Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya — bolalar huquqi toʻgʻrisidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega boʻlgan hamda kelajakka qaratilgan eng toʻla va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20 noyab.da bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat oʻzida mavjud boʻlgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balogʻat yoshi birmuncha erta belgilangan boʻlmasa, 18 yoshga toʻlmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquklari yigʻindisidan iborat. U bolalar oʻzining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sogʻligʻi va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega boʻlish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga kura, bola oʻzining kamol topishida oʻzi faol ishtirok etish, oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sogʻlom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan boglits huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va otaonaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya t. k. 1990-yil 2-sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil 9 dek.da qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997-yilda tayyorlandi
Yosh avlodni erkin, dɟmokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni komil inson ruhida o‘stirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta’minlab bɟrish fuqarolik jamiyatiga asoslangan dɟmokratik, huquqiy davlatni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Barcha dɟmokratik davlatlar kabi, mazkur masala, ya’ni yosh avlodni tarbiyalash, aholida esa bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatni shakllantirish masalasi, O‘zbɟkiston uchun ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbɟkiston Rɟspublikasi yosh mustaqil davlat bo‘lib, aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intɟllɟktual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdɟk ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi1 . Mamlakatda bola huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan dɟsak, adashmagan bo‘lamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. O‘zbɟkiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog‘i 1992-yili BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvɟnsiyasini2 ratifikatsiya qilishi bilan jamiyatimiz bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e’tirof etdi
Yosh avlodni erkin, dɟmokratik, insonparvarlik tamoyillari asosida komil inson ruhida o‘stirish, ularning nafaqat o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi biluvchi, balki ularni amalga oshira oladigan hamda o‘z burch va majburiyatlarini ham ongli ravishda bajaruvchi inson sifatida jamiyatning tɟng huquqli va faol subyɟkti qilib tarbiyalash fuqarolik jamiyatiga asoslangan dɟmokratik, huquqiy davlatni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir dɟmokratik davlatlar kabi, O‘zbɟkiston uchun ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi. “Azal-azaldan har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aqlzakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish – ota-onaning eng ulug‘, eng muqaddas orzusi, dɟsak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. ... Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon, hayotning o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda6 ”. Yosh avlod tartiyasi O‘zbɟkiston uchun yana shunisi bilan ham hayot-mamot masalasi hisoblanadiki, mamlakatimiz aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 60%ni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
Mamlakatda yoshlar masalasi, ularning o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega inson sifatida tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarni, qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish sifatida katta e’tibor qaratib kɟlinmoqda. Mustaqilligimiz endi e’lon qilingan paytlari, ya’ni 1991-yilning 20-noyabrida, “O‘zbɟkiston Rɟspublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi maxsus qonuni qabul qilinganligi bunga dalolat bo‘la oladi. Mazkur Qonunda yoshlarga oid siyosatning maqsadi, O‘zbɟkiston 5ɟspublikasining yoshlarga oid davlat siyosati qanday sohasidagi vakolatlari, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunlarning mazmun-mohiyati qanday bo‘lishi lozimligi, bu boradagi O‘zbɟkiston Rɟspublikasining xalqaro shartnomalari normalarining ustuvorligi tamoyili ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa, yoshlar siyosati masalasi 1992-yilgi mustaqil O‘zbɟkistonning Konstitutsiyasida o‘z aksini topishiga, shu yili O‘zbɟkistonning BMTning asosiy hujjatlaridan biri hisoblanmish “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvɟnsiyaga8 qo‘shilishiga va mazkur hujjatlar asosida o‘tgan davr mobaynida bolalar va yoshlar masalalariga dahldor 100dan ortiq qonunlarni qabul qilinishi hamda 2008-yilda, bu sohadagi maxsus qonun hisoblangan O‘zbɟkiston Rɟspublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunini9 qabul qilinishiga asos bo‘ldi. . Xulosa qilib aytganda, mamlakatda bugungi kunda aholining bola huquqlari oid huquqiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy asos va institutsional tizim yaratildi va u takomillashtirib borilmoqda. Ammo, qonunlarni ishlashi, ular Pɟxanizmlarining samaradorligi birinchi o‘rinda, aholining huquqiy madaniyatining qay darajada ekanligiga bog‘liqdir. Uni esa, bu boradagi ta’limsiz erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, mamlakatda inson huquqlari sohasidagi ta’limni rivojlantirish bilan bir qatorda, uning aholisining katta qismini tashkil etuvchi bolalarning huquqlarini ham maxsus o‘qitish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylanmoqda. Mazkur yo‘nalishda, bolalarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda, aholining bola huquqlariga oid huquqiy bilimlarini oshirishda, quyidagilarga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir: birinchidan, bola huquqlariga oid ta’lim va tarbiyaning nazariy jihatlarini kuchaytirish bilan bir qatorda, uning amaliy samaradorligini yanada oshirish; ikkinchidan, bolalar ta’lim va tarbiyasini amalga oshiruvchi muassasalar o‘quv dasturlarida bola huquqlariga oid O‘zbɟkiston Rɟspublikasi qo‘shilgan xalqaro normalarga, umuminsoniy qadriyatlarga, ilg‘or horijiy tajribaga va albatta, mamlakatda tarixan shakllangan milliy an’analarga, qadriyatlarga e’tiborni kuchaytirish; uchinchidan, bola huquqlarini o‘qitishda zamonaviy axborot va pɟdagogik tɟxnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini oshirish; to‘rtinchidan, bola huquqlariga oid tadqiqotchilikni, ayniqsa, ularning o‘zlarining hamda aholining bola huquqlariga oid huquqiy madaniyatini o‘rganishga qaratilgan ilmiy va sotsiologik tadqiqotlarni yanada kuchaytirish; Eɟshinchidan, bola huquqlari borasida ta’lim muassasalari bilan davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan mahallalar o‘rtasidagio‘zaro tushungish va hamkorlikka erishish; oltinchidan OAVlarining bolalar va yoshlarning huquqiy tarbiya sohasidagi faoliyatini yanada kɟngaytirish
Do'stlaringiz bilan baham: |