdan?
— Esingdami, uzog‘ yili mening bitta velosipedim  bor edi,
o‘sha sal buzilib qolgan. Òuzatib minamiz.
— Bo‘pti! — suyunib ketdim.
Yugurganimizcha Òurdilarnikiga bordik. U meni o‘tinxonaga
boshlab kirdi. Nomi o‘tinxona bo‘lgani bilan ichiga kirsa odam
yo‘qolar ekan. O‘tin ham, ko‘mir ham, eski-tuski stol-stullar,
simkaravot, tog‘oralar, tagi tushgan chelaklar hammasi shu yerda.
— Qani velosipeding? — so‘radim Òurdidan.
— Hozir topamiz, — dedi Òurdi, — shu yerda bo‘lishi kerak.
Shunday dedi-yu, emaklab qaqir-ququrlarning ichiga
sho‘ng‘ib ketdi. Men ham velosipedni axtarib, engashganimcha
stolning tagiga kirdim. Stolning tagidan o‘tib, beshikka duch
keldim. Yerga yotib uning ham tagidan o‘tmoqchi bo‘lib boshimni
suqqan edim, peshanam bir narsaga to‘q etib ketdi. Bunday
qarasam, tuvak ekan.
— Òurdi, kichkinaligingda beshikda yotganmisan? — deb
so‘radim.
O‘tinxonaning narigi burchagidan Òurdining ovozi eshitildi.
— Yo‘q, adamlar o‘sha beshikda yotgan ekanlar, buvim ataylab
olib qo‘yganlar esdalik uchun.
Yana qidirishga tushib ketdik. Qulog‘imga Òurdining pishillashi
eshitildi, xolos. Bir mahal taqira-tuqur qilib bir narsa ag‘darilib
tushdi-ku! O‘rnimdan turib qarasam, kir yuvadigan eski
jomashovning tagidan tirjayib Òurdi chiqib kelyapti.
— Bitta g‘ildiragini topdim, — dedi u sevinib.
Ko‘p o‘tmay men velosipedning ikkinchi g‘ildiragini topdim.
Yana ozgina qidirgan edik, saksovulning tagidan ramasi ham chiqib
qoldi.
— Sal buzilgan deganing shumi? Dabdalasi chiqib yotibdi-
ku! — dedim Òurdiga. — Buni tuzatish uchun kamida bir hafta
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 7 6
kerak. Ta’tilda qayerda eding. Yur, undan ko‘ra, futbol o‘ynagani
boramiz. Dam olish kuni bekor o‘tmasin.
— G‘ildiraklarini qo‘ysak, bo‘ldi, tuzaladi-qoladi, — Òurdi
to‘la ishonch bilan gapirardi.
Kun bo‘yi ovora bo‘lib kechga yaqin velosipedning ikkala
g‘ildiragini o‘rnatdik. Òurdi uchib ko‘rmoqchi bo‘lib mingan edi,
besh qadamcha yurmasdan oldingi g‘ildiragi chiqib ketib o‘mbaloq
oshib tushdi. Aytuvdim-a, murvatlarining tishi yeyilib ketgan,
yangisini sotib olish kerak deb, ishonmovdi. Mana, oqibati nima
bo‘ldi.
O‘lgudek charchab uyga qaytdim. Dars tayyorlashga ham
hafsalam kelmadi. Òelevizor tomosha qilmoqchi bo‘ldim. Qarasam,
yana sevgi haqida kino ko‘rsatishayotgan ekan. Undan ko‘ra kirib
uyquni urgan yaxshi dedim-da, sekin xonamga kirib ketdim.
Ertasiga ertalab nonushta qilib o‘tirganimda Òurdi maktabga
chaqirib kelib qoldi. Apir-shapir choyimni ichdim-u, portfelimni
qo‘ltiqlab ko‘chaga yugurdim. Òurdi meni ko‘rishi bilan so‘radi:
— Uy vazifasini qildingmi?
— Yo‘q, — javob berdim men, — qachon qilaman, o‘zing
bilan birga bo‘ldim-u.
— Men ham qilmadim, — dedi Òurdi iljayib.
Shundan keyin ikkalamiz jim bo‘lib qoldik. Anchagacha miq
etmay bordik.
— Bittadan „2“ oladigan bo‘ldik, — dedi Òurdi.
Men „to‘g‘ri“ degandek, bosh silkib qo‘ydim. Òurdining
aytgani keldi. O‘qituvchi ikkalamizning ham kundaligimizga bittadan
„2“ qo‘ndirdi.
— Xol qo‘ydi-a!? — dedi pichirlab Òurdi dars paytida.
Ensam qotib, Òurdiga javob ham bermadim. Alam qiladi-da,
odamga! Doim dars tayyorlab kelsang-u, bir marta uy ishini qilmay
qolsang, darrov „2“ qo‘yish kerakmi? Alamimizni nimadan olish-
ni bilmay, Òurdi ikkalamiz jo‘rttaga to‘polon qila boshladik. Hali
oldimizdagi partada o‘tirgan Saidaning sochidan tortamiz, hali
orqadagilarga qarab basharamizni burishtirib maynavozchilik
qilamiz, ataylabdan shang‘illab gaplashamiz. Bu ham  yetmagandek,
o‘zimizdan o‘zimiz qiqir-qiqir kulamiz.
— G‘iyos, juda bugun kayfing chog‘mi? Yoki „2“ olga-
ningga shunchalik suyunib ketyapsanmi? — so‘radi o‘qituv-
chimiz  Xatira opa.
— Nima bo‘pti, bitta „2“ olgan bo‘lsam, — dedim qo‘rslik
bilan, — yig‘laydi deb o‘ylaganmidingiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 7 7
— Bilmadim, yig‘lash kerakmi, yo‘qmi, ammo yolg‘ondakam
kulish senga sirayam yarashmas ekan, — dedi Xatira opa.
Nima deyishimni bilmay qoldim. Òo‘g‘ri-da, o‘zim iljayayotgan
bo‘lsam ham, ichimni mushuk tirnayotgandek edi. Shundan keyin
jim bo‘lib qo‘ya qoldim. Ammo ko‘nglim g‘ash edi.
Òurdiga bo‘lsa uncha-muncha gap ta’sir qilmasdi. U dars tugashi
bilan olgan „2“ sini ham unutdi.
Maktabdan qaytayotganimizda qo‘yarda-qo‘ymay Òurdi meni
do‘konga sudradi. Shunaqa xiraki, shirachga o‘xshab yopishadi
odamga. Noiloj ko‘ndim.  Do‘konga borib velosipedga  yangi murvatlar
— kamera, nippel sotib oldik. Uyga  kelib nomiga  ovqat yegan
bo‘ldim-u yana Òurdilarnikiga yugurdim. Ikkalamiz yana velosiped
tuzatishga  kirishib ketdik. Oxiri bir amallab velosipedni tuzatdik.
Qorong‘i tushib qolgan bo‘lsa ham, ko‘chaga chiqib rosa uchdik.
Òerlab-pishib uyga kirib bordim. Shu paytgacha nima qilib
yuribsan, deb so‘rashgan edi,Òurdilarnikida dars tayyorladik, deb
qo‘ya qoldim. Ish o‘ngidan kelib adamlar kundaligimni ham
so‘ramadilar. Eslariga tushib qolmasin, deb sekingina o‘z xonamga
kirib ketdim. Dars tayyorlayman deb kitobni ochsam, ko‘zim
qamashadi. Kitobni yopdim-da, birpas shalpayib o‘tirdim. Oxiri
qandoq qilib uxlab qolganimni ham bilmayman.
Ertasiga maktabda uy ishini qilmaganimiz uchun Òurdi
ikkalamiz yana bittadan „2“ qo‘ndirdik. Maktabdan kelganimiz-
dan keyin Òurdi yana velosipedga  yopishdi.  Men ichimda   jon-
jon deb turgan bo‘lsam ham:
— Ey, Òurdi, bunaqada „ikkichi“ bo‘lib ketamiz-ku, — dedim
har ehtimolga qarshi.
— Qanaqa-da? — so‘radi Òurdi.
Juda parvoyi falak-da, shu Òurdi. Men adamdan bugun rosa
urish eshitaman, deb yuragim taka-puka bo‘lib ketyapti-ku, u
bo‘lsa pisand ham qilmaydi, tirjaygani-tirjaygan.
— Mana  ko‘rasan, „ikki“larimiz uchun yo uyda, yo maktabda
bir karra dabdala qilishadi, — dedim xavotirimni yashirmay.
— Òo‘g‘ri aytasan, — qichqirdi Òurdi.
Keyin sakrab velosipedga mindi-yu, uchirib haydab ketdi.
Orqasidan qarab qoldim, havasim keldi. „Kel, nima bo‘lsa bo‘lar“,
deb ketidan yugurdim. Shu kuni ham rosa velosiped uchdik.
Shunchalik berilib ketibmizmi, qorong‘i tushib qolganini ham
sezmabmiz. Endi uyga qaytmoqchi bo‘lganimizda oldimizdan Lola
chiqib qoldi. Yo‘q, ortiqcha gap qilgani yo‘q, faqat „charcha-
12 Bolalar adabiyoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 7 8
madilaringmi, bundan uch soat burun kinoga ketayotganimda
ham velosiped uchib yurgandilaring“ — dedi.
— Biz charchash nimaligini bilmaymiz, — ishshayib javob
qildi Òurdi.
Lola boshqa bir so‘z demay yo‘lida davom etdi.
Lekin bizni ko‘rgani chatoq bo‘ldi, nega deganda sinf rah-
barimizga dars tayyorlash o‘rniga qorong‘i tushguncha velosiped
uchib yurishibdi, deb chaqishi mumkin.
Aytganim keldi. Ertasiga maktabga borsak, katta tanaffus vaqtida
Lola men bilan Òurdini pionerlar xonasiga kirishimizni taklif qildi.
Òurdi ikkalamiz tirjayib qo‘ydik. Ho, kim qo‘yibdi bu kishiga
gaplashishni. O‘zi o‘ninchida o‘qiydi, sinfimizni otaliqqa olgan.
Bo‘yi ham atigi yarim qarichgina katta bizlardan. Òilimizning
uchida, nomiga sizlab gapiramiz. Kattalik qilib o‘quvchilar xonasiga
chaqiribdilar. Mayli, ko‘raylik-chi, nimalar derkin?
Òurdi ikkalamiz oldinma-ketin o‘quvchilar xonasiga kirib
bordik. Lola to‘rdagi stulga o‘tirdi. Xuddi kattalarga o‘xshab qoshlarini
chimirib bizlarga tikildi.
— Keldik, — dedi Òurdi tirjayib.
Men kulib yubormaslik uchun yerga qarab oldim.
— O‘tiringlar, — dedi Lola.
— Xo‘p bo‘ladi, — Òurdi oldingidan ham ko‘proq tirjayib
stulga o‘tirdi. Nima uchundir borgan sari mening kulgim battar
qistab ketyapti. O‘zimni zo‘rg‘a bosib o‘tiribman.
— Nega tirjayasan? — deb so‘radi Lola Òurdidan.
— Òirjaymayapman, basharam o‘zi shunaqa, — dedi Òurdi.
Men o‘zimni tutolmay, piq etib kulib yubordim. Òurdi ham
shuni kutib turgan ekanmi, xaxolab yubordi.
— Ha, maynavozchilik qilyaptimi birov, kulasanlar? — dedi
Lola jiddiylik bilan.  — Menga  musobaqaga  qatnashasanlarmi-
yo‘qmi, aytlaring, keyin chiqib xohlaganlaringcha kulaverlaring.
— Qanaqa musobaqaga? — so‘radi Òurdi.
— Velosipedchilar musobaqasiga. Yaqinda rayon birinchiligi
uchun bolalar o‘rtasida poyga o‘tkaziladi. O‘shanda ishtirok etish
uchun eng yaxshi velosipedchilarni tanlab olib, mashg‘ulot o‘tka-
zamiz. Poygada yutganlar Òoshkentga, respublika musobaqasiga
boradi.
Òurdining ko‘zlari chaqnab ketdi. Lekin sir boy bermay,
tusmollab so‘radi:
— Hammani ham olaverasizlarmi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 7 9
— Hammani ham olavermaymiz, faqat qiziqqanlarni, astoydil
sportchi bo‘lishga qasd qilganlarni olamiz. Ming epchil bo‘lsin,
qiziqishi bo‘lmasa, undan yaxshi velosipedchi chiqmaydi, — dedi
Lola.
— Òo‘g‘ri-yu, lekin men bilaman, „ikki“si borlarni olishmaydi.
Olishsa ham, „ikki“ngni tuzat, bo‘lmasa musobaqaga qatnash-
maysan, deb miyani achitishadi.
— Hech qanday musobaqaga qatnashmasang ham baribir,
agar „ikki“ng bo‘lsa tuzatasan, deb miyangni achitishadi. Òuzat-
masang, sinfda qolasan, — dedi Lola beparvolik bilan.
— Òo‘g‘ri... — dedi Òurdi boshini qashlab. Keyin burnini shilq
etib tortdi-da, menga qaradi. — Yozilmaymizmi, G‘iyos?
— Bilmasam, — dedim men.
Òurdi men tarafga engashdi-da, qulog‘imga shivirladi:
— Kel, yozilaveramiz, agar yoqmasa, dars tayyorlashga vaqt
yetishmayapti, deb qochib qolamiz.
Men ham Òurdining qulog‘iga shivirladim:
— Anu-chi... e... haligi... mayli, yozilsak yozilaveramiz.
Lola xuddi bizning shivirlashayotganimizni eshitmagandek
boshini ko‘tarmay, oldidagi qog‘ozga bir narsalarni yozib o‘tirardi.
— Yozilamiz, — dedi Òurdi unga.
— Nima? — qog‘ozdan boshini ko‘tarib so‘radi Lola.
— Yozilamiz, deyman.
— Familiyang nima edi? — bilmagandek so‘radi Lola.
Òurdi sakrab o‘rnidan turdi.
— Ermatov Òurdi.
— Seniki-chi?
— Ashurov G‘iyos, — dedim men.
— Bo‘pti bo‘lmasa, — dedi Lola familiyalarimizni yozib olib.
— Ertadan mashg‘ulot boshlanadi. Bolalar maktab maydonchasida
yig‘ilishadi. Kechqurun soat oltiga yetib kellaring.
— Xo‘p bo‘ladi, — deb chiqib ketdik.
Endi uch-to‘rt qadam yurgan edim, esimga bir narsa tushib
qolib, orqamga qaytdim. O‘quvchilar xonasining eshigini ochib,
Lolaga „xayr“ dedim. Meni ko‘rib Òurdi ham qaytdi. Eshikdan
boshini suqib:
— Xayr bo‘lmasa, Lola opa, — dedi tirjayib.
— Xo‘p, xayr, — dedi Lola ham jilmayib.
Shundan keyin sinfimiz tomon yugurgancha ketdik.
O‘sha kundan keyin, oradan bir oycha vaqt o‘tdi. Òurdi
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 0
ikkalamiz velosipedga  juda  berilib ketdik.  Lekin, avvalgidaka,
kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay velosiped minmaymiz.
Haftasiga uch marta ikki-uch soatdan mashg‘ulot bo‘ladi. Hozir
maktabimizda  Òurdidan usta  velosiped haydaydigan bola yo‘q.
Shahar chempioni bo‘lmoqchi va albatta shahar birinchiligi uchun
bo‘ladigan musobaqada qatnashmoqchi. Òrener Sodiq aka
harakat qilsang, yaxshi natija ko‘rsatib, sovrinli o‘rinni egallashing
mumkin deptilar.
Hadeb Òurdini gapirasan, o‘zing-chi deb so‘rarsiz. Men ham
musobaqada qatnashaman, maktabimizning yuzini yerga
qaratmasman, deb o‘ylayman.
Olgan „ikkilaringiz“ nima bo‘ladi deysizmi? Allaqachon Òurdi
ham, men ham tuzatdik. „Ikki“ngni tuzatgin, deb hech kim
zo‘rlagani yo‘q.  Faqat velosiped to‘garagiga  qatnashsanglar, dars
tayyorlashga vaqtlaring yetmay qolmasin, deb Lola kun jadvali
tuzib berdi. Shu jadvalda nima yozilgan bo‘lsa, o‘shani qilaverdik.
Vaqtida ovqat, vaqtida velosiped, vaqtida dars... hammasini ham
qilib ulgurasan. Qarabsizki, „ikki“dan ham qutulib qolibmiz. Yaxshi
narsa bo‘lar ekan bu jadval.
Bolalar, qulog‘ingizga gapim bor, agar kimga o‘shanaqa jadval
kerak bo‘lsa, bizning maktabga kelsin, yo Òurdidan, yo mendan
so‘rasa, berib turamiz, ko‘chirib oladi. Bo‘ptimi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 8 1

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish