Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Qishloq yoki ovullarni mingboshilar



Download 1,89 Mb.
bet146/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Qishloq yoki ovullarni mingboshilar boshqargan. Bir urug’-qabilaga mansub bir necha qishloq va ovullar oqsoqollarga bo’ysungan. Ular mahalliy aholi tomonidan saylanib bek tomonidan tayinlangan. Tojik qishloqlari esa aholi tomonidan saylanadigan arboblar tomonidan boshqarilgan. Ko’chmanchi aholini esa o’zlari tomonidan saylab qo’yiladigan Elbegi boshqargan. Oqsoqollar tergov va turli ishlarda beklarning topshiriqlarini bajarganlar va amaldorlarning yordamchilari hisoblangan.
Amloklar boshlig’i amaldor bo’lib, u mahmuriy politsiya va soliq undirish funktsiyalarini bajargan. Buxoro armiyasi sarbozlari amir va beklarning shaxsiy qo’riqchilari ham hisoblangan. Armiyani maxsus tayinlanadigan to’pchiboshi boshqargan va qo’shin tahminotiga ham mutasaddi bo’lgan. Uning huzurida devonxona va alohida xizmatchilar bo’lgan.
Amirlikning davlat boshqaruv organlari to’g’risida shuni alohida tahkidlab o’tish lozimki, ushbu organlar va mansabdor shaxslarning vakolatlari huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi hech qanday huquqiy normalar mavjud bo’lmagan. Ular amir tomonidan chiqariladigan maxsus normalar asosida tayinlanganlar. Ushbu farmonlarda lavozim egalarining huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Bu esa davlat boshqaruvida noaniqlikni, o’zboshimchalikni va boshqa noo’rin harakatlarning sodir etilishiga olib kelgan.
X1X asrning II yarmidan boshlab Xiva xonligi ustidan Rossiya hukmronligi o’rnatildi. Bu “Rossiya va Xiva o’rtasidagi 1873 yil 12 fevralda tuzilgan Do’stlik shartnomasi” asosida tartibga solindi.
Davlat boshlig’i xon hisoblangan. U meros tariqasida qoldirilgan.
Rossiya qo’shinlarining Xivada bo’lgan vaqtida xonga faqat sud hokimiyatigina bo’ysingan. Hokimiyat esa yetti kishidan iborat maxsus devonga topshirilgan. Ularning to’rt nafari general-gubernator tomonidan tayinlangan. SHartnomaga binoan Xiva xoni qo’shni davlatlar bilan har qanday tashqi aloqalarni o’rnatish, shartnomalar tuzish va harbiy harakatlar olib borishga haqli bo’lmagan. U Turkiston general-gubernatori bilan faqat Amudaryo bo’limi orqali aloqa qilishi mumkin bo’lgan.
Davlatda xondan keyingi muhim mansab qo’shbegi va mehtar hisoblangan. Qo’shbegi mamlakatning janubiy qismidan soliq yig’ish bilan shug’ullansa va boshqarsa, mehtar mamlakatning shimoliy qismiga mutasaddi bo’lgan va asosan moliya ishlari bilan shug’ullangan.
Devonbegi – davlat devonxonasini (kantselyariyasini) boshqargan.
Mansabdorlarga vazifalarning bo’lib berilishi shartli ravishda mavjud bo’lib, aslida esa xonning xoxishiga bog’liq bo’lgan. Masalan: Bosh vazir lavozimini goh qo’shbegi, goh mehtar va goh devonbegi egallagan.
Mahmuriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi yigirmata beklikka va ikkita noiblikka bo’lingan. Bekliklarni hokimlar, noibliklarni noiblar boshqarganlar.
Xonlikning poytaxti Xiva va uning atrofidagi tumanlar alohida okrugni tashkil qilgan va ularni xonning o’zi boshqargan. Sud hokimiyati butunlay musulmon ruhoniylari qo’lida bo’lgan.
1873 yildagi bitimga muvofiq Xiva xonligida sud hokimiyati xon qo’liga topshirilgan. Uning muovini oliy sudg’ya (qozi kalon) va qozi askar bo’lgan.
Joylarda sud hokimiyati qozilar qo’lida bo’lgan. SHaharlar va bekliklarda ikkita qozi bo’lgan. Biri sud ishlarini muhokama qilsa, ikkinchisi, yahni qozi-rais musulmon shariati qoidalarining bajarilishini nazorat qilgan.
Ko’chmanchi aholi – qozoqlar va qoraqalpoqlar o’rtasida sud ishlari oqsoqollar yoki oqsoqollar kengashi tomonidan urf-odat bo’yicha, turkmanlarda qavliyot, qozoq va qoraqalpoqlarda odat asosida muhokama qilingan. Bahzi hollarda ko’chmanchi aholiga nisbatan sud ishlarini ham mansabdorlar ko’rganlar.
Oliy bosqich sud organini qozi kalon boshqargan, uning vakolatiga hukumat jinoiy, fuqaro ishlarini muhokama qilish kirgan. Bundan tashqari u yana xonlik poytaxti Xiva shahrida aholi tomonidan sodir etilgan jinoiy va fuqaro ishlarini ham ko’rgan.
O’lim jazosiga mahkum etilishi mumkin bo’lgan barcha jinoiy ishlarni ham qozikalon muhokama qilgan. Rus aholisiga aloqador ishlarni rus jinoiy va fuqaroviy sudlari ko’rgan. Sud protsessi ayblov xususiyatiga ega bo’lgan. Har qanday ish jabrdiydaning arizasiga binoaan qo’zg’atilgan. Ommaviy ayblov protsessi mavjud bo’lmagan.
Sudlov ishlari og’zaki olib borilgan, hech qanday qaydnoma (majlis bayonnomasi) yoki yozuv asosida olib borilmagan. Ish oshkora tarzda muhokama qilingan. Hukm, odatda, qozi tomonidan o’sha majlisning o’zidayoq o’qilgan.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish