Ko‘ylak va ichki kiyimlar
o‘ylak uyda ham, ko‘chada ham kiyib yuriladigan doimiy
libos. Shuning uchun u tez kir bo‘ladi. Ko‘ylakning eng
ko‘p kir bo‘ladigan qismi yoqasi va engi. Demak, ko‘ylakning yoqa
va engini tez-tez tekshirib turish kerak. Agar kirlangan bo‘lsa,
yuvdirish va dazmollatish lozim.
Bolalar ovqat eyotganda ehtiyot bo‘lsinlar. Ba’zi bolalar ovqatni
xuddi birov eb qo‘yadigandek shoshib eganlaridan ko‘ylaklariga
to‘kib, oqizib yuboradilar. Yana ba’zi bolalar beadabligi bois
ovqatni eb, qo‘lini kiyimiga artadilar. Bunaqada kiyim dog‘ bo‘lib
qoladi, uni yuvsa ham ketmaydi.
Ichki kiyimlar. Ichki kiyimlar (mayka, ichki ishton) odamning
badaniga bevosita tegib turadi. Shuning uchun ularning toza
bo‘lishi juda muhim. Ichki kiyim boshqalarga ko‘rinmaydi. Har
bir bola o‘zining ichki kiyimlarini tekshirib turishi kerak. Sal
kirlangan bo‘lsa, almashtirish lozim.
Bolalar hojat ushatganda ehtiyot bo‘lishlari zarur. Chunki bu
paytda kiyimga najosat (siydik, axlat) tegsa, albatta yuvish shart.
Nopok kiyimda yurish kishi sog‘lig‘iga zarardir. Agar ichki kiyimga
e’tibor berilmasa, u hidlanib, biron-bir kasallikni yuzaga keltiradi.
– 233 –
Oyoq qiyimlari
ufli, etik, shippak, sandal kabi oyoq kiyimlari ko‘chada
va hovlida har xil erlarni bosib yuradi. Ularga chang, loy
yoki najosat ilashib qolishi mumkin. Odobli bola yo‘lda yurganda
nopok erlarni bosmaydi. Mabodo oyog‘iga biror iflos narsa tegib
ketsa, darrov tozalaydi. Ko‘chadan qaytganda uyga kirishdan
oldin oyoq kiyimlariga bir qarab oladi. Agar iflos narsa tekkaniga
ko‘zi tushsa, oyog‘ini erga ishqalab tozalaydi. Yoki biror cho‘p
bilan najosatni ketkazadi. Odobsiz bola loy, kir oyoq kiyimi bilan
uyiga kirib ketaveradi va uyni iflos qilib qo‘yadi.
Paypoq. Paypoq doimo poyabzal ichida va echib qo‘yilganda
gilamga o‘xshash narsalar ustida bo‘ladi. Shuning uchun u tez
kirlanadi. Bundan tashqari ba’zan oyoq paypoq ichida terlaydi.
Oyoqdan chiqqan ter va hid paypoqqa o‘tadi va keyin undan
atrofga badbo‘y hid tarqala boshlaydi. Shuning uchun oyoqni
ham, paypoqni ham tez-tez yuvib turish kerak.
Dastro‘mol
ydan tashqarida bo‘lganda ba’zida qo‘lni yoki og‘iz-
burunni yuvishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘sha paytda
yuvilgan a’zolarni artish uchun dastro‘mol yoki bir martalik
salfetka ishlatiladi. Dastro‘mol cho‘ntakda olib yuriladigan narsa.
U yuvilgan va taxlangan holatda bo‘lishi kerak. Aytaylik, siz
avtobusda ketayapsiz, yoki ko‘pchilik bilan gaplashib o‘tiribsiz.
Kutilmaganda aksirib qoldingiz. Nima qilasiz?
– Bunaqa paytda burunni dastro‘mol yoki salfetka bilan to‘siladi,
keyin unga artiladi. Ba’zi joylarda aksirganda va yo‘talganda og‘iz
va burunni eng bilan to‘sish odati bor. Ba’zi bolalar dastro‘mol
tutishni esdan chiqarib qo‘yishgan. Dastro‘molni ko‘rmaganlariga
ancha bo‘lib ketgan. Bir martalik qog‘ozni ham bilishmaydi. Bu
yaxshi emas. Odobli bola har safar ko‘chaga chiqib ketishdan
avval dastro‘molni bir tekshiradi. Yo bo‘lmasa cho‘ntagiga bir
marta ishlatiladigan salfetkadan bir necha dona solib oladi.
– 234 –
Do'stlaringiz bilan baham: |