19-MAShG‘ULOT.
Mashg‘ulot maqsadi: ixtiyoriy (aktiv) diqqatni, motorikani (yirik va
mayda), tasavvurni rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish.
1) “10 ta rasm” o‘yini.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog 10 ta rasmni stolga qo‘yadi, bolalar
rasmlarni eslab qolishi kerak bo‘ladi, keyin rasmlar usti yopiladi (yoki rasm
orqasiga qilib qo‘yiladi). Keyin bolalar har bir kartochkada qanday rasm
borligini aytib berishlari kerak.
2) “Nima uchun kerak” o‘yini.
46
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog turli predmetlar nomini aytishi,
bolalar esa uning nima uchun kerakligini aytishlari kerak. (masalan: kitobo‘qib, bilimni orttirish uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |