Kаsbiy kоmpеtеntlik intеgrаl хususiyatgа egаdir. U kаsbiy fаоliyat jаrаyonidа pаydо bo’lаdigаn vаziyatlаrdа kаsbiy muаmmоlаr vа kаsbiy tоpshiriqlаrni hаl etа оlish qоbiliyati vа tаyyorlik dаrаjаsi bo’lib, bilim, ko’nikmа, mаlаkа, kаsbiy vа hаyotiy tаjribаni, qаdriyatlаr vа mаdаniyatni ishgа sоlishni nаzаrdа tutаdi. “Qоbiliyat” bu o’rindа “mоyillik”, “ko’nikmа” mа’nоsidа tushunilаdi vа yaхlit оlgаndа qоbiliyat muаyyan fаоliyat sоhаsini muvаffаqiyatli o’zlаshtirish vа bаjаrishdа аsqоtаdigаn shахsiy sifаt bo’lib hisоblаnаdi. “Tаyyorlik” аtаmаsi аvvаlо, mustаqil fаоliyatgа vа zаrur bo’lgаndа, ijоdiy fаоliyatgа psiхоlоgik jihаtdаn tаyyorlik mа’nоsidа qo’llаnilgаn.
Kаsbiy kоmpеtеntlik tushunchаsigа nisbаtаn ilmiy dоirаdа turlimunоsаbаtlаr ilgаri surilаdi. U mеhnаt sub’еktigа nisbаtаn аniq fаоliyat tаlаblаri yoki аynаn, sub’еktning аniq fаоliyatning o’zigа хоs jihаtlаrigа nisbаtаn munоsаbаtini tаvsiflоvchi хususiyat sifаtidа qo’llаnilаdi. Mаsаlаn, tаdqiqоtchi оlim E.F. Zееr kаsbiy kоmpеtеntlikning funksiоnаl tаrаqqiyotini tаdqiq qilish kаsbiy kаmоlоtgа erishish chоg’idа kоmpеtеntlikning turli ko’rinishlаri intеgrаsiyalаshib bоrishini vа ulаrning kаsbiy muhim shахs sifаtlаri bilаn аlоqаsi kuchаyib bоrishini ko’rsаtdi.
Kompetentlik tushunchasi aslida psixologiya fanidagi ilmiy izlanishlar natiajasida paydo bo’lganligini hisobga olgan holda, talabalarga psixologiya fani chuqur o’rgatiladi. Aynan bolalar psixologiyasiga ko’proq urg’u berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Pedagogika fanlari ham inson psixologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Chunki ta’lim tarbiya jarayoni ham shaxsga qaratiladi.
Hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan biri ham har sohada erkin mushohada yurita oladigan, o’z kasbiga mehr berib, uni rivojlanishiga hissa qo’shadigan, bolalarni sevib ardoqlaydigan tarbiyachilar tayyorlashdir. Kasbini sevgan inson bu yutuqlarga, o’z ustida tinimsiz ishlashi natijasida erishadi. Pedagogik kompetentlikni shakllanishiga orttirilgan pedagogik tajriba katta ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik kompetentlikni shakllantiirsh quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Ongsiz ravishdagi qobiliyatsizlik. Bu bosqichda tarbiyachi faoliyatini amalga oshiradi aammo uning harakatlari kutilgan talablarga javob bermaydi. Eng ahamiyatlisi shundaki, tarbiyachi buni o’zi anglamaydi va barcha harakatlari natijasiz yakunlanaveradi. Shuning uchun bu bosqicjdagi asosiy vazifa o’qituvchini ongli ravishda qobiliyatsiz holatiga o’tkazishdir.
Ongli ravishda qobiliyatsizlik. Bu bosqichning maqsadi tarbiyachi o’zining kasbiy saviyasini oshirishi zarurligini anglashidir. Tarbiyachi o’z ustida ishlar ekan quyidagilarga amal qilishi lozim:
Pedagogik kompetentlik modelini o’rganish;
Ustozlar diagnostikasi natijalarini tahlil qilish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lib o”tadigan faoliyatga qatnashish;
Boshqa talabalarning samarali tajribalarini o’rganish;
Ongli kompetentlik. Ushbu bosqichda o’rgatilgan bilim, ko’nikma va malakalarga tayangan holda tarbiyachi berilgan topshiriqlarni bajaradi. Tarbiyachi ongsiz ravishda emas balki faoliyatini ma’lum bir maqsadga qaratgan holda olib boradi. Shuning bilan birga u doimiy ravishda o’z harakatlari haqida o’ylaydi va reja tuzadi. Erishgan xato - kamchiliklari bilan birga yutuqlarini ham tahlil etib boradi.
Ongsiz ravishdagi harakat. Bu bosqichda tarbiyachi o’zi uchun eng maqbul, eng ishonchli va eng samarali yo’lni tanlab oladi. To’g’ri tanlangan haraktlar majmuasi ish faoliyati davomida avtomatik tarzda bajariladi. Ushbu o’zgarish amaliy faoliyatni amalga oshirishga, sifatli tarjribalarni takrorlashga, faoliyatning doimiy ravishdagi introspektsiyasiga erishishga yordam beradi. Va bu orqali har bir tarbiyachida pedagogik kompetentlik amaliy faoliyat sifatida shakllanadi.
Bo’lajak tarbiyachilarda pedagogik kompetentlikni shakllantirish uhun eng maqbul bosqich, bu ongli ravishdagi kompetentlikdir. Ongli kompetentlikni shakllantirish uchun oliy ta’lim muassasida va undan tashqarida ya’ni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida talabalarni uzluksiz o’qitish va o’z – o’zini tarbiyalash jarayonini tizimli ravishda tashkil etish zarur.
Kompetentlikning mavjudligi inson mehnatining natijasiga qarab aniqlanadi. Har bir mutaxassisning kompetentlilik darajasi, uning bajargan ishi shu kasbiy faoliyatning yakuniy natijasiga qо‘yiladigan talablarga qay darajada javob berishiga qarab belgilanadi. Kompetentlik – kasbiy tayyorgarlikning umuman yangi sifati bо‘lib, uning о‘ziga xos tomonlari shuki, kompetentli mutaxassisning bilimlari tezkor va harakatchan bo‘lib, ular doimo yangilanib turadi. Muammoning mazmunini tushunishning о‘zi yetarli bо‘lmay, uni jihatdan maqbul usullar bilan yecha bilish kerak, shu bilan birga, kompetentlik maqbul yechimlarni tanlay bilish, qarorni asoslab bera olish, notо‘g‘ri yо‘llarni chiqarib tashlash, ya’ni tanqidiy fikrlay olishni taqozo etadi [1. 128-b] Shunday ekan nafaqat bo’lajak tarbiyachilar, balki boshqa kasb egalari ham o’z kasblarini sevib, unga mehr berib, shijoat bilan harakat qilsalar kasbiy kompetentlikka albatta erishadilar.
Adabiyotlar
1. Muslimov N. A. va b. kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o’qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Toshkent: fan va texnologiyalar - 2013. 128-b.
2. Mamurov B.B. , Davronov I.E. “Pedagogik kompetentlik” “Durdona” nashriyoti. Buxoro – 2021.
3. Краевский В.В., Хуторский А.В. Oсновы обучения. Дидактика и методика.М. 2007. 135-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |