5) “Namunadagidek yig‘ing” mashqi.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog avvaldan tayyorlangan (5-ilovadagi)
geometrik shakllarni bolalar sanoq cho‘plardan yig‘adilar.
Eslatma: Pedagog-psixolog ixtiyoriga ko‘ra 5-ilovadagi rasm tanlashi
mumkin.
6) “Boyo‘g‘li” o‘yini.
Yo‘riqnoma: Bolalar orasidan ixtiyoriy tartibda “Boyo‘g‘li” tanlanadi.
Boyo‘g‘li kechasi uxlaganda hamma bolalar kapalaklarga aylanib, uchib
yuradilar. Pedagog-psixolog: – “tun” deganda, kapalaklar “qimirlamaslik”
kerak, boyo‘g‘li uyasidan uchib chiqadi va kim “qimirlasa”, uni uyasiga olib
ketadi, –“kun” deganda, – kapalaklar yana harakatlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |