Bog’ot tumani 18-son umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani amaliyotchisi Sabirova Zuhrajonning fizika fanidan o’tkazilgan ochiq dars BAYONNOMASI 1.O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: F. Bekturdiyeva
2. Amaliyot rahbari: D. Qurbonov
3. Fizika fani o’qituvchisi : S. Bekturdiyev
4. Targ’ibotchi : Z. Jumaniyozova
KUN TARTIBI Fizika fani amaliyotchisi Sabirova Zuhrajonning ochiq dars mavzusi " Jismlarning muvozanatda boʼlish shartlari ’’ bo’yicha dars tahlili
ESHITILDI Ushbu mavzu yuzasidan F. Bekturdiyeva so’zga chiqib “Notekis harakat haqida tushuncha ’’ mavzusida o’tilgan dars yangi pedogogik texnologiyalar yordamida o’tilganini , o’tilgan mavzu Davlat ta’lam standartlariga to’liq mos kelishini aytib o’tdi. Mavzu yuzasidan yozilgan konspekt yangi pedogogik talablarga mos kelishini aytib o’tdi. Ayniqsa dars mobaynida o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.
Amaliyotchi Sabirova Zuhrajonning amaliyot rahbari so’zga chiqib , darsni boshidan to oxirigacha tahlil qiladi. Darsda erishilgan yutuqlar va kamchiliklarni aytib o’tdi. Darsni boshlashdan oldin davomat olingani , sinf xonasi ozodaligi tekshirilgani , yangi mavzu doskaga yozilganni aytib o’tdi. Darsda qo’llanilgan metodlarni, ularni dars davomida qay darajada bajarganligini aytib o’tdi. Mavzuga doir o’zining tajribasidan kelib chiqqan holda qo’shimcha ma’lumotlar berishi kerak ekanligini takidladi. Takrorlash va uyga vazifalar berilganini, tabiatda va texnikada ahamiyatini turli misollar bilan tushuntirganini vaqtdan unimli foydalanilganini aytib o’tdi.
Fizika fani o’qituvchisi Bekturdiyev Sardor so’zga chiqib, dars yuqori saviyada o’tilgani yaxshi tayyorgarlik ko’rib o’tilganini aytib o’tdi. Darsda o’qituvchi ilmiy xatolarga yo’l qo’ymagani ta’kidlab ,bir necha oddiy kamchilikalar bor ekanligini aytib o’tdi.Darsda vaqtdan unimli foydalanilganligi , o’quvchilarning darsga tayyorgarligi yaxshi bo’lganligi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilganligidarsni yaxshi o’tishga imkon berganligini ta’kidladi.Kelajakda yaxshi pedagok bo’lib yetishiga ishonch bildirdi.
Shundan so’ng tadbir a’zolari Sabirova Zuhrajon ilmiy va pedagogik potensiali yuqori ekanligi e’tiborga oldilar va quydagicha qaror qabul qilindi.
QAROR : Amaliyotchi Sabirova Zuhrajon Ergash qizi o’tgan darsi yuqori saviyada tashkil etgan deb topilsin va ochiq darsga __ baho qo’yilsin.
Sabirova Zuhrajon Ergash qizi o’tagn darsi videosi ilova qilinsin .
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: F. Bekturdiyeva Amaliyot rahbari: D. Qurbonov Fizika fani o’qituvchisi: S. Bekturdiyev