Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Markaziy boshqaruv organlari



Download 1,89 Mb.
bet18/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Markaziy boshqaruv organlari. Ahamoniylar davlatining oliy hokimiyati tepasida shohlar shohi-shahanshoh turgan. Hokimiyat ierarxiyasida fors zodagonlarining oila boshliqlari, asosiy o’rin egallaganlar. SHahanshoh saroyida Kengash mavjud bo’lib, bu kengashga fors zodagonlarining oila boshliqlari, yuqori martabali amaldorlar, noiblar, saroy amaldorlari kirganlar. Davlat ahamiyatiga molik bo’lgan barcha masalalar ushbu kengashda ko’rib chiqilsada, hal qiluvchi qarorni shahanshoh qabul qilgan.
SHohlar shohidan keyingi o’rindagi ikkinchi shaxs xazarpat (mingboshi) deb atalgan. U podsho gvardiyasi va davlat boshqaruvida shahanshohning asosiy yordamchisi hisoblangan.
Ahamoniylar davlatining bosh mahmuriy markazi So’za shahri edi. Bu yerda shoh devonxonasi mavjud bo’lib, unda barcha davlat hujjatlari-shahanshoh farmonlari, nomalar, farmoyishlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir hujjatlar saqlangan. SHoh devonxonasi boshlig’i dapirpant (mirzo boshi) deb atalagan. Uning qo’l ostidagi devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, huquqshunoslar, mirzalar kabilar xizmat qilganlar.
Hududiy bo’linish. Mil.avv VI asrlarning o’rtalarida tashkil topgan ulkan ahamoniylar davlati tarkibiga hozirgi Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning katta qismi, SHimoliy Hindiston, Yaqin SHarq, Kichik Osiyo, Misr kabi hududlar kirgan edi. Bu ulkan davlat mahmuriy-qaram o’lkalar- satrapiyalarga bo’lingan edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, bu anhana Midiya davlatidan qabul qilingan bo’lib, Doro I davrida mahmariy boshqaruvda islohatlar o’tkazilib, butun davlat 20 ta mahmuriy-qaram satrapiyalarga bo’linadi. Ularni satraplar (shahanshoh noiblari) boshqargan. Satrapiyalar ancha yirik bo’lib, ayrim hollardi bir necha o’lka va viloyatlarni birlashtirgan. Misol uchun, Parfiya, Girkaniya,Oriylar o’lkasi, Xorazm va Sug’diyona bitta satrapiya hisoblangan.
Satrapiyalarning chegaralari doimiy o’zgarib turgan. Tahkidlash lozimki, satrapiyalar hududlardagi xalqlarning etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki hududlarning iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar asosan forslardan shahanshoh tomonidan tayinlangan.
Satrapning saroyi va boshqaruv apparati qisqartirilgan ko’rinishda shahanshoh saroyi va markaziy boshqaruv apparatini takrorlagan. Satrapning ikkita yordamchisi, devonxonasi va mirzalari bo’lgan. Satrap o’ziga berilgan hududlarning bosh qozisi ham hisoblangan. Satraplarning faoliyati doimiy ravishda markazdan nazorat qilib turilgan.
Qo’shinlar. Ahamoniylarda asosini 10 ming qo’shindan iborat polk tashkil etuvchi muntazam “o’lmas” armiya mavjud bo’lgan. Armiyaning oliy bosh qo’mondoni shahanshoh hisoblangan. Undan kiyingi o’rinda xazarpat-mingboshi turgan, Qo’shinlar quyidagi qismlardan iborat bo’lgan: 1-“o’lmas” polk; 2- piyoda qushinlar; 3-otliq suvoriylar; 4-satrapiyalar qo’shinlari; 5-yunon yollanma qo’shinlari; 6-ko’ngillilar qo’shinlari. Qo’shinlar 10,100, 1000 va 10000 kishilik qismlarga bo’lingan bo’lib, har bir qismning o’z boshlig’i bo’lgan. SHahanshohning shaxsan o’zi har yili bir marta qo’shinlarni ko’rikdan o’tkazib turgan.
Butun davlat hududi 4 ta harbiy okrugga bo’lingan. Har bir okrugning harbiy boshlig’i bo’lib, u bevosita shahanshohga bo’ysungan. Bo’ysundirilgan o’lkalar va chegara tumanlarida harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Harbiy boshliqlarning deyarli barchasi forslardan tayinlangan.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish