Harakat qiling!
Harakat qilish – muvaffaqiyatning birinchi va asosiy sharti.
Pul o’z-o’zidan kelmaydi. Qo’rquv va dangasalikni bir chetga yig’ishtirib qo’yib,
sizga atalgan millionlar tomon harakatni boshlang. Shu payitgacha sizni
chalg’itayotgan fikrlar, odatlar, afsonalardan voz keching. Betakror va o’ziga xos
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
bo’ling. Xatolardan qo’rqmang, ulardan o’rganishga odatlaning. Imkoniyatlarning
esa, bitta qo’ymay hammasidan foydalaning.
1.2. QASHSHOQLIK VA BOYLIK
«Kimga yoshligidan bеrilmas оdоb,
Ulg’aygach bo’ladi baxtsiz, dili g’ash.
Ho’l nоvda egilar qay xilda egsang,
Quruqni to’g’rilar faqat o’t-оtash».
Sa’diy Shеrоziy
Nega endi boylik haqidagi kitobni aynan qashshoqlik to’g’risidagi gaplar
bilan boshladik? Chunki aynan ochlik va yupunlik hislari odamzodni harakat
qilishga, o’zi uchun ilk qulayliklarni yaratishga, ya’ni olovni kashf etishga, qo’liga
tayoq olib ovga chiqishga majbur qilgan. Faqat shunung uchungina u yashab
qolgan va bugungi kunda bizning ajdodimizga aylangan. Qashshoqlik qadimgi
zamonlardan mavjud holat. Qashshoq odam – bu “start” yozuvi oldida turgan
yuguruvchiga oxshaydi. Yoki uni boyish usullarini topa olmayotgan omadsiz
insonga o’xshatish mumkin. Demak, hammasi uning o’ziga bog’lik. U istalgan
vaqtda vaziyatni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin.
Ko’pchilikka qashshoqlikda yashash va boylik haqida orzu qilish yoqadi.
Ha, shunaqa paradoks mavjud. Chunki kambag’al bo’lish oson – hech narsang yoq,
demak, hech qanday harakat qilish ham kerak emas. Kambag’allar hamisha liberal
bo’lishadi. Ular adolatsizlik, olamning nomikammalligi haqida gapirishni yahshi
ko’rishadi. Ularning butun hayoti “uchma-uch yashash” prinsipida kechadi.
Yana kambag’allar kam xato qilishadi. Chunki kam harakat qilishadi-da.
Xatosi kam odam esa ko’pchilikka yoqadi. Mana, “nega boylarni yomon ko’ramiz”
degan savolga ham javob chiqdi. Kambag’allarni Xudo asraydi, boylar esa o’zlari
o’zlarini asrashlari kerak. Ammo bir narsaga tuchunmayman: O’z-o’zingizni
asrash imkoniyatingiz mavjud bo’la turib, nega endi bu vazifani ham Xudoning
zimmasiga yuklaysiz? Dunyoda gunohkorlar – “millionerlar”ni sanab chiqish
mumkin. Nega ular buncha kam? Nahotki hamma gunohdan qo’rqqani uchungina
boyimayotgan bo’lsa? Nega ular qatoriga qo’shilish buncha qiyin? Nega hamma
ham boyish imkoniyatidan foydalanmaydi? Axir boy bo’lish hammaning ham
qo’lidan keladi-ku? Bu savollarimizga keyingi bobda javob qidirib ko’ramiz.
AYUPOV RAVSHAN HAMDAMOVICH
Do'stlaringiz bilan baham: |