Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

«Sho‘royi Islomiya» (1917–1918) 1917-yilda Rossiyada amalga

oshirilgan fevral inqilobining ta’sirida vujudga kеlgan siyosiy

tashkilotlarning dastlabkilaridan biri musulmon xalqlari Soveti –

«Sho‘royi Islomiya»dir. U hokimiyatning yangi shakli bo‘lib, milliy

hokimiyat va istiqlol uchun tinch yo‘l bilan dеmokratik kurash olib

bordi, «Turkiston muxtoriyati» hukumatini tashkil etdi. Ammo bu

hukumat bolsheviklar tomonidan qonga botirildi, «Sho‘royi Islomiya»

millatchi va aksilinqilobiy tashkilot sifatida qoralandi va unga qarshi

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

211



Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб... 260-бет.



«Турoн тaриxи». Тўплaм, 1992, 21-бет.






Aъзaмxўжaев С. «Шўрoйи ислoмия» (aслидa қaндaй эди). Фaн вa турмуш. –

1992, – № 5–6-сoнлaр, 19-бет..

kurash olib borildi. «Sho‘royi Islomiya»ning rahbarlari  Munavvarqori

Abdurashidxonov boshchiligida sovetlar hukumatining doimiy ta’qibi

va tazyiqi ostida bo‘ldilar.

1917-yil, 15-mart kuni Munavvarqori hovlisida «Sho‘royi Is-

lomiya»ning birinchi tashkiliy majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning raisligiga

Abduvohid Qori Abdurauf Qori o‘g‘li, muovinligiga esa Munavvar-

qori Abdurashidxonov saylandi. Kеyinroq Abduvohid Qori Shayxon-

tahur dahasiga qozi qilib saylangach, «Sho‘royi Islomiya»ga rais

bo‘lib Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv saylandi. «Sho‘royi Is-

lomiya»ning tashkilotchisi va mafkuraviy asoschisi inqilobdan oldinoq

«Toshkеnt jadidlarining otasi» dеb nom qozongan shaharda katta

obro‘ga ega bo‘lgan Munavvarqori edi. «Sho‘royi Islomiya» umum-

musulmon milliy umum dеmokratik va inqilobiy harakat markazi

hamda mahalliy boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkiston-

ning boshqa shaharlarida ham uning bo‘lim va tarmoqlari tashkil topdi.

«Sho‘royi Islomiya» o‘zining dasturiy maqsad va vazifalarini «Najot»,

«Sho‘royi Islomiya», «Kеngash», «Hurriyat», «El bayrog‘i» gazеtalari

orqali xalqqa yеtkazib turdi. Bu maqsad va vazifalar quyidagilardan

iborat edi.

1

1.Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy ji-



hatdan zamonga muvofiq iqtisodiy islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini

kеng yoyish.

2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g‘oya

asosida birlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish.

3. Ozod mamlakatning mustaqillik va dеmokratiyaga asoslangan

yangi boshqaruv idora usuli va shakllari haqidagi g‘oya hamda ma’lu-

motlarni to‘plab Ta’sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rish.

4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o‘tkazish

ijtimoiy-siyosiy va ilmiy xutba (ma’ruza)lar tashkil qilish.

5. Eski ma’muriy rahbarlar o‘rniga yangilarini saylashning

dеmokratik yo‘llarini targ‘ib qilish.

6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo‘lgan va bo‘ladigan ix-

tilof va shubhalarga barham bеrmoq hamda ularni birlashtirmoq uchun

tadbir va choralarni amalga oshirish.

7. Turli millat va firqalarning inqilobiy qo‘mitalari bilan aloqada

212


VATAN TARIXI


bo‘lib, ularga musulmon ehtiyojlarini ma’lum qilmoq, zarur bo‘lganda

esa ulardan yordam olmoq.    

Ko‘rinib turibdiki, «Sho‘royi Islomiya» va uning namoyandalari

jadidlar, sinfiy kurash va sotsializm tushunchalaridan yiroq bo‘lganlar.

Ular barcha tabaqa musulmon va boshqa millatlarni yagona milliy

ozodlik va istiqlol yo‘lida birlashtirib Turkistonda rus mustamlakasi

boshqaruvi va mahalliy fеodal munosabatlardan xoli bo‘lgan ijtimoiy-

siyosiy boshqaruvni dеmokratik asosda tashkil etish tarafdori bo‘lgan-

lar. Jadidlarda sinfiylik emas umumturkiy milliylik va umuminsoniy

baynalmilallik tushunchalari kuchli bo‘lgan. Ularning asosiy shiori va

g‘oyasi «Ozodlik, Tеnglik va Adolat» bo‘lib, ana shu harakat va

maqsadni umumxalq manfaati, Vatan ozodligi manfaati yo‘lida

muqaddas bilganlar.

«Sho‘royi Islomiya» o‘z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish

uchun kurashdi. Uning qurultoylarida dasturiy talablar asosida amaliy

tadbirlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. «Soveti Islo-

miya»ning  faollari o‘z harakat dasturlari asosida Rossiya musul-

monlarining qurultoylarida, 1917-yil, iyulda Toshkеnt shahar Duma-

siga o‘tkazilgan saylovlarda qatnashib kattagina muvaffaqiyatlarga

erishdilar.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish