Bolaga yaxshi munosabatli shifoxona



Download 0,98 Mb.
bet1/12
Sana15.12.2022
Hajmi0,98 Mb.
#887295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bolaga yaxshi munosabatli shifoxona


Mavzu 1. Bolalarga va o‘smirlarga davolash-profilaktik yordam ko‘rsatishning zamonaviy tamoyillari. JSST va BMT ning “Bolaga yaxshi munosabatli shifoxona” bolalar fondining tashabbus tamoyillari. Bolalar parvarishi va tarbiyasida tibbiyot xodimlarining o‘rni. Tibbiyot xodimlari faoliyatining etik-deontologik tamoyillari.

Bolalar davolash profilaktika muassasalarining (DPM) asosiy turlari: bolalar kasalxonasi (statsionar), oilaviy poliklinika, bolalar sihatgohi. Bulardan tashqari bolalarga tibbiy yordam tug‘ruq kompleksi va perinatal markazlarining bolalar bo‘limlari, maxsus kasalxonalar, maslahat tashhis markazlari, salomatlikni tiklash markazlaridagi bolalar bo‘limlarida ko‘rsatilishi mumkin.SHoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan, jiddiy asoratlar qoldiradigan kasallikka chalingan bolalarga uyda kunu-tun tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati, tez yordam va shoshilinch tibbiy yordam markazi amalga oshiradi.



Davolash profilaktika yordami, asosan profilaktika ishlari o‘quv- tarbiya muassasalari, bolalar uylari, bog‘cha, maktab, sog‘lomlashtirish oromgohlari, sihatgohlarda olib boriladi.
Bo‘lajak bolalar shifokorlari har qanday tashkilotni tayinlangan vazifalari, o‘ziga xos jihatlarini bilishlari zarur. Bolalar davolash profilaktika muasasalari tizimida bolalar kasalxonasi alohida o‘rin tutadi.Aynan shu erda zamonaviy diagnostika uskunalari jamlangani, oliy malakaga ega bo‘lgan shifokorlar, oliy ma’lumotli hamshiralar faoliyat ko‘rsatayotgani va tibbiyot xodimlarini kasbiy mahoratini oshirish ishlari olib borilayotgani bois bu kasalxonaga ahvoli og‘ir bemorlarni yotqiziladi.
Bolalar kasalxonasi – shoshilinch davolash yoki maxsus tibbiy yordamga, doimiy shifokorlar nazoratiga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun davolash profilaktika muassasasidir. Bolalar kasalxonalarining har xil turlari mavjud: tarmoqlari bo‘yicha ko‘p tarmoqli va maxsus kasalxonalarga, tashkiliy tizimlari bo‘yicha poliklinikaga qo‘shilgan va alohida kasalxonalarga, faoliyat hajmiga ko‘ra o‘rinlari soniga qarab, keng va tor doirada faoliyat ko‘rsatadigan kasalxonalarga bo‘linadi.Bulardan tashqari, ma’muriy bo‘linishi jihatidan kasalxonalar klinik (tibbiyot va ilmiy tekshirish institutlari kafedralari joylashgan) tuman shahar, viloyat, respublika bolalar kasalxonalariga ajratiladi.

Zamonaviy bolalar kasalxonalari faoliyatining asosiy maqsadi – kasallangan bolalarni davolash, sog‘ligini tiklash. Mazkur maqsadga erishish uchun tibbiyot muassasasining har bir xodimi ko‘p bosqichli tibbiy yordamni, aynan: kasallikni tashhislash, shoshilinch davolash, asosiy davolovchi va sog‘likni tiklovchi muolaja kurslari (reabilitatsiya va ijtimoiy yordam choralarini qo‘llab) ko‘rsata olishlari kerak.
Bolalar kunduzgi statsionarlari xodimlarining vazifalari va majburiyatlari aniq belgilangan, ular quyidagilar:
- bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish
- tashhislash, davolash, profilaktika amaliyotida zamonaviy usullarni qo‘llash
- maslahat va uslubiy ishlar.
Bemor bolalar shifoxonaga tibbiy tez yordam mashinasida, bolalar poliklinikasi shifokorining yo‘llanmasi bilan ota-onasi ishtirokida yoki yo‘llanmasiz ota-onalar (o‘zlaricha) kelishadi. Yo‘llanmadan tashqari shifoxonaga yotqizish uchun bolani rivojlanish tarixidan ko‘chirma, instrumental va laborator tekshiruv ma’lumotlari, yuqumli kasalliklarga yo‘liqqan yoki yo‘qligi, uyida yuqumli kasallik bilan og‘riganlar bilan aloqadorligi to‘g‘risida UASH yoki bolalar shifoqorining xulosasi, agar bemor bolalar yotib o‘qiydigan maktab va maktabgacha ta’lim muassasasidan keltirilsa, o‘sha muassasadagi shifokor xulosasiga ko‘ra kasalxonaga qabul qilinadi. Kasalxonaga bunday hujjatlarsiz kechiktirib bo‘lmaydigan, og‘ir ahvoldagi bemor bolalargina tezkor yotqizilishi mumkin.
Ota-onalarining yoki boshqa kattalarning etaklovisiz kasalxonaga keltirilgan bolalar haqida qabul bo‘limidagilar ogohlantiriladilar, bolalarni ota-onasi va o‘zlari haqida ma’lumotlar olishni imkoni bo‘lmasa, alohida hisob yuritiladigan maxsus jurnalda qayd etiladi, militsiyaga xabar beriladi.Bolalar sog‘ayib, sog‘liklarini batamom tiklaganlaridan keyin uyga chiqariladi, agar maxsus statsionarda tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lsa boshqa tibbiy profilaktika muassasasiga o‘tkaziladi. Sog‘aygan bolani uyiga ro‘xsat berilganida ota-onasi va hududiy oilaviy poliklinikaga davolovchi shifokor o‘z xulosa va tavsiyalari, muolajalar bajarilgani haqidagi ma’lumotdan ko‘chirma tayyorlab beriladi.
Bolalar poliklinikasi – bolalar, o‘smirlar va 18 yoshgacha bo‘lganlarga kasalxonadan tashqari tibbiy yordam ko‘rsatadigan davolash profilaktika muassasasidir. Poliklinikada bemor bolalarni bolalar shifokorlari, tor soha mutahassislari qabul qilishadi, shuningdek poliklinikada laborator tashhis tekshiro‘vlari, rentgen va boshqa tadqiqot tekshiruvlari ham olib boriladi. Birlamchi tibbiy yordamga muhtoj kichik yoshdagi bolalarga, tana harorati yuqoriga ko‘tarilgan, tanasiga toshmalar toshgan, yuqumli kasallik alomatlari kuzatilgan bolalarga shifokor va tibbiyot hamshiralari uyiga borib tibbiy yordam ko‘rsatishadi, sog‘ligi yaxshilangach, ular poliklinikadagi bolalar shifokoriga uchraydilar. Bundan tashqari poliklinikada sog‘lom bolalar salomatligi ham nazorat qilinib, muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
SHifokor sog‘lom go‘daklarni 1 yoshgacha har oyda, keyin har 3 oyda, 3 yoshdan oshgan bolalarni 1yilda bir marta to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, shifokor kuzatuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalardagi kasallikni oldini olish bo‘lib, shifokor va hamshiralar bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish, jismoniy rivojlanishi, tarbiyasi yuzasidan maslahatlar berishadi. Barcha bolalar hududiy poliklinikalarda dispanser hisobida turadi, ularni tibbiy ko‘rikdan pediatr va boshka soha shifokorlari o‘tkazishadi. Ko‘pgina bolalar poliklinikalarida kunu – tun ishlaydigan, markazlashgan shoshilinch tibbiy yordam punktlari tashkil etilgan.
Bolalar poliklinikalarining tashkiliy tizimi o‘z ichiga bolalar bo‘limi, salomatlikni tiklash bo‘limi, maktabgacha ta’lim va maktab muassasalari tarbiyalano‘vchilari, tashkillashmagan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini oladi. Bulardan tashqari maxsus tibbiy ko‘rik xonalari (quloq tomoq, burun shifokori, ko‘z kasalliklari, asab kasalliklari shifokori, travmatolog-ortoped,jarrohlar va boshqa.) tashhislash xonasi,sut tarqatish (ko‘krak suti donorlik) punkti bo‘lishi kerak. Har bir poliklinikada bolalarni emlash,banka qo‘yish, muolaja tadbirlari o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar, Mantu sinovlarini o‘tkaziladigan alohida xonalar faoliyat ko‘rsatadi. Bolalar salomatligini tiklash bo‘limida sog‘lomlashtirish va jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish uchun trenajyor zallari, sauna, basseyn joylashtiriladi.
Pediatriya tarmoqlari uchastka hamshiralari ishlarini tashkil etish: pediatriya tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan hamshiralardan bolalarni to‘g‘ri parvarishlash, amaliy ko‘nikmalarni soxtalashtirmaslik, nazariy bilimlarga egaligi, kasbiy mahorati talab etiladi.
Uchastka hamshiralari vazifalari quyidagilarga ajratiladi:
- profilaktik
- davolash
- tashkillashtirish

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish