“Boburnoma” asaridagi oykonimlarning etimologiyasi
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari ma`naviy qadriyatlarimizning bir bo`lagi hisoblanmish toponimlar va ularning tarixini o`rganishda qimmatli manbadir. Joy nomlarining bir qismini oykonimlar tashkil etadi. Oykonim deganda, shahar, qishloq, ovul
“Boburnoma”da koʻplab geografik nomlarning etimologiyasi(kelib chiqishi, ma`nosi)ga doir asosli ilmiy fikrlar bayon qilingan. Muallif joy nomlari haqida soʻz yuritib, ba`zan ularning qanday ma`no anglatishiga, nima uchun shunday nom olganligiga e`tibor beradi. Jumladan, Kandibodom toponimi toʻgʻrisidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Muning tavobidin Kandibodomdur. Agarchi qasaba emas, yaxshigʻina qasabachdur. Bodomi yaxshi boʻlur.Bu jihatdin bu ismgʻa mavsumdur. Xurmuz va Hindustongʻa tamom muning bodomi borur”. Kandibodom hozirda Tojikiston hududiga qarashli boʻlib Konibodom shaklida yoziladi. Konibodom soʻzi ikki qismdan koni va bodom soʻzlaridan tuzilgan boʻlib, “bodom koni” ma`nosini beradi. Bobur zamonida Kandibodom tarzida qoʻllangan ushbu toponim vaqtlar oʻtishi bilan fonetik oʻzgarishga uchrab, Konibodom koʻrinishiga kelgan. [3; 7-bet].
Shuningdek, “Lamgʻon”, “Lamgʻonot” hududi haqida: “Hazrati Nuh paygʻambarning otasi Mehtar Lomning qabri Alishang tumanidadur. Ba`zi tarixta Mehtar Lomni Lamak, Lamkon debturlar. Ul elni heyli mulohaza qilibturkim, ba`zi mahal “kof” oʻrnigʻa “gʻayn” talaffuz qilurlar” bu jihattin gʻolibo bu viloyatni Lamgʻon debturlar” kabi ma`lumotlar uchraydi. Demak, bundan koʻrinadiki Lamkon nomi “k” harfining “gʻ” deb aytilishi tufayli Lamgʻon shakliga kelib qolgan.Lamgʻon shaxs nomi bilan yuritiladigan antrotoponim sanaladi. (121-bet)
Ulugʻbek mirzo Kobul viloyatidagi Istalif va Istargʻich kentlarini Xuroson va Samarqand deyishini Bobur keltirib oʻtgan. “… kentlar orasida Istalif va Istargʻichcha kent yoʻqtur. Ulugʻbek mirzo bu kentlarni Xuroson va Samarqand der ekandur…. Istalifta Bogʻi Kalon otliq Ulugʻbek mirzoning bir magʻsub bogʻi bor edi” (124-bet).
Asarda Hindiston hududidagi Kashmir oykonimiga quyidagicha izoh berilgan: “Bu togʻ elini kas derlar Xotirgʻa yettikim, Hindiston eli “shin”ni “sin” talaffuz qilur. Chun bu togʻda moʻtabar shahr Kashmirdur, balki Kashmirdin oʻzga togʻda yan shahre eshitilmaydur. Bu jihattin boʻla olurkim , Kashmir demish boʻlgʻaylar”(250-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |