Bobur she'riyatida badiiy san'atlar



Download 48 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi48 Kb.
#533640
Bog'liq
Bobur - lirik s-WPS O


BOBUR SHE'RIYATIDA BADIIY SAN'ATLAR
Bobur - lirik san’atkor. Turli –tuman she’riy san’atlardan badiiylikka erishishda, tasvirning real va jonli bo’lishini ta’minlashda ustalik bilan keng foydalandi. U inson qalbidagi hayajon va quvonchlari, iztirob va orzularini butun ko’lami va nozikliklari bilan his etadi, ayniqsa, mo’jaz badiiy lavhalar, jonli sanalar yaratishda shoir katta mahorat namoyish qiladi.Umuman olganda, she’rda g’oyaviy butunlikka erishishni Bobur badiiylikning asosiy shartlaridan biri deb hisoblagan. “Bobur ruboiylari, - degan edi Oybek, -uning poeziyasining cho’qqisidir. Umar Xayyomning ruboiylari kabi uning ruboiylari ham falsafiy fikrlarga boy, shaklan mukammaldir”.2
Masalan, ruboiylarning birida uchrashuvga bora olmagan oshiqning ma’shuqa oldida o’zini oqlash sahnasi nihoyatda go’zal, esda qolarlik; oshiq kela olmaganligining sabablarini ham ma’shuqaga cheksiz muhabbati, uning ishqida o’rtanishi bilan izohlaydi, o’z gunohsizligiga “mantiqiy dalillar” keltiradi:
Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi,
Vaslingga yetishmadim jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidi
Yo’l bolchiq edi, kecha qorong’u erdi.
Bobur inson va uning go’zalligini, sevgi, sadoqat, vafo, do’stlik kabi insoniy fazilatlarni, ulug’lovchi, ezgu intilishlar va orzularni targ’ib etuvchi go’zal asarlari bilan, ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik va hayotsevarlik g’oyalari bilan, o’quvchiga zavq-shavq baxsh etuvchi yuksak badiiy san’atko Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlug’in
Ki, sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug’in, -
deya murojaat qildi ham uni umumga naf keltiruvchi xalqchil faoliyatga, ezgu ishlarga da’vat etdi:
Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q –
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’!
Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek mumtoz she’riyatining o’ziga xosligini, milliyligini, latofatiyu nazokatini, rang-barangligini, estetik go’zalligini, jozibadorligiyu ta’sirchanligini namoyon qiluvchi vasitalardan biri bu badiiy san’atlardir. She’r san’atlari o’zbek mumtoz adabiyotida shu qadar ko’p va rang-barangki, ularning umumiy miqdorini aniqlash qiyin. Shuni aytish lozimki, barcha she’rlarda qo’llangan she’r san’atlarining umumiy bo’g’liqlik jihatlari ko’p, ammo arab, fors-tojik va turkiy she’r san’atlarining mushtarak jihatlari ko’p. Sharq poetikasiga oid tadqiqotlarda arab va fors she’riyati san’atlari tahlil qilingan bo’lsa-da, ular o’zbek she’riyatidagi badiiy san’atlarni o’rganishda ham qo’l keladi. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, she’r san’atlari borasidagi kuzatishlar , umumiy qonuniyatlar Sharq xalqlari uchun bir xildir. O’zbek she’r san’atlari hali atroflicha tahlil qilingani yo’q, lekin ayrim ilmiy kuzatishlar mavjud. Masalan, V.Rahmonovning “She’r san’atlari” o’quv qo’llanmasi, M.Shayxzoda, A.Rustamov, N.Mallayev, A.Hayitmetov, YO.Ishoqov, B.Sarimsoqov, U.To’ychiyev va boshqa olimlarning qilgan ishlari mavjud. Ammo, bular kam. Chunki, she’r san’atlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan bilmasdan o’zbek adabiyotini, ayniqsa, she’riyatinini o’rganib bo’lmaydi. Biz ham mana shuning uchun ham Bobur ruboiylaridagi badiiy san’atlarni o’rganishga jazm etdik. Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatida badiiy san’atlar shu qadar o’rinli va chiroyli qo’llanganki, she’rlarining ta’sirchanligini oshirishga katta hissa qo’shgan.Misol:
Kopdin berikim yoru diyorim yo’qtur,
Bir lahzayu bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.
Bu ruboiyning g’oyaviy negizida ayriliq, hijron tuyg’usi yotadi, unda ijtimoiy rang quyuq, ya’ni yor bilan barobar diyor qayg’usi asosiy planda talqin etilgan.
Mumtoz poetikada nido degan san’at bor. Agar shoir o’zining sub’yektiv fikru tuyg’ularini insonga, tabiatdagi biror narsa yoki predmetga murojaat qilish yo’li bilan ifoda etsa, o’sha nido san’atini amalda qo’llagan bo’ladi. Bobur bu san’atni ruboiylarida ko’p qo’llagan.Masalan, shoir ba’zi she’rlarida o’z kechinmalarini “ bodi sabo”, “yel”, “ subh”, ”ko’ngil” kabilarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish orqali tasvirlab :
Ey bodi sabo, ayla Xurosong’a guzar,
Mendin degi
l ul yori parishong’a xabar.
Necha safar o’z ko’nglung uchun qilg’aysen,
Endi bizning uchun ayla bu yong’a safar.
Bobur bu she’rni yozishda nido san’atini qo’llagan, ya’ni she’rni “Ey bodi sabo” degan xitob so’zlari bilan boshlagan. Bu bilan shoir badiiy tasvir vositalaridan hayotiy real kechinmalar tasviri uchun foydalangan.
Bobur qaysi mavzuda ruboiy yozmasin, albatta, uning o’ziga xos va betakror ohangini topgan. Boshqacha qilib aytganda, shoir ruboiylarida mazmun va shakl birligi bor.
Badiiy (she’riy) san’atlar Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek adabiyotining o’ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi, va ta’sirchanligini ifodalovchi vositadir. Badiiy sa’natlar uch guruhga bo’linadi:

Ma’naviy (ma’noga tegishli) san’atlar.


Lafziy (shaklga oid) san’atlar.
Ma’naviy va lafziy san’atlar. Zahiriddin Muhammad Boburning bir ruboiysi sevimli zavjalari Mohim begim va Gulrux begimlarga, bir ruboiysi Komron mirzoga, bir ruboiysi Humoyun mirzoga, bir ruboiysi hofizi Ruhdamga, bir forsiy ruboiysi Bajavr qal’a-sining olinishi haqida, ayrim qit’alari Xoja Kalon va Fo’lod sultonga bag’ishlagani ma’lum. Ayniqsa, uning quyidagi sirli ruboiysi adabiyotshunoslarni lol qoldiradi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Darhaqiqat, bu badiiy matn shu holatida ham juda o’qishli, go’zal, shinam: mazmunli, ta’sirchan.
Biz “Boburnoma”, “Humoyunnoma”, Bobur “Devoni”va boshqa manbalarni sinchiklab o’qish natijasida bu she’rning yaratilish tarixini taxmin qilib ko’rdik. Bu ruboiy Boburning Hirot safari vaqtida bitilganmi yoki Hindiston uchun besh marotaba yurishlarning birida yozilganmi?
Bizningcha, she’r shoh va shoir xonadoni Kobulda ekanida, o’zining safardalik paytida yaratilgan va oilaviy maktubga she’riy ilova bo’lgan. “Ul sori” deb ijodkor “Kobul tomon” ni nazarda tutgan. Biz ruboiyni quyidagicha uch xil o’qishga moyilmiz. To’g’rirog’i, she’rning to’rtinchi misrasini yana uch xil yangi mazmun ilovasi bilan o’qiymiz. Birinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Bunga ko’ra rubioy Boburning jufti xaloli gulyuzli Mohim begimga atalgan.
Ikkinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux mohim.
Bu holatda to’rtlik shoirning xotini oyday Gulrux begimga bag’ishlangan.
Uchinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux, Mohim.
Boburning bir ruboiysining bir misrasini to’rt xil talqin qilishning o’ziyoq uning mahorati yetuk shoir ekanligidan dalolat berib turibdi. Mumtoz Sharq poetikasida “iyhom” nomli badiiy san’at bo’lib, buning lug’aviy ma’nosi “gumonsiratish” dir. Iyhom o’ta nozik san’at bo’lgani uchun Alisher Navoiy bu san’atni “xossa ma’no” (eng nozik ma’nolar) ni ifodalaydigan san’at ekanligini uqtirgan:
Agar xossa ma’no gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti havlom erur,
deya daho shoirimiz o’z cheksiz imkoniyati bilan faxrlangan edi. Bobur ana shu san’atda qayta-qayta kitobxon qarshisida ma’no-mazmun rang-barangligini namoyishkorona uyushtiradi. Quyidagi dilkash, jozib baytni o’qib, zukkolarcha idrokini ishga sola olgan kitobxon “so’rorim bor” birikmasini “so’ramoqchiman” va “so’rmoqchiman” ma’nolarida fahmlay oladi:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qilid, men ondin bir so’rorim bor.
Ushbu san’atda Alisher Navoiygacha yashagan mumtoz shoirlarimiz orasida eng ko’p baytlar yaratgan shoirimiz Mavlono Lutfiy Shoshiy (Toshkandiy) bo’ladilar.
Bobur mahorati tafre’ san’atini qo’llashda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bu badiiy san’atni qo’llagan san’atkor ko’rinib turgan narsani “bu emas” deydida, “mana bu” deb boshqa bir o’xshash narsani aytib, ajoyib mubolag’ali, o’ta ta’sirchan badiiy voqelikni yaratadi:
Sel emasdir yer yuzin tutqan – ko’zumning yoshidur,
Ra’d emasdur ko’kka chirmashqon – ko’ngul afg’onidur.
Mazmuni: Yer yuzini tutib ketgan sel emas, balki ko’z yoshlarimdir. Osmonga qasirg’alar tashlayotgan momoqaldiroq emas, balki ko’nglim faryodidir.
“Tafre’” san’atining ta’sirchanlik imkoniyatlarini Alisher Navoiy Sa’diy Sheroziydan kuzatgan bo’lsa ham ajab emas:
Nest on lolaho, ki dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonand, ki zi xok barovardi sarand.
Mazmuni: Dashtlarda jilvalanayotgan lolalar emas, so’yilgan odamlar boshlarini tuproqdan chiqarib turibdilar.
Bobur harfiy san’atlar qo’llashda ham Alisher Navoiy bilan bellasha oladigan san’atkor shoir. Uning kitobat qo’llagan ushbu bayti sodda va tushunarli, ayni paytda nafis va jozibaligi bilan diqqatga sazovor. Qadni “alif”, qoshni “yo” harfiga o’xshatish an’anaviy eski gap. Ma’shuqani oyga tashbeh berish ham ming marotaba uchragan. Ammo “alif” va “yo” ni qovushtirib, bular yig’indisidan “oy” so’zini keltirib chiqarish yangi fikriy kashfiyot – nuqtasidir :
Qadding chu “alif”, qoshing erur “yo”,
Desam, ne ajab, agar seni “oy”?
Ulug’ so’z san’atkorlari harfiy san’atlardan kitobat matnda harfni nomlash va istixroj (so’z keltirib chiqarish)ning riyoziy murakkab namunalarini ham yaratadilar. Chunonchi, “riyoziy ixtiroj” san’atini qo’llaganda baytda harf nomlanmay, aytilmasdan so’zlar ifodalangan harflar yig’indisidan biror so’z yasalgan bo’ladi. Masalan, quyidagi baytni tahlil etaylik:
Og’ziyu ikki zulfu qadi bo’lmasa manga,
Rayhonu sarvu g’uncha ko’kardin maloldur.
Mumtoz adabiy an’anaga ko’ra og’iz – “mim”(m), ikki zulf – ikki “lom”(ll) va qad - “alif”(o) dir. Holbuki, matnda bu harflar aytilmagan. Sehrgar Bobur “Aqling yetsa, kashf etib maza qil!” deb jilmayib qo’ygan. Chunki u baytdagi “malol” so’zini og’zi, ikki zulfi va qaddidan (m+l+o+l) yasagandir. Eski yozuvda malolda “a” harfi yozilmaydi. Bunday baytni riyoziy kashf etishga ancha –muncha kitobxongina emas, hozirgi paytda ayrim olimlar ham qodir emaslar.
Nega bu ishni qiyin dedik? Chunki sehrgar Bobur olim ko’zini avval laff va nashr san’ati bilan bog’lagan. Adabiyotshunos baytdan san’at kuzatganda birinchi misrada tuzilgan so’zlar: og’zi, zulf va qadga ikkinchi misradan o’xshatishlar izlaydi: og’iz – g’uncha, rayhon – zulf, qad – sarv. Ana shu holat laff va nashrdir.
Baytda istixroj borligi “ikki” so’zidan biroz seziladi.
Boburning bu sohadagi ulkan kashfiyoti mo’jizasi istixrojda “Olloh” so’zini ifodalagan tubandagi baytaddir:
Qaddi bila ikki zulfu og’zi,
Jonimg’a balo bo’lubtur, Olloh!
Istixrojda yozilmay nazarda tutilgan harflar qad – “alif”, ikki zulf – ikki “lom” va og’iz – “xo”dir. Ushbu harfalr yig’indisi Ollohdir. Bu undov so’z ulkan hayratni ifodalamoqda.
Bobur she’riyati mavzulari rang –barangligi bilan ham e’tiborga molik. Sharqona madaniyat – yaxshilik haqidagi ta’sirchan g’azal ham, xazon yaprog’i singari yuzi sarg’aygan oshiq ohu zorlari talqini bo’lgan she’r ham, madaniy dam olishning ajib to’kislikdagi ifodasi bo’lmish:
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati
matla’li she’r ham, g’ij-g’ij badiiy san’atlar qorishgan, ayni paytda ma’shuqa yuz timsolining jozib tajassumi bo’lgan
Gul jamolin yopqon ul gulning ikki rayhonidur,
G’uncha sirrin ochqon ul ikki labi xandonidur,
deb boshlanadigan g’azal ham Zahiriddin Muhammad Bobur inja she’riyati to’plami “Devon”idadir.
Rubobiy timsollarning tabiiy – voqelikka mos xatti-harakatlari, oshiq va ma’shuqalarning birining lobar sernozu ishvaligiyu ikkinchisining Farhodsifat ishq mashaqqatlarini tortish va Majnun kabi shaydoligi ishonarli ifodalangan. Shuning uchun Bobur lirik qahramoni o’zini Farhodu Majnundan, mahbubasini Shirinu Laylidan yuqori qo’yadi:
Qani Shirin bila Layliki, sendin noz o’rgansa?
Qani Farhodu Majnunkim, alarg’a ishq o’rgatsam.
“Ishq” shu darajada ajoyib hissiyotki, oshiqlar uchrashganda ham baxtiyor bo’lishlari amri mahol. Nozik hissiyot ikkalasini ham jizzaki holatga solganday. Biror shoir Boburday bu “ziddiyat voqeligini” idrok etolmagan bo’lsa kerak. Har ikkyosh sabr-toqatlari tugab bir-biriga zoru, uchrashganlarida esa har lahzada achchiq-tiziqqa asoslar topilib qoladi. Ayriliqda o’rtanib visolga zoriqqanlar-u, biroq uchrashuvda ham ular o’zaro yaxshi chiqisholmaganliklariga nima deysiz:
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur,
Sening birla chiqishmoqlik dog’i bisyor mushkuldur.
Mijozing noziku sen – tundu, men – bir beadab telba,
Sanga holimni qilmoq, ey pari, izhor mushkuldur.
Bobur she’riyati Sharq poeziyasining go’zla va betakror namunasi sifatida she’r ixlosmandlarini o’ziga rom etib kelmoqda.
Ma’naviy san’atlar. She’r san’atlarinig bu guruhiga she’r ma’nosi, g’oyasi bilan bog’liq bo’lgan san’atlar kiradi. Ma’naviy san’atlar ham rang-barang ko’rinishlarga ega: tavjih, iyhom, lutf, istibto’, idmoj, ta’liq, tajohuli orifona, talmeh, irsoli masal, tafri’, jam’, tafriq, taqsim, takrir, ruju’, tafsir, iltifot, savolu javob, muammo, lug’z, tashbeh, tamsil, kinoya, tazod, talxis, istiora, taajjub, ta’rix, muvashshah, chiston va boshqalar.
Iyhom ( Shubhaga solish, adashtirish) – she’r misralarida muayyan bir so’zni ikki yoxud undan ortiq ma’nolarda qo’llash usuli.
Bunda so’zning bir ma’nosi yuzaroqda bo’lib, boshqa ma’nosi (asosiysi) yashirin (botin) bo’ladi. O’quvch bu so’zning yuzakiroq ma’nosini tezda anglaydi, shundan so’ng uning yashirin ma’nosi ham borligi haqida o’ylaydi va fahm-farosat bilan uning botiniy ma’nosini ham topadi (shoirning maqsadi so’zning na shu ma’nosida ekanligini anglaydi). Iyhom nozik fikrlarni pardali ifodalashda juda qo’l keladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasidan olingan quyidagi baytda ishlatilgan “so’rorim” so’ziga e’tibor qilaylik:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Endi bu baytni sharhlab ko’raylik: “So’rorim” so’zining ikki ma’nosi bor: 1) bag’rim “qon” bo’ldi, ko’zimdin “qon” keldi. Buning sababini undan bir so’rashim bor; 2) uning lablari totidan ahvolim juda g’alati bo’ldi – men u lablardan yana bir so’rorim bor. Shoirning muddaosi “so’rorim” so’zining mana shu ma’nosida, ya’ni, so’zning botiniy ma’nosida. Demak, shoir lirik qahramonning chuqur intim his-tuyg’ularini yalang’och holda bayon qilmaydi, aksincha, nozik tuyg’uni nafis ifoda vositasida latofat bilan ibo bilan tasvirlaydi. Iyhom san’ati shoirdan qanchalik san’atkorlikni talab qilsa, o’quvchidan ham shunchalik fahm-farosatni, zehni o’tkirlikni, topqirlikni talab etadi.
Keldim sanga yuz birla, ey moh,
Lekin, bordim yuzingni ko’rmay, yuz oh
Hamsuhbatiki hamrohni netay bu yo’lda?
Darding menga hamsuhbatu ishqung hamroh.
Ushbu ruboiyni birinchi va ikkinchi misralarida “yuz” so’zi qo’llangan. Birinchi misradagi “yuz” so’zi yuz marta, ya’ni sanoq ma’nosida, ikkinchi misradagi “yuz” so’zi esa “insonning yuzi” ma’nosida qo’llangan.
Davlat bila shodu shodmon bo’lg’aysen,
Shavkat birla mashhuri jahon bo’lg’aysen.
Ko’nglungdagidek dahr aro kom turib,
Bu dahr boricha komron bo’lg’aysen.
Bu ruboiyda “komron” so’zida iyhom qo’llangan. Birinchi ma’nosi “Baxtli, saodatli, bekamu ko’st”, ikkinchisi esa Bobur o’g’lining nomidir.
Qosidki,yubording, ayladi shod meni,
Doim bu yusunliq aylagil yod meni.
Ozodingga qul bo’layki, xating keturub,
Hajring g’amidin ayladi ozod meni.
Bu ruboiyda ozod so’zi ikki ma’noda qo’llangan: birinchisi erkin ma’nosida; ikkinchisi yor bo’yi ma’nosida kelgan.
Tazod (qarshilantirish) – zid tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarni (ma’lum maqsadda) bir-biriga bog’lab ishlatish usuli.
Tazodda bir-biriga zid narsa va tushunchalar to’qnashtiriladi, ayni choqda, bir-biriga zid tushunchalarni o’zida mujassamlashtirgan ob’yektning mohiyatini g’oyatda ochish va unga nisbatan kishi qalbida faol munosabat uyg’otish ko’zda tutiladi. Tazod qisman antiteza usuliga ham o’xshaydi – ularning har ikkalasida ham bir-biriga zid tushunchalar yuzlashtiriladi, ayni choqda, ularning bir-biridan farqli jihatlari bor: antitezada to’qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki mustaqil manbadan kelib chiqsa, tazoddagi to’qnashuvchi bir-biriga zid narsalarning kelib chiqish manbai yagona bo'ladi
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish