7) “Namunadagidek yig‘ing” mashqi.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog avvaldan tayyorlangan (5-ilovadagi)
geometrik shakllarni bolalar sanoq cho‘plardan yig‘adilar.
Eslatma: Pedagog-psixolog ixtiyoriga ko‘ra 5-ilovadagi rasm tanlashi
mumkin.
8) Refleksiya.
Yo‘riqnoma: Bolalar doira bo‘lib turib oladilar. Pedagog-psixolog har
bir bolaga to‘pni tashlab, bugungi mashg‘ulotdan qay biri ularga ko‘proq
yoqqanini so‘raydi. Shuningdek, pedagog-psixolog: - bolalar, bugungi
mashg‘ulotimizda kim ko‘proq faol bo‘ldi! ...., u holda kelinglar uni olqishlab
qo‘yaylik. Keyingi mashg‘ulotlarimizda hammadan faol bo‘lishini so‘rab
qolaman. Barchangiz zo‘r qatnishdinglar, rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |