Bog'liq Bog`lovchisiz qo`shma gap orasiga tinish belgisi qo`ying
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap orasiga tinish belgisi qo‘ying.
1. Borliq jim // har bitta darchada zangori shu`lalar porlaydi. 2. Hamal keldi // amal keldi. 3. Bizning qarorimiz shu// hasharda barchamiz qatnashamiz. 4. Suv keldi// cho’llarda hayot boshlandi. 5. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar// qizlar maktab hovlisini supurdilar. 6. Avval ular bizga yetib olishsin//keyin birga jo’naymiz. 7. Osmonda na oyna yulduz ko‘rinadi// havo buzuq edi 8. Faqat bitta iltimos// bir bayt o‘qiyman, shuni yaxshilab eshiting. 9. Yuragida qanday dard bor //mana bu menga sir. 10. Kuz keldi//yig‘im – terim ishlari boshlandi 11. Siddiqjon to‘xtadi// orqasidan kimdir kelayotgan edi. 12. To‘rt mashina o‘g‘it yubordik// fermerlarga vaqtida taqsimlansin 13. Ehtimol sizda ham shunday hollar bo‘lgandir// tun yarmidan og‘g‘anda birdan uyg‘onib ketasiz 14. Sabr ila bog‘liq ish ochilur// ishda oshiqqan ko‘p toyilur 15. Yaxshi o‘g‘il -el obro‘si// yaxshi qiz -uy obro‘si 16. Sabr bilan yumush bitar//sabrsizlar o’z oyog’idan yitar 17. Qor yog‘di //don yog‘di. 18. Qayerdadir xo‘roz qichqirdi// tong otishi yaqinlashgan 19. Ter to‘kildi //dur yetishtirildi 20. Ertaga cho‘qqini egallaymiz// sovuq qattiq emas, shamol bo‘lishi ham kutilmaydi 21. Rais kirib keldi// majlis ochildi 22. Bildi ota// foydasizdir qiynamoq 23. G‘animlar duch kelar// jang bo‘lar puxta 24. Bir vaqt dasturxon yozildi// turli taomlar kirdi 25. Xushxabar olb keldim// garnizon yanchildi 26. Doston aytdim// kitob bo‘ldi 27. U biladi, ishonadi //sinlisi o‘zi bo‘lmasa, uydirma-yu mish-mishlarga ishonadigan ayol emas 28. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar// qizlarmaktab hovlisini supurdilar 29. Elning bir so‘zi bor // o‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma 30. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi //ko‘plari hikoya eshitish uchun kelardi 31. Qattiq charchagan edim //nima deb javob berganimni bilmayman 32. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli// ko‘zida chaqini , ko‘ksida yolqini bor 33. Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q // idorada odamlar kutib o‘tiribdi 34. Urilmoq ham foyda// pishiq bo‘lasiz. 35. Ko‘prikni biz qurdik// dushmanlar o‘tdi 36. Kechasi shamol tindi// yo‘l azodidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar. 37. Qo‘ng‘roq chalindi// dars boshlandi. 38. Orzum shul// o‘chmasin yongan chirog‘ing 39. Dalasida o‘smas tikanlar// cho‘llarida chopmas ilonlar. 40. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o‘rniga o‘tirdi //u ko‘rmadi. 41. Paxtalar qiyg‘os ochildi// terim avjiga chiqdi. 42. San`atkor tajang edi// tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi,bir traktorist uni savodsizlikda aybladi. 43. Shinel jiqqa ho‘l // Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi. 44. Traktorchilar tashvishlanib qolishdi//oziq-ovqat, yonilg‘i tugayapti
45. Ishni uning maqsadi boshqarib turadi//buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi. 46. Kampirning jig‘ibiyroni chiqdi// ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vasaganicha, uyiga kirib ketdi. 47. Osmonda yoqutdek yirik yulduzlar porlaydi //yangi oyning o‘rog‘i daryoda qalqib-qalqib suzadi 48. Ruboiyni ichida o‘qidi// yuzini tabassum qopladi 49. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik //yo‘lda arava tugul, piyoda ham zo‘rg‘a,qo‘rqa-pia qadam bosadi. 50. Tilmoch bitta-bitta bosib , eshikka tomon borarkan, orqasiga qaradi// zal bo‘m-bo‘sh yetimchadek edi. 51. Yaxshisi shu// har kuni savob ish qilishga odatlan. 52. Bularni ko‘rib hamma ishondi// Sobirjon bugun ,albatta, g‘alabaga erishadi. 53. Abror qizni darrov tanidi: u qo‘shni mahalladagi do‘konda ishlar edi. 54. Sizning qilayotgan ishingiz yomg‘irga o‘xshaydi// har bir tomchisi don undiradi. 55. Chol aqlli odam //unga o‘rgatish ham mumkin, undan o‘rganish ham mumkin. 56. Olamni quyosh yoritadi// insonni –ilm 57. Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman // tanam hamma vaqt harakatda bo‘lishi kerak. 58. Eh, bu yerning nimasini aytasan// xayoldagi jannatning xuddi o‘zi. 59. Kimki mehnatning zo‘rini qilibdi //odamning sarasi ana shu 60. Ish kuchini elga berma, yerga ber //jamg‘armani selga berma , elga ber! 61. Eshakni yaydoq minib bo‘lmaydi// yiqilasan kishi. 62. Yaxshini yomon dema ,olising bo‘lsa ham// yomonni yaxshi dema, yaqinig bo‘lsa ham. 63. Faxr bilan silkitib qo‘l, derlar// Tilaymiz oq yo‘l 64. Ishning ko‘zini bil// dala ham obod, choyxona ham 65. Istiqlol kedi// o‘zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi. 66. Bizlar xizmatkor odam //nimani bilaylik ,to‘ram . 67. Navoiy H.Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi // isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi. 68. Qirq to‘rt so‘mdan yigirma yeti so‘mniolib tashladik// o‘n yeti so‘m qoldi. 69. Hayhotday hovli fayzsiz // daraxtlar ostini o‘t-olan bosgan,hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik qarg‘a loqayd kezib yuribdi. 70. Obidjin borib pechkaning ichiga qo‘l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi 71. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi// qo‘llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi. 72. Oltmishga kirib bildim// umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman 73. Kurashda bir tabiat qonuni bor// polvon davrada mag‘lub bo‘lsa,taqdirga tan berib ketmaydi. 74. Elning bir so‘zi bor //o‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma. 75. Axir shu qarorga keldilar //bolalarni buvimga topshiradigan va akam o‘zi bilan shaharga olib ketadigan bo‘ldi. 76. Mashina haydovchilariga qiyin bo‘ldi //shiddat bilan chalingan hushtak shofyorlarni tinimsiz to‘xtashga majbur qilardi. 77. Beshinchi kun hamma narsa ma`lum bo‘ldi // ko‘rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan to‘tiqush bajarayotgan ekan. 78. Yurgan daryo//o’tirgan bo’yra
79. Ayrilganni ayiq yer//bo’linganni bo’ri yer
80. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir//mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma
81. Bilim bilan kishining martabasi oshadi//bilimsizlik kishini tubanlashtiradi.