Bog`lovchisiz qo`shma gap orasiga tinish belgisi qo`ying.
1. Borliq jim // har bitta darchada zangori shu`lalar porlaydi.
2. Hamal keldi // amal keldi.
3. Bizning qarorimiz shu// hasharda barchamiz qatnashamiz.
4. Yer tosh qotgan// qor moylanmagan aravaday g`ichirlaydi.
5. Bugun havo ochiq// derazalarni lang ochib qo`ysa ham bo`ladi.
6. Suv keldi//cho`llarda hayot boshlandi.
7. Osmonda na oy na yulduz ko`rinadi// havo buzuq edi
8. Faqat bitta iltimos// bir bayt o`qiyman, shuni yaxshilab eshiting.
9. Yuragida qanday dard bor //mana bu menga sir.
10. Kuz keldi//yig`im – terim ishlari boshlandi
11. Siddiqjon to`xtadi// orqasidan kimdir kelayotgan edi.
12. To`rt mashina o`g`it yubordik// fermerlarga vaqtida taqsimlansin
13. Ehtimol sizda ham shunday hollar bo`lgandir// tun yarmidan og`g`anda birdan uyg`onib ketasiz
14. Sabr ila bog`liq ish oshilur// ishda ochiqqan ko`p toyilur
15. Yaxshi o`g`il -el obro`si// yaxshi qiz -uy obro`si
16. Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi //hozir uning ko`ngliga bahs sig`mas edi.
17. Qor yog`di //don yog`di.
18. Qayerdadir xo`roz qichqirdi// tong otishi yaqinlashgan
19. Ter to`kildi //dur yetishtirildi
20. Ertaga cho`qqini egallaymiz// sovuq qattiq emas, shamol bo`lishi ham kutilmaydi
21. Rais kirib keldi// majlis ochildi
22. Bildi ota// foydasizdir qiynamoq
23. G`animlar duch kelar// jang bo`lar puxta
24. Bir vaqt dasturxon yozildi// turli taomlar kirdi
25. Xushxabar olb keldim// garnizon yanchildi
26. Doston aytdim// kitob bo`ldi
27. U biladi, ishonadi //sinlisi o`zi bo`lmasa, uydirma-yu mish-mishlarga ishonadigan ayol emas
28. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar// qizlarmaktab hovlisini supurdilar
29. Elning bir so`zi bor // o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma
30. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko`plarni qiziqtirardi //ko`plari hikoya eshitish uchun kelardi
31. Qattiq charchagan edim //nima deb javob berganimni bilmayman
32. Istiqlol davri bolalari g`ayratli, shijoatli// ko`zida chaqini , ko`ksida yolqini bor
33. Endi nima bo`libshundoq bo`lganini aytib o`tirishga fursatim yo`q // idorada odamlar kutib o`tiribdi
34. Urilmoq ham foyda// pishiq bo`lasiz.
35. Ko`prikni biz qurdik// dushmanlar o`tdi
36. Kechasi shamol tindi// yo`l azodidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.
37. Qo`ng`roq chalindi// dars boshlandi.
38. Orzum shul// o`chmasin yongan chirog`ing
39. Dalasida o`smas tikanlar// cho`llarida chopmas ilonlar.
40. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o`rniga o`tirdi //u ko`rmadi.
41. Paxtalar qiyg`os ochildi// terim avjiga chiqdi.
42. San`atkor tajang edi// tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi,bir traktorist uni savodsizlikda aybladi.
43. Shinel jiqqa xo`l // Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
44. Traktorist tanqid qilganiga san`atkor asti chiday olmas edi// traktor qayda-yu, masalan, “chorzarb”
qayoqda, traktorist qayoqda-yu ashula-chi qayoqda!
45. Bir necha nafas shunday turgach, ko`zlarini ochdi//nur yo`qolibdi.
46. Kampirning jig`ibiyroni chiqdi// ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig`irig`ini ko`tarib,
vasaganicha, uyiga kirib ketdi.
47. Osmonda yoqutdek yirik yulduzlar porlaydi //yangi oyning o`rog`i daryoda qalqib-qalqib suzadi
48. Ruboiyni ichida o`qidi// yuzini tabassum qopladi
49. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik //yo`lda arava tugul, piyoda ham
zo`rg`a,qo`rqa-pia qadam bosadi.
50. Tilmoch bitta-bitta bosib , eshikka tomon borarkan, orqasiga qaradi// zal bo`m-bo`sh yetimchadek edi.
51. Yaxshisi shu// har kuni savob ish qilishga odatlan.
52. Bularni ko`rib hamma ishondi// Sobirjon bugun ,albatta, g`alabaga erishadi.
53. Abror qizni darrov tanidi: u qo`shni mahalladagi do`konda ishlar edi.
54. Sizning qilayotgan ishingiz yomg`irga o`xshaydi// har bir tomchisi don undiradi.
55. Chol aqlli odam //unga o`rgatish ham mumkin, undan o`rganish ham mumkin.
56. Olamni quyosh yoritadi// insonni –ilm
57. Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman // tanam hamma vaqt harakatda bo`lishi kerak.
58. Eh, bu yerning nimasini aytasan// xayoldagi jannatning xuddi o`zi.
59. Kimki mehnatning zo`rini qilibdi //odamning sarasi ana shu
60. Ish kuchini elga berma, yerga ber //jamg`armani selga berma , elga ber!
61. Eshakni yaydoq minib bo`lmaydi// yiqilasan kishi.
62. Yaxshini yomon dema ,olising bo`lsa ham// yomonni yaxshi dema, yaqinig bo`lsa ham.
63. Faxr bilan silkitib qo`l, derlar// Tilaymiz oq yo`l
64. Ishning ko`zini bil// dala ham obod, choyxona ham
65. Istiqlol kedi// o`zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi.
66. Bizlar xizmatkor odam //nimani bilaylik ,to`ram .
67. Navoiy H.Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi // isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo
etish kerakligini talab qildi.
68. Qirq to`rt so`mdan yigirma yeti so`mniolib tashladik// o`n yeti so`m qoldi.
69. Hayhotday hovli fayzsiz // daraxtlar ostini o`t-olan bosgan,hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik
qarg`a loqayd kezib yuribdi.
70. Obidjin borib pechkaning ichiga qo`l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi
71. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi// qo`llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi.
72. Oltmishga kirib bildim// umrim bekorga o`tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman
73. Kurashda bir tabiat qonuni bor// polvon davrada mag`lub bo`lsa,taqdirga tan berib ketmaydi.
74. Elning bir so`zi bor //o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma.
75. Axir shu qarorga keldilar //bolalarni buvimga topshiradigan va akam o`zi bilan shaharga olib ketadigan
bo`ldi.
76. Mashina haydovchilariga qiyin bo`ldi //shiddat bilan chalingan hushtak shofyorlarni tinimsiz to`xtashga
majbur qilardi.
77. Beshinchi kun hamma narsa ma`lum bo`ldi // ko`rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan
to`tiqush bajarayotgan ekan.
78. Hargiz talabi shuhrat etmakim// ofat turur.
79. Nodon aytur: g`olib chiqdim, dono aytur// yo`l berdim
80. Qrim urushidan keyin hammasi chappasiga o`zgardi: kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.
81. Yolg`on o`rmonga o`xshaydi// o`rmonga qanchalik kirib boraversang,undan chiqib olish hamshunchalik
qiyinlashaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |