Bojxona ishining vujudga kelishi


XONLIKLAR DAVRIDA BOJXONA



Download 26,07 Kb.
bet3/3
Sana14.01.2022
Hajmi26,07 Kb.
#365599
1   2   3
Bog'liq
BOJXONA ISHINING VUJUDGA KELISHI

XONLIKLAR DAVRIDA BOJXONA

Buxoro amirligi (XVI - XX asrlar boshi) janubda Xurosonning sharqiy qismini oʻz ichiga olgan, sharqda Qashqar bilan chegaradosh boʻlgan, gʻarbiy chegara Orol va Kaspiy dengizi sohil-larigacha, shimoliy chegara Turkiston va Sayramga yetib borgan. 1753-yilda Muhammad Rahim taxtni egallagan va oʻzini “amir” deb eʼlon qilgan. Shundan keyin xonlik – “Buxoro amirligi” deb yuritil-gan. Buxoro amirligi asosan Chor Rossiyasi, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari hamda Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan savdo-sotiqni amalga oshirgan.Tashqi savdo aloqalari bojxona nazorati yuritilishinitaqozo etgan va bir nechta chegara bojxona maskanlari tashkil etilgan. Oʻsha davrda Afgʻoniston bilan chegarada Karki, Kalif, Chushkaguzar, Termiz, Ayvoj, Saroy va Chebek bojxona maskanlari faoliyat yuritgan. Chunonchi, 1895-yilda Afgʻoniston va Buxoro amirligi oʻrtasida chegarani kesib oʻtish qoidalari va tartibi toʻgʻrisida imzolangan kelishuvga asosan Termizda “Pattakesar” bojxonasi tashkil etilgan. Bojxona maskanlari orqali Buxoroga kirib kelgan chet el tovarlari-dan boj toʻlovi bojgirlar tomonidan undirilgan. Oʻsha davrlarda Buxoroda 12 ta darvoza boʻlib, shundan Xoʻja, Namozgoh, Sallaxona darvozalaridan chetdan keltirilgan tovarlar bojxona koʻrigidan oʻtkazilib, shaharga kiritilgan. Bevosita ushbu darvozalar yonida bojgirlar tomonidan xorijdan keltirilgan tovar-lardan boj olingan. Buxoroda xivalik, qoʻqonlik, afgʻon va rus savdogarlari bilan bir qatorda hindlar ham oʻzlarining karvonsaroylariga ega boʻlishgan. Chet mamlakatlarga tovarlarini chiqargan mahalliy savdogarlargaoʻsha davrlarda muayyan imtiyozlar berilgan. Jumladan, Buxoro tovarlari Afgʻoniston, Angliya va Hindiston tovarlari bilan raqobatlasha olishi uchun savdogarlarga tovarlar qiymatining maʼlum bir foizi miqdorida maxsus mukofot pullari tayinlangan. Bunday imtiyozli tovarlar koʻzdan kechirish va ularga maxsus tamgʻalar osish uchun Samarqanddagi bojxona omboriga joylashtirilgan. Shu joydan tovarlar karvonlarga yuklanib Afgʻonistonga joʻnatilgan. Afgʻoniston chegarasida joylashgan bojxona maskanlarida eksport qilinayotgan tovarlar koʻzdan kechirilib, tamgʻalar olib qolingan hamda Samarqand bojxona omboriga qaytarilgan va ular evaziga tovar egasiga maxsus mukofot pullari berilgan.

Qoʻqon xonligi (XVIII-XIX asrlar) eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala choʻllariga borib taqalgan, shuningdek xonlik tarkibiga Oloy hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻida-gi yerlar kirgan.

Qoʻqon xonligining Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Xitoy, Hindis-ton, Eron, Turkiya, Chor Rossiyasi kabi mamlakatlar bilan savdo muno-sabatlari mavjud boʻlgan. Qoʻqon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshgʻar, Buxoro amir-ligi, Afgʻoniston, Chor Possiyasidan olib kelingan mollar toʻplangan va bojxona koʻrigidan oʻtkazilgach, boj hisoblanib, undirilgan. Shun-dan soʻng, bojbonlar tomonidan tovarlar joylangan xurjunlarga bojolinganligini tasdiqlovchi tamgʻa bosilgan. Xonlikka kirayotgan karvonlarni ichki hududda harbiylashgan boj-xona guruhlari kuzatib borgan, karvonlarni koʻzdan kechirish va boj undirishni bojbonlar taʼminlagan.

Xitoyning Buxoro va Xiva xonliklari, Eron hamda Chor Rossiyasi bilan savdo aloqalarida xonlik tranzit hudud vazifasini oʻtagan. Karvonlar xonlik hududidan oʻtganligi uchun ulardan boj yigʻimlari undirilgan. Hindistonda Qoʻqon ipagiga talab katta boʻlgan va shu sababli haryili Qoʻqondan Hindistonga 1000 tuyada ipak joʻnatilgan. Bundan tash-qari, Qoʻqondan Hindiston va Afgʻonistonga “chilla” deb ataluvchi ipakgazlamasi, qoʻqon qogʻozi ham olib ketilgan. Oʻz navbatida, ushbu mamla-katlardan Qoʻqonga olib kelingan qand, gul tikilgan koʻylaklik mato-lar, shakar, indigo, bombey choyi va boshqa tovarlardan xonlik xazina-siga boj undirilgan.

Manbalarda Qoʻqon savdogarlarining karvonlari Turkiyagacha yetib borganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Jumladan, taniqli venger sharqshunos sayyohi Vamberi: “Qoʻqondan Turkiyaga kelgan bir karvonda-gi ziyoratchilar oʻzlari bilan 40 dyujina (480 dona) ipak, buxoro roʻmollari, 2000 atrofida pichoq, 30 boʻlak namangan ipak matosi, koʻp-lab qoʻqon doʻppilari olib kelgan” - deb yozib qoldirgan. Shuningdek, maʼlumotlarga koʻra 1832-yilda Xitoy imperatoriningmaxsus farmoni bilan Qoʻqon savdogarlariga Koshgʻarda bojsiz savdo qilishiga hamda choy va ravoch olib ketishiga ruxsat berilgan.

Xiva xonligi ( XVI-XX asrlar ) janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh boʻlgan. Xiva xonligida savdo-sotiq asosan Buxoro va Qoʻqon xonliklari, Chor Rossiyasi, Xitoy, Eron, Hindiston kabi mamlakatlar bilan amalga oshirilgan.

Oʻsha davrlarda savdogarlardan boj, tamgʻa kabi toʻlovlar olinib, boj undiruvchilar “bojbon” deb atalgan. Ichan-Qalʼaga kiradigan Ota darvozaning oʻng tarafida ikki xona mavjud boʻlib, ulardan birida chetdan mol olib kelayotgan savdogarlar-dan boj undirilgan (bojxona), ikkinchisida esa xorij pullari xorazmpuliga almashtirilegan (sar-rafxona).

Manbalarga koʻra, Xiva xoni Muhammad Rahim I hukmronligi davri-da Xoʻja Mahram ismli saroy amaldori bojxona idorasi boshligʻi etibtayinlangan. Xivadagi Ichan-Qalʼa markazida 1839-yili Xoʻja Mahram rahbarli-gida bojxona ish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus mad-rasa qurilgan. Ushbu madrasada bir vaqtning oʻzida 30 kishi taʼlim olgan.

XIX asrga kelib xonlik savdogarlari oʻz mollarini Buxoro va Qoʻqonxonliklari bilan bir qatorda, Chor Rossiyasi, Xitoy, Eron, Hindistonkabi davlatlarga olib borishgan. Bu mamlakatlardan esa turli xil xorijiy tovarlar Xiva xonligiga olib kelingan va ulardan tegishli boj toʻlovlari undirilgan. Karvonsaroylarda bojbonlar tomonidan musulmon boʻlmagan savdo-garlar tovarlari miqdoridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2% boj olingan.

Xiva xonligi davrida muayyan savdogarlarni boj, xiroj va shu kabitoʻlovlardan ozod qilish toʻgʻrisida xon farmonlari chiqarilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida Xiva xonlari:

-Irang Muhammad Bahodurxon (1687-1688-yillar)

-Abul-Gʻozi Sayyid Sher-Gʻozi Muhammad Bahodurxon (1715-1716-yillar)

-Abul-Gʻozi Sayyid Muhammad-Rahim Bahodurxon (1867-yil)kabilar tomonidan qabul qilingan soliqlar va boj toʻlovlaridan ozodqilish toʻgʻrisidagi farmonlarning asl nusxalari saqlanmoqda. Umuman, xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro nizo, kelishmovchiliklar savdo-sotiq rivojiga va bu oʻz navbatida bojxona ishiga -jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatgan.



c

Mustabid sovet tuzumi davrida boj-tarif siyosati, bojxona ishi va qonunchiligi markazlashgan holda, toʻliq Moskva tomonidan idora qilingan, sohaga oid masalalar ittifoq respublikalari, xususan Oʻzbekiston manfaatlari eʼtiborga olinmasdan hal etilgan.

Jumladan, 1917-yil 29-oktyabrda Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi tomonidan “Tovarlarni olib kirish va olib chiqish haqida”gi dekret qabul qilinib, tashqi savdo operatsiyalarining amalga oshirilishi va bojlarning undirilishi davlat tomonidan nazorat qilinishi belgilangan.

1918-yil boshida Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi qoshida “Bojxona yigʻimlari” departamenti ish boshlagan va shu yilning 29-may kuni “Joylardagi Bojxona muassasalari faoliyatini tartibga solish hamda bojlarni yigʻishda Markaziy va mahalliy shoʻrolar hukumati huquqlarini chegaralash haqida”gi dekret qabul qilingan.

Tashqi savdo xalq komissarligining 1921-yil 24-dekabrdagi 133-sonli buyrugʻiga asosan 283 ta mahalliy bojxona muassasalarini oʻz ichiga olgan Petrozavodsk, Gʻarbiy, Ukraina, Janubiy, Kavkaz orti, Semipalatinsk, Sibir va Turkiston okruglari hamda Petrozavodsk va Qrim uchastkalaridan iborat Bojxona boshqarmasi tashkil etilgan.

1923-yil 12-noyabrda SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining Bojxona bosh boshqarmasi tashkil topgan.

1924-yil 12-dekabrda sobiq SSSR Markaziy Ijroiya komiteti Prezidiumida Bojxona ustavi tasdiqlangan.

Arxiv hujjatlarida, 1924-25 yillarda Buxoro, Patta-Kesar bojxonalari va Turkmaniston bojxona uchastkalarida oʻtkazilgan tekshiruvlarda xodimlarning bilim saviyasi past darajadaligi, chegaralar orqali kontrabanda tovarlarini olib oʻtish holatlari koʻpligi, bojxona ishini tashkil etishda normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi hamda maxsus kiyim-bosh yoʻqligi kabi kamchilik va yetishmovchilik aniqlanganligi koʻrsatilgan.

1925-yil 18-noyabrdan Bojxona bosh boshqarmasi Savdo xalq komissarligi qoshida faoliyat olib borgan.

1930-yil 21-noyabrda Bojxona bosh boshqarmasi oʻz faoliyatini yana SSSR Tashqi savdo xalq komissarligi qoshida boshlagan. Uning tarkibida bojxonaning 11 ta inspektorlik organlari va 266 ta bojxona boʻlib, ularda 5710 nafar xodim ishlagan. Oʻsha yili Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Oʻzbekistondagi “Patta-Kesar” bojxona posti “Termiz bojxonasi”ga aylantirilgan.

Xalq komissarliklari vazirliklarga aylantirilib, 1946-yil 15-mart kuni Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi savdo vazirligi qoshida oʻz faoliyatini boshlagan.

1953-yil yanvar oyidan Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi va ichki savdo vazirligi tarkibida faoliyat yuritgan.

1955-yilda Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi savdo vazirligi tarkibiga kiritilgan.

1955-1956-yillarida xalqaro havo yoʻllarida yuk va yoʻlovchi tashish oqimining ortishi tufayli Toshkent aeroportida bir qator tranzit havo yoʻllari ochilgan. Ularga bojxona xizmatini koʻrsatish maqsadida 1958-yilda Toshkent aeroportida Termiz bojxonasiga buysundirilgan 3 ta shtat birligiga ega Toshkent bojxona posti tashkil etilgan.

SSSR Tashqi savdo vazirligining 1959-yil 14-apreldagi 111 - sonli buyrugʻi bilan Toshkent aeroportida xalqaro yuklar va yoʻlovchilar hajmining koʻpayganligi eʼtiborga olinib, Toshkent bojxona posti Toshkent bojxonasiga aylantirilgan. Toshkent bojxonasida shtat boʻyicha 4 ta xodim faoliyat olib borgan va ular tomonidan 1959-yilda qiymati 1780 rubllik 4 ta huquqbuzarlik ishi yuritilgan. Oʻsha paytlari Toshkent va Termiz bojxonalarida birorta mahalliy kadrlar boʻlmagan.

1984-yilda Afgʻonistonga yuborilayotgan va ulardan Toshkentga kelayotgan harbiy yuklar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, Toshkent shahri yaqinida “Tuzel” bojxona posti faoliyat boshlagan.

1986-yil 12-fevralda sobiq SSSR Vazirlar Kengashi qoshida Davlat bojxona nazoratining Bosh boshqarmasi tashkil etilgan.

1988-yilda Toshkent va Termiz bojxonalari asosida Oʻzbekiston SSR bojxonasi tashkil topgan.

1990-yil 16-iyulda SSSR Bojxona qoʻmitasi tashkil etilib, mustabid tuzum barham topguncha faoliyat koʻrsatgan.

Oʻrta osiyo hududida b.lar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi pattahisor b.si 19-asr ning oxirlarida rossiya imperiyasi oʻrta osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu bojxonaafgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq ittifoq vujudga kelgach, bu post termiz b.siga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958-yilda toshkent aeroportida toshkent bojxonaposti tashkil etildi va u termiz b.ga boʻysundirildi. 1959-yil aprelda toshkent bojxonaposti b.ga aylantirildi. Oʻzbekiston bojxonatizimining keyingi rivoji natijasida 1984-yilda toshkent b.si tarkibida boʻlgan tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va fargʻona bojxonapostlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan bojxonatizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988-yil okt.da toshkent bojxonasi negizida oʻzbekiston respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu b.lar respublika organlariga boʻysunmay sobiq ittifoq b.si tarkibiga kirar edi.



Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-yil 24 okt.da oʻzbekiston respublikasi bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iktisodiy faoliyatni, bojxonaishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8 iyulda oʻzbekiston respublikasi prezidentining farmoni bilan respublika bojxonaxizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avg .da oʻzbekiston respublikasi oliy majlisining 9sessiyasida oʻzbekiston respublikasining "boj tarifi toʻgʻrisida", "davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlari, 1997-yil 26 dek.da oʻzbekiston respublikasining bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston respublikasida, barcha viloyatlarda va toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli bojxonapostlari faoliyat koʻrsatadi.

Respublikada bojxonaorganlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; oʻzbekiston bojxonaishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; uzrning xalqaro shartnomalardagi bojxonaishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; bojxonastatistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida b.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni oʻzr davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston respublikasi jahon bojxona tashkilotiga aʼzo (1994).
Download 26,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish