Razvedka shaklidagi jang uning rejasini tuzish paytida raqib to‘g‘risida ma’lumotlar olish vositasi sifatida mustaqil hisoblanadi. Hujum yoki himoya harakatlarini tayyorlashda u yordamchi shakl bo‘lib xizmat qiladi.
Hujumkor shakldagi jang – tashabbusni olib qo‘yishni nazarda tutuvchi raqib bilan olishishning faol shakli. U uzoq, o‘rta va yaqin masofalardagi hujum, qarshi va javob harakatlari yordamida amalga oshiriladi.
Himoya shaklidagi jang tashabbusni tortib olgan raqibdan himoyalanish shakli hisoblanadi, bunda u mustaqil va yordamchi bo‘g‘in bo‘lishi hamda hujumning rivojlanishida birga amalga oshirilishi mumkin.
Zamonaviy jang – turli masofalarda bajariladigan siljishlar, zarba va himoya harakatlarining murakkab uyg‘unligidir.
Raqiblar jangovor harakatlarini olib boradigan masofa ko‘p hollarda bokschilar-ning texnikasi xususiyatlarini, jangda u yoki bu jismoniy va irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishini belgilab beradi. Har bir masofadagi olishuv turli-tuman sharoit-larda o‘tadi va o‘zining qonuniyatlariga ega.
Zarbalarni berish va himoyaga o‘tish vaqti raqiblar o‘rtasidagi masofaga bog‘liq. Jangovor masofa qancha qisqa bo‘lsa, zarba shuncha tez va sezilmasdan nishonga yetib boradi hamda undan himoyalanish shuncha qiyin bo‘ladi. Va, aksincha, masofa qancha uzoq bo‘lsa, bokschi raqibi zarbalaridan shuncha osonlikcha himoyalanadi. Har bir masofa uchun zarbalardan himoyalanish imkoniyatini belgilab beruvchi vaqt chegarasi (limit) mavjud.
Bokschida uzoq masofada o‘rta masofaga qaraganda, o‘rta masofada esa yaqin masofaga qaraganda himoyalanish uchun yaxshi sharoit mavjud. Uzoq masofada o‘rta masofaga nisbatan harakatlarni bajarish uchun vaqt ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, u baribir sekundlarda hisoblanadi. Shuning uchun zarbadan himoyalanayotganlar uzoq masofada turganliklariga qaramasdan, raqib harakatlariga o‘z vaqtida reaksiya qilish uchun yetarlicha tez reaksiya va harakatga ega bo‘lishlari lozim.
Turli masofalardagi vaqt chegarasi tegishli texnika, taktikani tanlashni belgilab beradi, reaksiya va fikrlash tezligining, tezkorlik va harakat koordina-tsiyasi, diqqat va boshqa sifatlarning turli darajada rivojlanishini taqozo etadi.
Uzoq masofada, o‘rta masofaga qaraganda, bokschi har doim hujum boshlashga qiynaladi, chunki zarba berish doirasidan tashqarida turgan raqib boshlang‘ich harakatlarni nisbatan osonlik bilan qabul qiladi va ularga himoya-lanish bilan reaksiya qila oladi. Hujum va qarshi hujum raqib uchun kutilma-ganda bo‘lishi uchun bokschi, zarbani tayyorlayotib, uning diqqatini masofani doimo o‘zgartirib turish va aldamchi harakatlar bilan chalg‘itishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |