Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Turkiston o’lkasining mahmuriy-hududiy boshqaruvi. Aholisi



Download 1,89 Mb.
bet141/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Turkiston o’lkasining mahmuriy-hududiy boshqaruvi. Aholisi. Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olganidan so’ng bu hududlaprda ko’p asrlardan buyon shakllanib, mavjud bo’lib kelgan, o’troq va ko’chmanchi aholining diniy hamda mahalliy xususiyatlarini o’zida aks ettirgan boshqaruv tizimi o’rniga imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tartiblari o’rnatiladi. Mahlumki, 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, uning general-gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan. General-gubernator bir vaqtning o’zida podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, Yettisuv kazak qo’shinlari atamani, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’tagan. General-gubernator imperator tomonidan tayinlangan va vazifasidan ozod etilgan bo’lib, u harbiy vazirga bo’ysungan.
Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimi markaziy, viloyat, uezd (tuman), uchastka (volost), shahar, qishloq va ovul boshqaruvi shakllaridan iborat edi. General-gubernatorlik dastlabki tashkil etilgan paytda ikkita – markazi Toshkent bo’lgan Sirdaryo va markazi Verniy (Olmaota) bo’lgan Yettisuv viloyatlaridan iborat bo’lgan. Sirdaryo viloyati hududiga aosan ilgari Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Alatavsk okrugi hududlari hamda Turkiston viloyatining bir qismidan iborat hududlarda tashkil etilgan.
Sirdaryo viloyati mahmuriy jihatdan Kazalinsk, Perovsk, Turkiston, CHimkent, Avliyoota, Toshkent, Xo’jand, Jizzax uezdlariga bo’lingan bo’lsa, Yettisuv viloyati Sergiopol, Kopalg’, Verniy, Issiqko’l va To’qmoq uezdlariga bo’lingan. Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlar hisobiga Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo’shimcha mahmuriy – hududiy birlik tashkil etib borgan. Jumladan, 1868 yilda Buxoro amirligiga qarashli bosib olingan yerlarda markazi Samarqand bo’lgan Zarafshon okrugi, Xiva xonligiga qarashli yerlarni bosib olish hisobiga 1874 yilda markazi Petro-Aleksandrovich (To’rtko’l) bo’lgan Amudaryo bo’limi, 1876 yilda Qo’qon xonligi hududlarida markazi Yangi Marg’ilon (Skobelev, Farg’ona) bo’lgan Farg’ona viloyati tashkil etilgan edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi mahmuriy-hududiy jihatdan Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Farg’ona va Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Amudaryo bo’limidan iborat edi. Viloyatlar uezdlarga bo’lingan bo’lib, ular quyidagilar edi: Sirdaryo viloyati – Avliyoota, Kazalinsk, Qurama, Perovsk, Turkiston, CHimkent; Toshkent shahri markaz sifatida general-gubernatorga bo’ysungan; Amudaryo bo’limi ham Sirdaryo tarkibida bo’lgan; Yettisuv viloyati – Verniy, Kopal, Jarkent, Lepsin, Pishpek, Prjevalsk, To’qmoq; Farg’ona viloyati – Andijon, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan, O’sh, CHust va CHimyon; Samarqand viloyati – Samarqand, Kattaqo’rg’on, Xo’jand va Jizzax; Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyati – Mang’ishloq, Krasnovodsk, Ashxobod, Tajan va Marv uezdlari.




  1. Download 1,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish