«Boburnoma» da ayollar obrazi



Download 30,53 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi30,53 Kb.
#746321
1   2
Bog'liq
«Boburnoma»da ayollar obrazi

Natijalar va muhokamalar
Bobur onasi Qutluq Nigorxonimni «Boburnoma»da o‘n uch o‘rinda tilga oladi. Asarda «mening volidam», «mening onam», «volidam», «volidaxonim», «onam», «onam xonim» jumlalari bilan eng ko‘p tasvirga olgan ayol obrazi ham aslida onasidir. Qutluq Nigorxonim haqida yozilgan syujetlarning barchasi bir nuqtaga jam qilinsa, quyidagicha ma’lumot hosil bo‘ladi: «Yunusxon va Eson Davlatbegimning ikkinchi qizi, Umarshayx mirzoning xotini, Xonzodabegim va Bobur mirzoning volidasi, Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon egachisi, «Aksar qazoqliklarda va fataratlarda» o‘g‘li Bobur bilan birga bo‘lgan fidoyi ona; o‘rni kelganda onalari, inilariga qo‘shilishga intilgan, ammo «hech nav’ rioyate va shafqate ko‘rmagan» zaifa xonim, taxtsiz shoh o‘g‘lining yagona chodirida panoh va himoya topgan mushtipar ona; o‘z sa’y-harakati bilan Boburni yaqinlarining qizlari Oysha Sultonbegim, Zaynab Sultonbegimlarga uylantirib, o‘g‘li qatori «sura-sura tashvishlar ko‘rgan», «xeyli sazovorliq ko‘rmagan» qayin ona; «zamona nohamvorlig‘idin va davron nosozkorlig‘idin» behuzur bo‘lib dardlar topgan Qutluq Nigorxonim. Kobulda, o‘g‘li Bobur qo‘lida «Tengri rahmatig‘a borib» tog‘ etagida donishmand podshoh Ulug‘bek Ko‘ragon barpo qilgan bog‘ — «Bog‘i Navro‘zi»da (bu bog‘ning egalariga Bobur bir ming tanga berib rozi qilganligini Gulbadanbegim «Humoyunnoma»da yozib qoldirgan) mangu makon topgan rahmatli ona». Ushbu tasvirlardan Bobur shaxsining, ma’naviy fazilatining bir jihatini kuzatish mumkin, ya’ni har qanday holatda, beqaror zamonda ham onasiga munosib vaziyat topa bilishi, onasi shafqatlari haqqini ado qilishga intilishidir. ­Boburning bu o‘zgacha fazilati juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadi [4.1].
“Boburnomada” tilga olingan malikalardan biri Boburning ona tomonidan buvisi Esan Davlatbegim – Mo‘g‘iliston keyinchalik Toshkent va Sayram hokimi Yunusxonning xotini. Oqila, dono va mehribon Eson Davlatbegim saltanatni boshqarishda faol qatnashgan. 
“Boburnoma”da bu ayol haqidagi ma’lumotlar uning Boburning bobosi Yunusxonga tegishi tafsilotlar bilan boshlanadi. “Ul fursatga Sag‘richi beklarning ulug‘i Sher Hojibek erdi, aning qizi Esan Davlatbegimni oldi. Mo‘g‘ul to‘rasi bila xonni va Esan Davlatbegimni bir oq kiyiz ustiga o‘lturg‘uzub xon ko‘tardilar”.
Shu o‘rinda Bobur Esan Davlatbegimdan tug‘ilgan qizlar – ya’ni onasi va xolalari xususida batafsil to‘xtaladi: “Xonning bu Esan Davlatbegimdin uch qizi bo‘ldi. Boridin ulug‘ Mehr Nigorxonim edikim, Sulton Abusaid mirzo ulug‘ o‘g‘li Sulton Ahmad mirzog‘a qo‘lub edi. Mirzodin hech o‘g‘ul va qiz bo‘lmadi. ... Ikkinchi qizi mening volidam — Qutluq Nigorxonim edi. Aksar qazoqliklarda va fatarotlarda mening bilan bir edilar. Kobulni olg‘ondin besh-olti oy so‘ngra tarix to‘qquz yuz o‘n birda tengri rahmatig‘a bordilar. ... Uchunchi qiz Xo‘b Nigorxonim edi, Muhammad Husayi Ko‘ragon dug‘latqa berib edilar, bir qizi; bir o‘g‘li bo‘lub edi 3.1
Esan Davlatbegim to‘g‘risida Bobur doimo chuqur hurmat va ehtirom bilan gapiradi va matndan uning buvisiga bo‘lgan simimiy mehri aniq sezilib turadi. Bu xotinning insoniy xususiyatlarini, oqila va donoligini e’tirof etar ekan Boburning chuqur hurmati yaqqol seziladi. “Xotunlar orasida ra’y va tadbirda mening ulug‘ onam Esan Davlatbegimcha kam bo‘lg‘ay edi, bisyor oqila va mudabbira edi. Ko‘proq ish-kuch alarning mashvarati bila bo‘lur edi. [3.1].
Boburning o‘z buvisiga bo‘lgan yuksak ishonchi va mehrini bildiradigan yana bir voqea uning muhim qarorlaridan biri – Samarqandni o‘z xoxishi bilan tashlab chiqishi to‘g‘risidagi qarorini izohlash uchun ustodi va piri Xoja Mavlonoi qozi bilan aynan Esan Davlat begimning chorlovi ekanligini ta’kidlaydi: “Chun onalarimdinkim, onam va onamning onasi Esan Davlat begim bo‘lg‘ay, yana ustod va pirimdinkim, Xoja Mavlonoi qozi bo‘lg‘ay, bu nav’ xatlar kelib, mundoq ehtimom bila tilag‘aylar, ne ko‘ngul bila kishi turg‘ay. Rajab oyi, shanba kuni Andijon azimati bila Samarqanddin chiqtuk” [3.2].
Bobur o‘z hayotida be’vosita ishongan, maslahat olgan va suyangan odamlaridan biri aynan Esan Davlat begim bo‘lganligi yana bir holatda ko‘zga tashlanadi.
Bu holat uning uzoq qamaldan so‘ng Samarqandni Shayboniyxonga tashlab chiqqanidagi voqealar bilan bog‘liq. Opasi Xonzodabegimni Shayboniyxon nikohiga olgan paytda u Qutlug‘ Nigorxonim (onasi) qarindoshlari va askarlari bilan Samarqandni tark etar ekan negadir Esan Davlat begimning shaharda qolishi keyinchalik Boburga kelib qo‘shilishi haqidagi ma’lumotlarga duch kelamiz. Bobur buning asl sababini unga xos bo‘lgan g‘urur va qaysarlik tufayli ochiq aytmaydi. Aslida Esan Davlat begim nevarasi Xonzodabegimning to‘yini o‘tkazib, (albatta Boburning xoxishi bilan (I.A.), keyin Samarqandni tark etadi [2.1].
“Necha kundin so‘ng mening ulug‘ onam Esan Davlatbegimkim, Men Samarqanddin chiqqonda qolib edilar. Samarqandta qolg‘on ko‘ch-urug‘ va och va oruq bila keldilar”.
Esan Davlatbegimdagi yuksak jur’at va mardlik haqida Mirzo
Muxammad Xaydarning “Tarixi Rashidiy” asarida ma’lumot berilgan. Voqea Toshkentni “Xar” laqabli Shayx Jamolning Yunusxonni qo‘lga olib, bir yil davomida yerto‘lada zindonda saqlashi bilan bog‘liq. Bu vaqtda xonning harami ham Toshkentda edi. Natijada Yunusxonning uch qizi Abu Saidning uch o‘g‘liga olib beriladi. Yunusxonning xotini Esan Davlatbegimni Shayx Jamolning hukmi bilan uning beklaridan biri – Xoja Kalonga berishga qaror qilinadi. Esan Davlatbegim hukmga itoat qiladi, tunda Xoja Kalonni ta’zimu tavoz’e bilan kutib olib, boshiga tayoq bilan urib o‘ldiradi.
Bu ishi bilan amalda Esan Davlatbegim o‘ziga qatl hukmini chiqargan edi va xorlik va sharmandalikdan ko‘ra o‘limni afzal bilgan edi.
Esan Davlatbegim eri hamda farzandlarining sha’ni va nomusi hamma narsadan ustun edi. Shayx Jamol Xar nima bo‘lganini bilib Esan Davlatbegimni so‘roq qiladi. So‘roq vaqtida u mag‘rur o‘rnidan turib, u haliyam Yunusxonning xotini ekanligi va bu ish musulmonchilik qonunlariga to‘g‘ri kelmasligini aytadi. Uning bu hatti-harakatini ko‘rgan Shayx Jamol Xar jazoni bekor qiladi va Esan Davlatbegimni eri Yunusxonning oldiga zindonga yuboradi.
Bu kabi jasorat va irodani namoyon etish malikalar orasida kamdan-kam uchraydi, aksariyat hollarda malikalar qismati taqdirga bo‘ysunishdan iborat bo‘lgan [2.2].
Xonzoda begim Umar Shayx Mirzoning (1456–1494) qizi, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning opasi. U 1478 yilda Andijonda tug‘ilgan.
Tarixiy manbalarning shohidlik berishicha, Xonzoda begim did-farosatli, o‘tkir zehnli va aql-zakovat sohibasi bo‘lgan. Xonzoda begim ayni balog‘at yoshiga yetganda otasi Umar Shayx Mirzo tasodifan jardan yiqilib, olamdan o‘tadi. Ota taxtiga o‘tirgan 12 yoshli Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning qismatida darbadarlik davri boshlanadi. Yosh Bobur Mirzoda bobokaloni Amir Temur taxtini egallash havasi uyg‘onib, Samarqandga bir necha harbiy yurishlar qiladi. Nihoyat, 1501 yili Samarqandni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo ko‘p o‘tmay Shayboniyxon qo‘shin tortib kelib, Samarqandni qamal qiladi. Qamal ko‘pga cho‘zilib, shaharda dahshatli ocharchilik va o‘lim avjiga chiqadi. Bobur Mirzoning ko‘pgina odamlari shaharni tashlab qochadilar. Bobur Mirzo nihoyat darajada kuchsizlanib, hatto qamalni yorib chiqib ketish imkoniyatiga qodir bo‘lmay qoladi. Ana shunday og‘ir vaziyatda Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif qiladi. Keyinchalik ana shu voqeani Bobur Mirzo o‘zining mashhur «Boburnoma» asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Bu mahalda Shayboniyxon sulh so‘zini aroga soldi. Agar bir tarafdin umidvorlik bo‘lsa edi, yo zahira bo‘lsa, sulh so‘ziga kim quloq solar edi. Zarurat bo‘ldi, sulhgina qilib, kechadin ikki pahr bo‘la yovushib edikim, Shayxzoda darvozasidan chiqildi. Volidam xonimni olib chiqdim. Yana ikki xotin kishi chiqdi: biri Bichka xalifa edi, biri Minglik ko‘kaltosh edi. Mening egachim Xonzoda begim ushbu chiqqanda Shayboniyxonning ilkiga tushdi» [3.2].
Boburning “mening egachim Xonzoda begim ushbu chiqqanda Shayboniyxonning ilkiga tushdi” degan so‘zlari haqiqiy vaziyatga mos kelmaydi va aslida sulh shartiga ko‘ra Shayboniyxon Bobur Mirzoga sulh taklif qilishi bilan birga, Xonzoda begimni o‘ziga xotinlikka so‘ragan. Agar Bobur Mirzo shunga rozilik bersa, u holda o‘z haramini Samarqanddan salomat olib chiqib ketishiga imkoniyat yaratib berajagini aytgan. Bu voqeani Bobur Mirzoning qizi – Gulbadan begim, o‘zining «Humoyunnoma» nomli asarida quyidagicha tasvirlaydi: «Ana shunday vaqtda Shohibek (Shayboniyxon)xon «agar o‘z egachingiz Xonzoda begimni menga xotinlikka bersangiz, oramizda sulh tuziladi va hamjihatlik aloqalari o‘rnatiladi»,–deb aytgizib yubordi. Oxir Xonzoda begimni o‘sha xonga berib, o‘zlarining qaytishlari zarur bo‘ldi». Gulbadan begimning bu fikrini «Tarixi Rashidiy» asarining muallifi–Haydar Mirzo ham tasdiqlab, «uning qarshilik ko‘rsatishga hech chorasi qolmay, Shayboniyxon bilan sulh tuzib, o‘z egachisi Xonzoda begimni unga xotinlikka berdi», – deb yozadi.
R.Shamsutdinov va M.Abdullaevning "Boburnoma"ning yo‘qolgan sahifalari xususida" nomli maqolasida («Bobur va boburiylarning jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni», 2008) esa "Xonzodabegimning Shayboniyxon 1510 yili o‘ldirilgach, Bobur oldiga kelgani va shundan so‘ng Sayyid Hodi ismli kishi bilan nikohdan o‘tgani, ammo ularning turmushi uzoq davom etmagach, Xonzodabegimning Mahdiy Xoja bilan turmush qurgani" tarixiy fakt sifatida havola etilgan.
Aslida tarixiy voqelik qanday bo‘lgan? Yuqorida eslatilgan yozma manbalar bu to‘g‘rida quyidagi ma’lumotni beradi: 1478 yili tug‘ilgan Xonzodabegim 1501 yilning avgustida Bobur va Shayboniyxon o‘rtasida tuzilgan sulh bitimi shartiga binoan (T.Fayziyev. Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. "Yozuvchi", 1996) Samar­qandda Shayboniyxon nikohiga kiradi. Bu nikohdan 1502 yil may oyida Xurramshoh dunyoga keladi. Oradan uch-to‘rt yil o‘tgach, xon Xonzodabegimni zahar berishda gumonsirab, o‘z nikohidan chiqaradi. Qoidaga binoan beva qolgan saroy ayoli bunday voqeadan so‘ng yo ersiz o‘tishi yoki hukmdorning eng yaqin kishisiga tegishi lozim edi. Xonzodabegimni o‘zidan uzoqlashtirgan Shayboniyxon shu sababli bevasining o‘z bo‘lasi(xolavachchasi) Sayyid Hodixoja bin Murtazoxoja nikohiga kirishiga rozilik beradi. Bu dashti- qipchoqlik sayyidlar xonadoni shajarasi Sayyid Oto (vafoti 1291 yil) orqali Hazrat Ali bin Abi Tolibga ulanadi. Sayyid Hodixoja Shayboniyxonning ham bo‘lasi, ham shijoatli amirlaridan biri hisoblanib, o‘sha paytda 50 yoshlarda bo‘lgan. Xonzodabegim esa, 28 yoshda edi. Shayboniyxon 1506 yilning 15 noyabrida Balxni egallab, sog‘lom enagalar va harbiy ishga mohir amirlar, yaxshi ilmli ustozlar qo‘lida tarbiya topgan qobiliyatli o‘g‘li Xurramshohni Balx va uning muzofotlariga hokim qilib tayinlaydi.
O‘rta Osiyolik muarrix tomonidan yozilgan “Musaxxir il-bilod” asarida Xurramshoh haqida: “Otasi Marv qamalida qolganda birinchi bo‘lib shu Xurramshoh Balx lashkari bilan otasi yordamiga oshiqqan edi…Otasi dunyoni shahidlik bilan tark etgach, Xurramshoh ham oxirat sari shitob bilan ketdi. Xurramshohdan nasl qolmadi.” – deyiladi.
Xonzoda begim o‘zining aql-idrokligi va tadbirkorligi natijasi o‘laroq, saroy malikalari orasida yuksak e’tiborga ega bo‘ladi. Xonzoda begim Boburshoh va uning taxt vorisi Humoyun shoh saroyida maslahatchi vazifasini bajargan.
1544 yili Xonzoda begim Kobulhaq degan joyda olamdan o‘tadi. Oradan uch oy o‘tgach, uning xokini Kobulga keltirib, Boburshoh maqbarasiga dafn qiladilar [1.1].
Xadicha begim Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning suyukli xotini edi.
Xadicha begim 1451 yilda Hirotda tug‘ilib, 1457 yilda Sulton Abusayid Mirzo Hirotni olgach, unga hadya etilgan xos kanizaklardan biri edi. Sulton Abusayid Mirzo Xadicha begimni 1465 yilda o‘z nikohiga kiritadi. Sulton Abusayid Mirzo Iroqda halokatga uchragach, Hirot taxtiga o‘tirgan Sulton Husayn Mirzo Boyqaro marhum Sulton Abusayid Mirzo haramida Xadicha begimni ko‘rib, uni sevib qoladi va shar’iy iddasi (uch oy) tugagach, o‘z nikohiga kiritadi.
Xadicha begim yosh, go‘zal, dimog‘dor, yengil tabiat ayol bo‘lib, ayni vaqtda tabiatan ichi qoralik va makr-hiylaga moyil edi. Bobur Xadicha begim haqida: «O‘zini oqila tutar edi, vale beaql va purgo‘y (ko‘p gapiruvchi, ezma) xotun edi, rofiziya (shiiylik mazhabining bir oqimi) ham ekandur», – deb yozadi. Darhaqiqat, Xadicha begim tez fursatda o‘zining jozibali husn-latofati-yu makkorona iltifotlari bilan Sulton Husayn Boyqaroni rom qilib, haramda ulug‘ bekalik o‘rnini egallaydi. Sulton Husayn Boyqaroning xotinlari va xos kanizaklaridan 14 o‘g‘il va 11 qizi bor edi. Shohg‘arib Mirzo, Muzaffar Husayn Mirzolar Xadicha begimdan tug‘ilgan edilar. Xadicha begim o‘z farzandi – tantiq va shuhratparast Muzaffar Husayn Mirzoni Sultonning barcha o‘g‘illaridan ustun qo‘yishga jon-jahdi ila harakat qilardi. Binobarin, turli makr-hiylalar ishlatib, ota bilan o‘g‘illar o‘rtasida nizo chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Bu nizolar ko‘pincha qonli jangu jadallar bilan tugardi. Sulton Husayn Boyqaro tobora Xadicha begimning makriga uchib, Muzaffar Husayn Mirzodan bo‘lak o‘g‘illariga unchalik iltifot ko‘rsatmas va xavf-xatarda yurardi. Xadicha begim o‘g‘li Muzaffar Husayn Mirzoni ota taxtiga valiahd qilib tayinlatish masalasida xufiyona harakatni boshlab yuboradi. Ammo taxt valiahdlik haqqi taomilga ko‘ra, Sultonning katta o‘g‘li Badiuz-Zamon Mirzoniki edi. Garchi Sulton Husayn Boyqaro Badiuz-Zamon Mirzoni unchalik suymasa-da, har holda uni rozi qilishi lozim edi. Ayni vaqtda, Alisher Navoiy boshliq saroy ahlining ko‘pchiligi valiahdlikka Badiuz-Zamon Mirzoning 11 yashar o‘g‘li – Mo‘min Mirzoni (1486–1497) munosib hisoblar va bu haqda mulohazalarini Sultonga ochiq bildirgan edilar. Tabiiyki, arkoni davlat orasida bo‘layotgan bunday mulohazalar Xadicha begimning hasad olovini alangalatmasdan qo‘ymasdi.
1497 yil bahorida Sulton Hisorga qarshi yurish boshlaydi. Sultonning farmoniga ko‘ra, Astrobodda hukmron bo‘lib turgan Badiuz-Zamon o‘z o‘rniga o‘g‘li Muhammad Mo‘min Mirzoni qo‘yib, o‘zi otasining qo‘shiniga kelib qo‘shiladi. Jang tugagach, Sulton Husayn Boyqaro o‘g‘li Badiuz-Zamon Mirzoni Balx viloyatiga, suyukli o‘g‘li Muzaffar Husayn Mirzoni esa Astrobodga hokim qilib tayinlaydi. Sultonning bu farmoni Badiuz-Zamon Mirzoning hamiyatiga tegadi. Chunki Astrobodni o‘g‘li Mo‘min Mirzoga in’om qilish taraddudida edi. Binobarin, Badiuz-Zamon o‘z o‘g‘liga Astrobodni qo‘ldan boy bermaslik haqida xabar yuboradi. Bu mojaro Sulton bilan Badiuz-Zamon Mirzo orasida qonli to‘qnashuvga sabab bo‘ladi. 1497 yil 2 mayda Badiuz-Zamon qo‘shini tor-mor keltiriladi. Ayni vaqtda Muzaffar Husayn Mirzoning qo‘shini Astrobodni zabt etib, Muhammad Mo‘min Mirzoni asirga oladi va Hirotga keltirib, Ixtiyoriddin qal’asiga qamaydilar. Ko‘pdan beri qulay vaziyatni kutib yotgan Xadicha begim Murg‘ob harbiy o‘rdagohida vazir Nizom ul-Mulk ishtirokida Sultonning mastligidan foydalanib, Muhammad Mo‘min Mirzoni zudlik bilan qatl etish haqidagi farmonga muhr bostirib oladi va o‘sha kechasiyoq hukm ijro etiladi.
1506 yil aprelda Sulton Husayn Boyqaro vafot etadi. Xadicha begimning kaltabinlik ila saltanat ishlariga aralashuvi natijasi o‘laroq, taxtga ikki shahzoda –Badiuz-Zamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzo o‘tiradilar. Shayboniyxon Xurosonga hujum boshlaganda, ikki shahzoda ikki mavzeda –Badiuz-Zamon Qorarabotda, Muzaffar Husayn Mirzo Tarnobda turardilar. Birinchi zarbadayoq ikki shahzoda ikki tarafga –Badiuz-Zamon Qandahor orqali Turkiyaga, Muzaffar Husayn Mirzo Astrobodga qochadilar. Hirot mudofasi esa Xadicha begim boshliq uch-to‘rtta iste’dodsiz a’yonlaru xotin-qizlarga qolgan edi. Shayboniyxon Hirotni osongina qo‘lga kiritadi. Xadicha begim Hirotdan tashqariga chiqmay, uy mahbusligida yashaydi. 1509 yili o‘g‘li Muzaffar Husayn Mirzoning Astrobodda ekanligini eshitgach, Shayboniyxon tarafidan Hirot dorug‘asi (hokimi) qilib tayinlangan Jon Vafo Mirzodan ruxsat olib, o‘g‘lini ko‘rgani Astrobodga boradi. Xadicha begim Astrobodga yetib borganda, o‘g‘li Muzaffar Husayn Mirzo tuzalmaydigan kasalga mubtalo bo‘lib, o‘lim to‘shagida yotardi. Qo‘p o‘tmay –vafot etadi. Xadicha begim o‘g‘lining ta’ziyasini o‘tkazgach, yana Xirotga qaytib keladi… [1.2].
“Boburnoma”da Boburni g‘oyatda “mutaassir” qilgan bir voqea Samarqand hukmdori Sulton Ali mirzoning onasi Zuhrabegi og‘a bilan bog‘liqdir. Shayboniyxon Buxoroni egallab Samarqandga yaqinlashgan mahalda Zuhrabegi og‘a o‘z xoxishi bilan yoki sotqin beklar aldovi bilan (... Bu ra’ydin Abu Yusuf arg‘unning xabari bor ekandur, balki bu ra’yni ko‘rsatguvchi o‘shal g‘addor ekandur[ CITATION Боб89 \l 2115 ]) o‘g‘lining kelajagini xatarli garovga qo‘yib Shayboniyxonga tegish sharti bilan Samarqandni unga berish rejasini tuzadi. “Keshga kelgandin bir ikki hafta so‘ng xabar keldikim, Sulton Ali mirzo Samarqandni Shaybonixong‘a berdi. Tafsili budurkim. Sulton Ali mirzoning onasi Zuhrabegi og‘a bilmasligidan va beaqllig‘idin maxfiy Shayboniyxong‘a kishi yiborur, bu mazmun bilakim, Shayboniyxon ani olur bo‘lsa, o‘g‘li Shayboniyxong‘a Samarqandni bergay, otasini viloyatini olg‘ondan so‘ng Sulton Ali mirzog‘a bergay ”... “Bu bedavlat xotun chun noqisi aql edi, erga tegar havosi bila o‘g‘lining xonimonin barbot berdi. Shayboniyxon bir zarra parvo ham qilmadi, balki g‘uma-g‘unchachicha ham ko‘zga ilmadi”.
Xulosa
Bobur insonlardagi xususan, ayollardagi ijobiy sifatlarga qanchalik yuksak baho bersa, ulardagi salbiy sifatlarni keskin qoralaydi. Yuqoridagi kabi sharmandalikka Bobur o‘z g‘azab va nafratini ochiq bayon qilib, onasini so‘ziga kirib, xonumonidin ayrilgan Sulton Ali mirzoning holiga qarata yozadi: “Mundoq kishining vaqoeni bundan ortiq bitib bo‘lmas. Bu yo‘sunliq sha’ne harakotni mundin ortiq eshitib bo‘lmas” [3.3].
Bobur «Boburnoma» da oltmishga yaqin xotin-qiz obrazini u yoki bu darajada asar xarakteridan kelib chiqib tasvirlaydi. Ushbu obrazlar va ularga munosabat Bobur siymosining ba’zi jihatlarini belgilashda ham alohida ahamiyatga egadir. Bobur o‘zi tasvirlagan xotin-qizlar obrazini tanishtirishda ob’ektiv bo‘lishga intiladi, tarixiy-qiyosiy usuldan foydalanadi.
Ushbu boradagi tadqiqotlar echimini kutayotgan koplab tarixiy dalillar va haqiqatlarni oydinlashtirishga imkon yaratadi.


Foydalanilgan adabiyotlar



  1. e-tarix.uz. https://e-tarix.uz/maqolalar/ayollar-tarix.html. 2 5 2019 г. https://e-tarix.uz/maqolalar/ayollar-tarix.html (дата обращения: 20. 12. 2021 г.)

  2. Hazratkulova, E. «The image ehsan davlatbek in «Babur-name».» ISJ Theoretical & Applied, 12 2019 г.: 180-183.

  3. Бобур, Заҳириддин Муҳаммад. Бобурнома. Ташкент: Юлдузча, 1989.

  4. Ражабова, Буробия. «Оқила ва мудаббира оналар.» «Ўзбекистон адабиёти ва санъати» газетаси, 23-сони 23-сони 2013 йил г.: 57-59

Download 30,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish