BOLA TARBIYASIDA OTA-ONA MUNOSABATI
Reja:
Oila ichidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasi.
Ota-ona – bola munosabatlari tizimi.
Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari.
Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.
Oila- o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarning o‘z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi.
Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |