IV . Qo’llanishiga ko’ra
1. Takror qo’llanuvchi bog’lovchilar : ham…ham , bir…bir , goh…goh , dam…dam , yo…yo , ba’zan…ba’zan , xoh…xoh , goho…goho , na…na , bir qarasang…bir qarasang , -mi…-mi
2. Yakka qo’llanuvchi bog’lovchilar : va , ammo , yoki , negaki , toki , mabodo , ya’ni , go’yo , yo , ham
Diqqat!!! Yo ayiruv bog’lovchisi , ham biriktiruv bog’lovchisi yakka holda ham , takror holda ham qo’llanadi
Bog`lovchilar va ularning turlari TEST 1. Qaysi so'zlar tarkibida shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan ko'makchi morfemalar soni ikkita emas?
1) chidamlilik; 2) insoniylik; 3) dehqonchilik; 4) ustachilik; 5) tug'ilmoq; 6) sanog'i; 7) yashamasa.
A) 1,2,5 B) 2, 3,4,6,7 C)1,5 D)1,2, 5,6, 7
2. . Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan?
A)-u, -yu, -da, ba'zan B)-u, -yu, -da, balki C)-u, -yu, -da, na ... na D) -u, -yu, -da, xoh
3.Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit? Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol. Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol? She'riy parchada olmosh turkumiga oid so'zlar necha marta qo'llangan?
A) 7 B)6 C)5 D)8
4. Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bog'lovchilardan keyin vergul qo'yilishi mumkin?
A)-u(-yu), -da, -ku, ya'ni B)ammo, lekin, biroq, balki C)-u (-yu), -da, balki D)-u(-yu), -da
5. Qaysi gapda ikki o'rinda bog'lovchi qo'llangan?
A)Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko'p ijobiy xislatlarga ega bo'lgan edi.
B)Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do'st bo'l.
C)Mehmonlar sut-qatiq hamda choy ichib, darhol o'tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar-uzanmas uyquga ketdilar.
D)Polvonning qo'li kuch bilan o'ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.
6. Qaysi javobda yordamchi so'zlar bajaradigan vazifalari to'g'ri ko'rsatilgan?
1) mustaqil so'zlarni va gaplarni tobe munosabatda bog'lash; 2) mustaqil so'zlar va gaplarni teng munosabatda bog'lash; 3) mustaqil so'zlarga qo'shimchi ma'no yuklash; 4) so'zlarga yangi ma'no berish; 5) gaplarga qo'shimcha ma'no yuklash. A) 1,3, 4 B)1,2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4. D) 1, 3, 4, 5
7. Vatan tarixini biling. Uni tuhmat va axlatlardan tinimsiz tozalang. Shaykatli tariximizni zamonaviy, mahobatli, tarixiy ishlar bilan boyitishga harakat qiling.
Parchadagi yasama so'zlar sonini aniqlang.
A) 8 B)7 C)9 D)6
8. Quyidagi qaysi so'zlardan shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lgan qo'shimcha yordamida ot yasash mumkin.
1) och; 2) quy; 3) itoat; 4) gul; 5) o't; 6) olcha; 7) kech.
A) 2, 4, 5, 6,7 B)1,2, 4,5,6 C)1,2,4,5,7 D)1,2, 3,5, 6, 7
9.Qaysi javobda keltirilgan gapda ma'noviy jihatdan bir guruhga mansub sof va vazifadosh bog'iovchi qatnashgan?
A)Ona bilan bola - gul bilan lola.
B)O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining boshida o'tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish.
C)Millat tushunchasi hamisha Vatan biian yonma-yondir, misoli jism-u jondir.
D)Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan.
10. Teng bog’lanish qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1) biriktiruv bog’ovchilari; 2) zidlov bog’lovchilari; 3) bog’lovchi vazifasidagi inkor yuklamasi; 4) bog’lovchi vazifasidagi kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi; 5) sabab bog’lovchilari; 6) ayiruv bog’lovchilari A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 6,1,2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6
11. Quyidagi gapda so’zga qaysi qo‘shimcha(lar) qo‘shilishi natijasida tovush almashinishi yuz bergan?
So’zning yumshog’i g’azabni so’ndiradi, so‘zning qattig’i esa odamni o’ldiradi.
1) so‘z yasovchi qo‘shimcha; 2) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shirncha; 3) sintaktik shakl yasovchi qo'shimcha
A)2 B)2,3 C) 1, 3 D) 1, 2,
12.Quyida keltirilgan gapda nechta yasama sifat mavjud? Tarixni o'rganishdan asosiy maqsad -milliy o'zligimizni chuqurroq anglash. A) 3 B)2 C)1 D) yasama sifat qatnashmagan
13. Quyida keltirilgan matndagi fonetik o'zgarishga uchragan so'zlar sonini aniqlang.
Do'stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo'lsang, uning eng yaxshi ko'rgan narsasini so'ra, shunda hamma narsa ayon bo'ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog'ini solmasa, bunday do'stni boshga ko'tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. A) 6 B)4 C)3 D)5
14. Ba'zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. O’sha o'ynoqi damlarni eslab sog'inaman. Men! O'tloqlarda dumalatgan, chang ko'chalarda o'ynatgan damlarni unutolmay qiynalaman.
Ushbu parchada nechta sodda yasama so'z omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan so'zdan yasalgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 4 ta
15.Quyida berilgan gapdagi fe'l yasovchi qo'shimchalar soni qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |