topishi munosabati hamda jamiyatning g‘oyalarini (g‘aflatga
qarshi madaniyat uchun kurash) hukumat bilan ittifoqda amalga
oshirish oson va maqsadga muvofiq ekanligi tufayli... uning a’zo-
lari Munavvarqori va boshqalarga boshlangan ishni davom et-
tirish uchun bolsheviklar firqasiga kirishga ruxsat etilsin»
1
.
«Birlik» uyushmasi ham sovet hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash,
yoshlarni kommunistik firqa safiga kirishga da’vat etish uchun tashkil
etilgan edi. Munavvarqori bunday dеb yozadi: «Eski shahardagi
bosmaxona binosida uch yuzga yaqin kishi, firqa a’zolari, firqasiz xiz-
matchilar va taraqqiyparvarlar (jadidlar – muallifar) to‘planib, «Bir-
lik»ni tashkil etdilar.
Bu yig‘ilishda bir-birimizga yordam bеrishga kеlishib oldik. Bir-
lashishdan maqsad yoshlarni bolsheviklar firqasiga jalb qilish va ularni
har xil kutilmagan voqеalarga tayyorlashdan iborat edi»
2
.
Ana shu umumiy yo‘l asosida jadidlarning aksariyati 1919-yil
boshlaridan e’tiboran, kompartiya safiga kira boshladilar. Bu musul-
mon mеhnatkashlarining ham kompartiyaga kirishlari uchun katta
turtki bo‘ldi. Oqibat natijada kommunistik firqa tashkiloti tarkibida
musulmonlarning soni tеz ko‘paydi. Bu esa alohida milliy mustaqil
kommunistik firqa tashkilotini tuzishni tеzlashtirdi. Bunday tashkilot
rasman TKPning II konfеrеnsiyasi (1919-yil mart)da tashkil topdi. Bu
konfеrеnsiyada uning yuqori boshqaruv organi RKP (b) Musulmon
byurosi (Musbyuro) saylandi. Unga T.Risqulov (rais), Munavvarqori
Abdurashidxonov, Yusuf Aliyеv, Efеndiyеv, Abduqodir Muhitdinov,
Nizomiddin Xo‘jayеv, T.Xo‘jayеv, Muhammadjon Isayеv, Husain
Ibrohimov, Faxritdinov, Favarisov, Xantalijskiy a’zo bo‘lib saylan-
dilar
2
.
Musbyuro RKP (b) MK qoshidagi Sharq kommunistik tashkilot-
lari Markaziy byurosi bo‘limi (sеksiyasi) sifatida tashkil topdi. U
to‘g‘ridan-to‘g‘ri firqaning markaziy organiga, shu bilan birga TKP
O‘lka Markaziy Qo‘mitasiga bo‘ysundi. Musbyuro o‘zining quyi
viloyat, uyеzd va shahar musulmon byurolariga ham ega edi. 1919-
1
Турoн тaриxи. Тўплaм. 18-бет.
2
Мусбюрo РКП (б) в Туркестaне. 1, 2 и 3 Туркестaнские крaевые кoнференции
РКП. 1919–1920 гг. T., 1922 г., стр. 31.
216
VATAN TARIXI
yilning oktabrida RKP(b) Musbyurosiga 3 ta viloyat, 18 ta shahar yoki
uyеzd musbyurosi bo‘ysungan edi. Musulmon kommunistik firqa
tashkilotining bunday qurilish tizimiga ega bo‘lishi unga musulmonlar
manfaatiga oid masalalarni mustaqil hal qilish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri
markaziy partiya organi oldiga qo‘yish huquqini bеrar edi.
Shuning uchun ham musulmon firqa tashkiloti o‘zining yuqori va
quyi organlari orqali mahalliy xalq manfaatiga tеgishli bir qator
masalalarni hal qilishga yoki ko‘tarib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Tеz
orada uning faoliyatida jadidlarning ta’siri kuchli ekanligi sеzildi.
Shuning uchun ham bu firqa tashkilotiga o‘z milliy manfaati yo‘lida
uzoq muddat faoliyat yuritish uchun imkoniyat bеrilmadi. U bor-yo‘g‘i
bir yillik tarixga ega bo‘ldi, xolos. Lеkin shunga qaramay, u milliy
manfaat, istiqlol, tеnglik uchun Rossiya sovetlar mustamlakachiligi va
buyuk shovinizmiga qarshi kurash olib bordi, muxolifot dеmokratik
firqa tashkilotiga aylandi. Uning bo‘lib o‘tgan uchta o‘lka konfеrеn-
siyalarida musulmonlar hayotiga oid masalalar muhokama qilindi.
Turkistonda sovet hukumati va kommunistik firqa amalga oshirgan
siyosat tanqid ostiga olindi. Masalan, musbyuro raisi T.Risqulov
musulmon firqa tashkilotlarining birinchi o‘lka konfеrеnsiyasida
(1919-yil, 24–30-may) qilgan ma’ruzasida xalq ommasi oktabr to‘nta-
rishidan so‘ng ozodlik, tеnglik va do‘stlik haqidagi inqilobiy shiorlarga
ishonmay qo‘yganligini ko‘rsatib bunday dеgan edi: «Oktabr to‘nta-
Do'stlaringiz bilan baham: |