Bolalar adabiyoti — bolalar va o`smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui


Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytish



Download 43,14 Kb.
bet4/5
Sana31.05.2022
Hajmi43,14 Kb.
#621335
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOLALAR ADABIYOTINING SHAKLLANISH TARIXI

Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytish
Bolalar o`zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr oqibatli bo`lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o`rganadilar.
Maqollar: Xalq yaratgan g`oyat ixcham, chuqur va tugal ma`noli gaplar m a q o l deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir.Maqollarda hayotning achchiq – chuchugini tatib ko`ogan, turmushdagi hodisalarga aql ko`zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, olijanob mehnat ahlining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Maqollar bolalarni to`g`ri mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lunda bayon etishga o`rgatadi.Ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so`z boyligini ham oshirishga ko`maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi:
Ona yurting OMON bo`lsa,
Rangi –ro`ying somon bo`lmas.
Dustlik, birodarlik , dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g`oyalari ham maqollarning asosiy mag`zini tashkil etadi.
Do`st so`zini tashlama ,
Tashlab boshing qashlama.
Maqollarda mehnat insonning ko`rki, ziynati sifatida ifoda etiladi.
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
Daraxt yaprog`i bilan ko`rkam,
Odam mehnati bilan ko`rkam.
Topishmoqlar: Topishmoqlar bola taqdirida muhim o`rin tutadi, bolaning intellektual o`sishida ,poetik va aqliy rivojida asosiy rol o`ynaydi. Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`atit turk” asarida topishmoqlarni “tabzug`” deb ataydi. Hozir topishmoq so`zi topishmachoq, topmacha, jumboq, cho`pchak, topar cho`pchak, top-top cho`pchak, chiston, matal, top-top matal, muammo, masala, ushuk, lug`z kabi so`zlar bilan atalsada asosan bir ma`noda – ma`lum bir predmetning, hodisaning belgisi, sifatlari va xususiyatlarini ikkinchi bir narsaga ishora, ramz orqali o`xshatilishi va uni topish, yechib berish ma`nolarini anglatadi.Odatda topishmoq, jumboq terminlari – o`zbek xalq og`zaki ijodiyotida,chiston , muammo, muvashshah deb ataladi.Topishmoqlarni quyidagicha xususiyatlarga bo`lish mumkin: ba`zi bir topishmoqlar bir necha predmetlarni o`z ichiga oladi: “Uzun terak , ichi kovak” (miltiq, qamish, mo`ri) va xokazo. ba`zi topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga, uning nimadan yoki qanday ishlanganligiga qarab, shu xususiyatlar asosida yaratilishi mumkin: “Qo`li yo`q, oyog`i yo`q uy poylar ” (qulf).topishmoqlar istiora asosida qurilgan bo`lishi mumkin: “Tepdim teshik, mindim beshik, oldim ajriq, orqam qamish” (otning uzangisi, egari, yoli va dumi ), “Tagi tog`ora, usti nog`ora, qirq ming gul chechak, biri gullola” (er,osmon,yulduzlar va oy ).mubolag`a yo`li bilan yaratilgan topishmoqlar ham uchraydi: “Bir chuqurda ming chuqur” (angishvona), “O`zi bir qarich soqoli ming qarich” (ip-igna)ba`zi topishmoqlar so`zlarning ohangdosh bo`lib kelishiga asoslanadi: “Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, doston o`qir, g`alvir to`qir ” (ari), “Osti tosh , usti tosh, o`rtasida jonli bosh” (toshbaqa).savol-javob shaklidagi topimoqlar ham bor: Maxtumqulining “Durdi shoir bilan aytishuvi”.
Tez aytishlar: Tez aytish ham xalq og`zaki ijodining o`ziga xos janri hisoblanadi.Tez aytish bolalarda aqliy o`tkirlikni tarbiyalaydi.Masalan: “O`ktam ko`m-ko`k, ko`rkam ko`klam rasmini ko`p ko`k qalamda chizmoqchi ”, “Zanjir, sarjin, anjir”.Xalq og`zaki ijodida alleteratsiya hamda muayyan tovushlar takrori asosiga qurilgan tez ayti namunalari she`riy shaklda ham yaratiladi: 
Sora allalaydi,
Lola arralaydi.
Non yasashasanmi,
Choli sanashasanmih
Bolalarni biyron so`zlashga o`rgatib, ularga estetik zavq beradigan , fikr va qobiliyatlarini o`stiradigan, xotiralarini mustahkamlaydigan bunday o`yinlarning kichkintoylar adabiyotidagi roli va o`rni katta.
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar psixologlarning gaplariga qaraganda 3600 tacha so`zdan foydalanar ekanlar.Bolalar 7-9 yoshlarida hayvonlar, qushlar, hashoratlar, o`simliklar to`g`risidagi ertaklarga juda qiziqadilar.Yozuvchilar insonlar bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarni ularni gapirtirish orqali amalga oshiradilar.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilar va ota-onalar yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, bu yoshdagi bolalar esa boshlang`ich sinf o`qituvchilari va mustaqil o`zlari o`qib o`rganadilar.Bu yoshdagi bolalar ko`proq tevarak atrofdagi turli voqea hodisalarga qiziqadilar.Endi ular mustaqil ravishda sehrli ertak, fantastik ertak, sarguzasht,hikoya va dostonlarni sevib o`qiydilar. “Zumrad va Qimmat” ertagi, Olloyorning “Fazogir chumoli”, Anvar Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon”, Q.Muhammadiyning “Erkinjon oyga chiqibdi” kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo`ljallab yozilgan.
O`rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar o`zlari mustaqil ravishda kitob o`qib, o`qigan kitoblari qahramonlarining hatti-harakatlarini baholashga o`rganadilar va ular harakatlarini takrrlaga hozirlanadilar.Bu yoshdagi bolalarga o`tmish va kelajak haqidagi asarlarni o`qish tavsiya etiladi.SHiroq, Tumaris, kabi afsonalar bilan bir qatorda Oybek, G`.G`ulom, Zafar Diyor, Q.Muhammadiy, Anvar Obidjon, T.Adashboev va boshqa ijodkorlarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi sara asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-Buxoriy, Farobiy, Beruniy, Yassaviy, Navoiy, Bobur kabilarning pand-nasihat ruhidagi yozilgan asarlari bolalar dunyoqarashini shakllantirishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu yoshdagi bolalar kutubxonalardan mustaqil ravishda o`zlariga ma`qul ertak, doston kitoblarni olib o`qiy boshlaydilar. Masalan : “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri bilan To`g`ri”, “Donishmand qiz” kabilar.


XULOSA
Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo’ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo’ljallanmagan bo’lsada, keyinchalik Bolalar adabiyotiga o’tib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyati — o’zgaruvchan hodisa bo’lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog’liq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko’rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko’rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo’lsa, o’smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyotida syujetga bo’lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.
Sharq yozma adabiyotida «Pandnoma», «Mav’izatnoma», «Nasihatnoma», «Axloq kitoblari» singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Masalan, Kaykovusning «Mav’izatnomai Kaykovus» («Qobusnoma»), Shayx Savdiyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston» asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o’zbek Bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning «Hayrat ulabror», «Manttsh uttayr» va «Mahbub ulqulub» asarlari, Xojaning «Miftoh uladl» va «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarlari esa o’zbek Bolalar adabiyotining mumtoz namunalari bo’lib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma’rifatparvarlik va maktab maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog’liq. O’zbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa o’nlab ma’rifatparvarlarning «Yangi usul» («Usuli jadidiya»)dagi o’zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o’qish kitoblari o’zbek Bolalar adabiyotining tom ma’nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o’ziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir. O’zbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor an’analari ta’sirida rivojlandi.


Download 43,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish