TOSHBAQA BILAN CHAYON
Òoshbaqa birla bo‘lib o‘rtoq Chayon,
Ahd etishib, do‘st bo‘lishib jonajon.
Bir kuni qilmoqchi bo‘lishdi safar,
Bog‘lashubon chiqdi ikkovi kamar.
Yo‘lda Chayon Òoshbaqaga lof urib,
Dediki: „Boqsam agar o‘ylab turib.
Mencha senga suyguli yo‘q mehribon,
Sen tan-u go‘yo, anga men misli jon“.
Bu orada yo‘l tushib anhorga,
Qoldi Chayon hayrat-u dushvorga,
2
Òoshbaqa bosib dedi: „Ey oshno,
Nega ko‘rundi yuzingda bu jafo?“
Dedi Chayon: „Suzmoqqa yo‘q odatim,
Qolmoqqa ajab yana yo‘q toqatim“.
Òoshbaqa dedi: „Yema g‘am, min meni!
Òo ko‘tarib suvdin o‘tarman seni“.
Òoshbaqani mindi Chayon yotqizib,
Òoshbaqa ketdi suv ichiga suzib.
Do'stlaringiz bilan baham: |