25-MAShG‘ULOT.
Mashg‘ulot maqsadi: ixtiyoriy (aktiv) diqqatni, motorikani (yirik va
mayda), fazoviy tasavvurni rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish.
1) “Eslab qol” mashqi.
Yo‘riqnoma: Bolalar doira shaklida o‘tiradilar yoki turadilar.
Pedagog-psixolog biror so‘zni aytadi. Birinchi bola pedagog-psixolog so‘zini
takrorlaydi va o‘zining so‘zini aytadi. Keyin navbatdagi bola
pedagog-psixologning so‘zini, birinchi bolaning so‘zini takrorlaydi va
o‘zining so‘zini aytadi. O‘yin shu tartibda davom etadi. Eng ko‘p so‘zni eslagan
bola g‘olib bo‘ladi, va uni hamma olqishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |