Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210
Bolalar lug‘ati
Jamiyat 
– birlashma, tashkilot; kishilar jamoasi 
(“jamiyat” va “jamoat” so‘zlari bir-biriga yaqin 
ma’noni anglatadi).
Jinoyat
– ayb, gunoh, jinoiy ish, yomon oqibatlarga 
olib boruvchi zararli xatti-harakat.
Sha’nini oyoq osti qilish
– hurmatini toptash, obro‘sini 
to‘kish.
Jonzotlarga shafqatli bo‘lish
y farzand, odobli bolaning qalbi insonlarga va jamiki 
jonzotlarga nisbatan mehr-shafqatga to‘la bo‘ladi, 
birontaning ko‘ngliga ozor etkazmaydi, hayvonlarga zarar 
bermaydi. Hayvonlarda inson uchun foyda ko‘p. Mol go‘shtini 
eyiladi, sutini ichiladi, terisi va junidan kiyimlar tikiladi, 
bir joydan boshqa joyga borishda unga miniladi. U dehqonga 
beminnat dastyor va yordamchidir: erini haydab beradi, 
sug‘orish charxpalaklarini aylantiradi va og‘ir yuklarini manzilga 
etkazadi va yig‘ilgan hosilini uyga tashib keltiradi. Shuning uchun 


– 274 –
biz jonzotlarga mehribon bo‘lib, muloyimlik bilan muomala 
qilishimiz kerak. Chunki ular ham his qiladi, agar urilsa, joni 
og‘riydi. Lekin buni gapira olmaydi. Ba’zi nodon va johil odamlar 
ot-ulovini yurishdan bosh tortsa, boshiga kaltak bilan uradi. Bu 
esa ularning haqini poymol qilishga kiradi. Inson qalbidagi mehr-
muhabbat uning imon-e’tiqodiga bog‘liq. Imoni kuchli odam 
barcha tirik jonzotlarga mehr-shafqatli bo‘lishi tabiiydir. Ko‘nglida 
kiri bor yomon kimsalar hayvonlarga shafqat nimaligini unutadi, 
ularni bekordan-bekor qiynaydilar, uradilar va haqoratlaydilar.
Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Bir odam yo‘lda 
ketayotganida juda chanqabdi, nihoyat bir quduqni ko‘rib, 
uning oldiga borib, undan suv olib ichib chanqog‘ini qondiribdi. 
Shu payt bir it tilini chiqarib, chanqoqlikdan namli tuproqni 
yalayotgan ekan. U odamning rahmi kelib: “Bu it ham menga 
o‘xshab chanqabdi”, deb quduqqa tushib, mahsisiga suv to‘ldirib 
itga ichiribdi. Uning bu ishidan Alloh rozi bo‘libdi va uni 
kechiribdi”.
Hayvonlar insonlar foydalanishlari uchun yaratilgan. Har bir 
hayvondan biron ishda foydalanilib, uni toqati ko‘tarmaydigan 
yumushlarni qilishga majburlanmaydi. Hayvonlarni vaqtida 
edirib, ichirishga e’tibor berish, ularni och-nahor va suvsiz tashlab 
qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni kuchlari etmaydigan ishlarga 
majburlash, kaltaklash, yuzlariga urish, iskanjaga olish, so‘kib-
haqoratlash, och va suvsiz holda qoldirish gunohdir. Qushlarning 
uyasini buzish, polaponini olib qo‘yib, onasini chirqillatish ham 
yaxshi emas. Hayvon zoti bizning foydamizga yaratilgan ekan, 
foydalanishdan boshqa maqsadlarda ularni ermak uchun qatl 
etish, shunchaki o‘yin qilib biron narsa bilan poylab, ularga ozor 
berish yaxshi ish emas. Yomon bolalar tosh va tayoqqa o‘xshash 
narsalar bilan chumchuq va kabutarlarga shikast etkazadi yoki 
bir oyog‘ini bog‘lab osmonga uchirib o‘ynaydi. Aziz bolalar, 
unutmaylikki, bu ishning javobi va mas’uliyati bor. Bir qushni 
o‘ldirgan bola bir kuni bu qilmishi uchun albatta javob beradi. 
Shunday ekan, hayvon va qushlarga zarar keltirmaslik va ularga 
nisbatan mehribon bo‘lish kerak.


– 275 –
Quyidagilar jonzotlarga muloyimlik qilish jumlasidandir:
1. Unga etarli ozuqa berishi.
2. Ozuqasi, tanasi va joylari tozaligiga e’tibor berish.
3. Ustiga og‘ir yuklarni yuklash va dam bermasdan to‘xtovsiz 
ishlatish kabi toqatidan oshig‘ini unga majburlamaslik.
4. Uni urib, o‘ynab, bolasidan ajratib olmaslik.
5. Etarli miqdorda dam berish va kasal bo‘lsa davolatish.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish