Bog‘lovchi moddalar Reja


Bog‘lovchi moddalarning sinflanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo, qo‘shimchalar



Download 26,63 Kb.
bet2/3
Sana18.07.2022
Hajmi26,63 Kb.
#821303
1   2   3
Bog'liq
Bog‘lovchi moddalar

Bog‘lovchi moddalarning sinflanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo, qo‘shimchalar

Anorganiq yoki mineral bog‘lovchi moddalar kukunsimon bo‘lib, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil qiladi va asta-sekin qotishi natijasida suny toshga aylanadi
Anorganiq bog‘lovchilarni ishlatilishiga va xossalariga ko‘ra quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:

  1. Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit;

  2. Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotishxususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, shlakli portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar;

  3. Kislotalarga chidamli bog‘lovchilar. Bunday bog‘lovchilarninig qotish protsessidan keyingi mustaxkamligining ortishi kislotalar tasirida ham davom etaveradi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan sementlar va qorishmalar misol bo‘la oladi.

Qurilishlarda buyum xossalarini o‘zgartish va bog‘lovchi materallarni tejash maqsadida quyidagi maxsus qo‘shilmalar xam ishlatiladi:

  1. Bog‘lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to‘yingan tuzlar tasirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki aktiv mineral qo‘shilmalar-trepal, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli va tufi, aktiv kremniy yaiqindilari, pishirilgan gil, gliej, kuygan jinslar va shlaklar;

  2. Bog‘lovchi materiallarni tejash uchun to‘ldirgichlar sifatida mayda qilib qo‘yilgan qum, shlak va boshqalar;

  3. Sementlarning tiklashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar: tezlatuvchilar-kalsiy xlorid (SaSl2), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota, eruvchan shisha (Na2SiF), soda; susaytiruvchilar - gips, sulfat kislota, sulfit oksidli temir va boshqalar;

  4. Sementning qotishini tezlatuvchi va mustaxkamligini oshiruvchi qo‘shilmalar - xlorli kalsiy va xlorid kislota;

  5. Beton va qotishmaning sovuqqa chidamliligi, plastikligini oshirish usun ishlatiladigan organiq va anorganiq qo‘shilmalar, sulfit spirt bardasi (SSB), etmak (ko‘pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit, trepel va boshqalar.

Bog‘lovchi moddalar sanoatida malum turdagi xom ashyo materiallargina ishlatiladi. Lekin ana shu materiallardan har xil miqdorlarda foydalanish va muayyan ishlash texnologik usullarini qo‘llanish yo‘li bilan xossalari har xil bog‘lovchilar tayyorlanadi.
Tog‘ jinslari va sanoat chiqindilaridan iborat ikkilamchi xomashyo hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tog‘ jinslaridan asosan quyidagilari ishlatiladi.
Gips tog‘ jinslar; ikki molekula suvli gips gips tosh yoki asosan suvsiz kalsiy sulfatidan iborat angidrit;
Karbonatli tog‘ jinslari; ohaktosh yoki asosan kalsiy karbonatdan iborat boshqa tog‘ jinslari, masalan, bo‘r; asosan magniy karbonatdan tashkil topgan magnezit va kompleks tuz - dolomit;
Gil - tuproqli tog‘ jinslari; oz miqdorda gil va mergeli, sergil tuproqli tog‘ jinslari - tarkibida 70% va undan ortiq alyuminiy oksidi bo‘lgan oksitlar ham gil tuproqli jinslarga kiritilio‘i mumkin;
Ikkilamchi xom ashyo sifatida domna va yoqilg‘i shlaklaridan foydalaniladi. Sanoat chiqindilaridan foydalanish katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Sementlarni muayyan xossali qilish yoki bog‘lovchilar tannarxini kamaytirish maqsadida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan materiallardan tashqari bog‘lovchilarga qo‘shiladigan qo‘shilmalar ham ishlatiladi. Bu qo‘shilmalar asosan nima maqsadlarda ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
Aktiv (gidravlik) minerallar; ular tarkibida ko‘p miqdorda aktiv formadagi qumtuproq bo‘ladi. Bo‘larga trass, pemza, vulkan tuflari, kul, diatomit, trepel, glinit, semyankalarning ham kiritsa bo‘ladi;
Inerto‘ldirgichlar- kvars qum va boshqalar, qum-tosh, ohaktosh, dolomit, talomit, tabiiy dolomit kukuni, taiy teproqsimon kvars, lyoss, yoqilg‘i kuli, domna kukuni;
Kislotaga bardoshli to‘ldirgichlar - mayda tuyilgan andezit, beshtaunit, granit, eritilgan diabaz va bazalt, chinni, tabiiy tuproqsimon qum, kvars qumlar;
O‘tga bardoshli to‘ldirgichlar- mayda to‘yilgan shamot, kvars qum, TES kuli, donador shlak, xromit, magnezit, pemza;
Qotishini tezlashtiradigan moddalar. Bunday moddalar tez qotuvchan beton va eton bop qorishmalarni ishlashda, yani datlabki qotish muddatlarida beton yoki betonbop qorishma mustaxkamligini oshirish uchun yoki qishgi sharoitlarda ishlatilayotganda qo‘llaniladi.
Kalsiy xloridi va xlorid kislota ana shunday qo‘shilmalardan hisoblanadi.
Tiklashishini sekinlashtirvuch moddalar; bunday moddalar betonbop qorishma yoki qorishmabop aralashmani quyuqlashish tezligi qorishma yoki aralashmaning qurilish ishlari talab qilgan darajada oson joylanuvchan bo‘lishini taminlay olmagan hollarda ishlatiladi.
Portland sement uchun ana shunday qo‘shilma sifatida gips qo‘llaniladi; teimr oksidining sulfat tuzi va sulfat kislotasining kuchsiz eritmasi ham ana shunday tasir qiladi; gipsli bog‘lovchi moddalar uchun esa keratin sekinlatgich, mol elimi, mikroko‘pik xosil qilgach BS ishlatiladi;
Sirtqi-aktiv moddalar quyidagi turlarga bo‘linadi: betonbop qorishma yoki qorishmabop aralashmalarni yanada yaxshiroq joylashuvchan qilish maqsadida ishlatiladigan plastifiklashtiradigan moddalr (sulfat-spirt bardasi va uning hosilalari).


  1. Download 26,63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish