– 334 –
Qarz
– ma’lum muddat o‘tgandan
keyin berish sharti bilan
olingan yoki berilgan narsa (“va’da qarzdir”, deganda “va’da ber-
gandan keyin uni bajarish lozim” ma’nosi tushuniladi).
Foydali nasihatlar
1. “Munofiqning belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash,
va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat
qilish”.
2. Va’da berib bajarmaslik naqadar yomon ish,
gapirmay turib ish bajarish esa qanday chiroyli!
3. Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
4. Aytib qo‘yib bermaydigan narsani tiling bilan aytmagin, va’da
berib qo‘ygandan so‘ng o‘z va’dangdan qaytmagin.
5. O‘z va’dasida turmaganda turli sabablarni keltiruvchi kimsa
hech qachon mard va himmatli bo‘lolmaydi.
6. Vaqti-soati o‘tgandan so‘ng bajariladigan va’dadan hech bir
yaxshilik bo‘lmaydi.
Ishonchli Muhammad
(Ibratli hikoya)
ir kuni Rasuli Akram alayhissalom
Abdulloh ibn Abu
Hamsa bilan tayinli vaqtda ko‘rishishga va’dalashdilar.
Payg‘ambarimiz alayhissalom u joyga kechikmay etib keldilar.
Ammo Abdulloh ibn Abu Hamsa bergan so‘zini unutgan edi.
Ikki kun o‘tib, bergan va’dasi esiga tushadi va etib borganida amin
(ishonchli-omonatdor) sifati bilan tanilgan Payg‘ambarimiz
alayhissalom u erda kutib turganlarini ko‘rib hayratlanadi.
Shundan keyingina bergan va’dasida turish naqadar muhim
ekanini tushunib etdi.
Sabrli bo‘lishni o‘rganing!
urmatli bolalar! Shuni yaxshi bilib olingki,
sabrli va
vazmin bo‘lish turli xatolardan saqlaydi. Zero, gunoh va
xatolar ko‘p hollarda shoshilish oqibatida sodir etiladi. Sabrli
– 335 –
odam har bir so‘zini obdon o‘ylab, keyin gapiradi. Bu bilan u
odamlar ko‘ngliga og‘ir botadigan gap-so‘zlardan tiyiladi va
boshqa zararlardan omon qoladi.
Vazmin bo‘lishni unutgan odam o‘z omadini qo‘ldan boy
beradi. Chunki omad aynan shoshilmaslik va aql-idrokni to‘g‘ri
ishlatish natijasida bir qarorga kelishdadir.
Shoshilish oqibatida
chiqarilgan har qanday hukm ko‘p hollarda noto‘g‘ri bo‘ladi.
Shoshib amalga oshirilgan ish afsus-nadomatga olib boradi. Dono
xalqimiz bejizga “avval o‘yla, keyin so‘yla” demagan. Bunda ham
har bir gapni shoshilmasdan va o‘ylab gapirishga chaqirilmoqda.
Har qanaqa holatda ham sabrli va vazmin bo‘lish va jiddiy
munosabat bildirish faqat yutuq va g‘alaba keltiradi. Ayniqsa,
shoshqaloq bolalar darslarini chala-chulpa bajarib, ko‘p xatolarga
yo‘l qo‘yadilar. Uy vazifasini sabr-toqat ila bajargan bolaning
ishidan uning o‘qituvchilari ham xursand bo‘lishadi.
Sabr barcha mehnat va og‘irlikni engish va chidamli bo‘lishdan
iborat. Nochor ahvolda bo‘lsa ham o‘zini badavlat kishidek tutish,
duch kelgan odamga hol-ahvolidan shikoyat qilavermaslik,
qiyin
holatlarda ham o‘zini ochiq yuzli qilib ko‘rsatish aynan sabrdir.
Qahr-g‘azabi kelganda o‘zini bosa oladigan va o‘z nafsini to‘g‘ri
yo‘lga boshlaydigan kishi eng kuchlidir.
Ey farzand, sen maktabda va boshqa joyda ham birovning
savoliga javob berishga shoshilma, zero sen biladigan narsang
haqida
savol berilsa-yu, ammo shoshqaloqlik qilib, tezroq javob
berishni o‘ylasang, xato qilib qo‘yishing mumkin. Shu sabab
savollarga
shoshilmasdan, o‘ylab, fikrlab, xayolingni bir joyga
jamlab javob ber. Shunda marra seniki bo‘ladi. Demak, shuni
yodda tuting: sabrli va vazmin bo‘lish aqlning boshidir. Zero,
shoshilish aqlning nuqsonsiz ishlashiga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: