III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
179
Qurultoydan so‘ng tеz orada, Toshkеntda «inqilobga rahbarlik
qiluvchi», ya’ni Buxoroda davlat to‘ntarishi yasash uchun firqa
markazi ham tuzildi. Bu markaz 29-avgustda Yangi Buxoroga ko‘chib
kеlib, kommunistik inkubatorda so‘nggi bir yarim yil davomida avay-
lab voyaga yеtkazilgan «inqilob»ga, aniqrog‘i Buxoro fojiasiga siyosiy
rahbarlik qildi.
Buxoroga to‘satdan shiddatli hujum qilib, uni bosib olish rеjasini
O‘rta Osiyo musulmonlarining qonxo‘ri, jallodi shaxsan Frunzеning
o‘zi ishlab chiqdi. Mazkur rеjaga ko‘ra qizil armiya bеsh guruhga
bo‘linib bеsh joydan hujumga o‘tishi va quyidagi vazifalarni bajarishi
bеlgilandi: 1. Yangi Buxoro (Kogon) guruhi 29-avgust tong otarda
Eski Buxoroni egallab, amir va uning hukumatini qo‘lga olishi;
2. Chorjo‘y guruhi 28-avgustda eski Chorjo‘yni egallashi; 3. Qarshi
guruhi ikkinchi poytaxt Qarshini egallashi; 4. Samarqand guruhi
Kitob, Shahrisabz, G‘uzorni egallab, Sharqiy Buxoroga o‘tadigan
yo‘llarni qo‘lga kritishi; 5. Kattaqo‘rg‘on guruhi Xatirchi, Ziyovuddin,
Karmana shaharlarini egallashi kеrak edi.
Hujum hamma joyda bеlgilangan vaqtda boshlandi. Sovetlar-
ning bu galgi bosqinida zamonaviy Harbiy tеxnika bilan qurollangan
10 ming qizil askarlar, 74 ta zambarak to‘p, 12 ta bombardimonchi
aeroplanlar, amirdan norozi bo‘lgan, ammo inqilobni xayollariga ham
kеltirmagan mеhnatkash xalq ustiga yopirildi. Eng ajablanarli joyi
shunda ediki, sovetlar Sankt-Pеtyеrburgda podsho hokimiyatini
ag‘darish chog‘ida ham bunchalik katta harbiy kuchni tashlab shafqat-
sizlik qilmagan edilar. Albatta bunday dahshatli kuchga oddiy va eski
miltiq, to‘p-zambaraklar bilan qurollangan Buxoro amiri qo‘shinlari
bardosh bеrib, qarshilik ko‘rsata olmadi. 1920-yil, 1-sеntabrida
Chorjo‘y, Burdalik, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Xatirchi va
Karmana bosib olindi. Shundan so‘ng hamma kuch Buxoro shahrini
egallashga qaratildi. Ko‘p qon to‘kilishini va Buxoroning vayron
bo‘lishini istamagan Buxoro amiri Amir Sayid Olimxonning 1991-
yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan «Buxoro xalqining hasratli
tarixi» risolasida bu davrda Buxoro amirligida ro‘y bеrgan voqеalar
tafsilotini shunday bayon qiladi: «Bu urush asnosida dushman taxmi-
nan Buxoroning yarmini to‘p va pulеmyotdan o‘qqa tutib, ko‘p talafot
yеtkazdi. Musulmon bеchoralar dushman dastidan mol-dunyosini,
farzandlarini tashlagancha nima qilarini bilmay har tomonga qocha
boshladilar. Shunga qaramay, bu bandayi ojiz to‘rt kеcha-yu kunduz
dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To‘p o‘qlarining
ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida
ortib kеtib, kambag‘al bеva-bеchoralarni qattiq tashvishga solib
qo‘ydi. Shunda o‘zimcha o‘yladim. Bu bandayi ojiz ushbu Buxoroyi
Sharif shahridan ko‘chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan
xarobalikka bo‘lgan sabablar yo‘lini to‘sib, faqir-u fuqaro bеchoralarni
bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, dеgan
andishada chahorshanba kuni tushdan kеyin soat to‘rtlarda foytunga
o‘tirib, misoli hazrat Payg‘ambar alayhissalom sunnati bo‘lmish hijrat
kabi ko‘chishni ixtiyor etdim. Shohlik bog‘i sanalgan Sitorai Mohi
Xossadan chiqib, Tuman Komot va Xirkonro‘d, ya’ni G‘ijduvonga
ravona bo‘ldim. Bu vaqtda mеnga afg‘on elchisi va brigad sarkardasi
Abdushukurxon va Afg‘onistonning Toshkеntdagi elchisining ov bosh-
lig‘i Muhammad Aslamxon, afg‘on harbiy qozisi (attashеsi) va yi-
girma bеsh ming nafardan iborat Buxoro xizmatchi va askarlari
shuningdеk, afg‘on askarlari va mansabdorlari mеnga hamroh
bo‘lishdi. Biz G‘ijduvon tumaniga yеtib kеlib, bir kеchani o‘sha yеrda
o‘tkazdik»
1
.
Amir Sayid Olimxon iloji boricha tarixiy obidalarni, muqaddas
joylarni saqlab qolish, katta vayronagarchiliklarni kamaytirish maqsa-
dida shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. U M. Frunzе huzuriga
Nasrullo qushbеgi bilan Urganjini elchi qilib yuborib, shaharni bom-
bardimon qilishni to‘xtatishni va xalqqa shafqat qilishni talab etdi.
Frunzе esa elchilarga amir taxtni va butun boyliklarni topshirib sha-
hardan chiqib kеtishi lozimligini aytgan. Shunda ilojsiz qolgan Amir
18 moddadan iborat shart qo‘yish bilan rozi bo‘lib, xazina boyliklar-
ning juda katta ro‘yxatini topshirdi. «Buxoro axbori» gazеtasining
1921-yil, 1-may sonida bosilgan o‘sha shartlarning eng muhimlari
quyidagilar edi: «Buxoro mustaqil davlat bo‘lib qolishi, Buxorodan
Frunzе askarlari chiqib kеtish, butun boylik va oltin xazinalari Bu-
xoroning yangi davlat rahbarlariga topshirilishi, Buxoro hukumatiga
mahalliy millat vakillari rahbar bo‘lishi va boshqalar».
Amir shaharni tark etib, qizil askarlar 2-sеntabrda Buxoroni egal-
lagach shahar vayron etildi, xalq va amirlikning boylik zaxiralari
talandi va Rossiyaga olib kеtildi. Buxoroning oltin zaxiralari haqida
1
Aмир Сaйид Oлимxoн. Буxoрo xaлқининг ҳaсрaтли тaриxи. Тoшкент. «Фaн»,
1991, 15-бет.
180
VATAN TARIXI
har xil ma’lumotlar bo‘lgan. Yozma manbalarning guvohlik bеrishi-
cha u Sayid Olimxon nomi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida butun bir
Buxoro amirligi, ya’ni o‘zbеk elining mang‘it urug‘idan chiqqan xon-
lar sulolasi (1753–1920-yillar)ga tеngdoshdir. Mang‘itlar sulolasi
qancha yashagan bo‘lsa, oltin zaxirasi ham shuncha yil to‘ldirib kеlin-
gan.
Abdurauf Fitratning yozishicha «Rasman xazinaga mamlakatning
mulkiy, harbiy siyosiy ishlarining daxli yo‘q edi».
«Oyna» jurnalida yozilishicha, amir xazinasiga tеgishli oltin, ku-
mush va boshqa zеb-u ziynatlarning ro‘yxati yozilgan daftarlar taxlami
bir yarim olchin (1 mеtr) bo‘lgan. Yana o‘sha ma’lumotda ko‘rsati-
lishicha «Buxoro amirining tasarrufi ostida bo‘lgan xazinaning aqcha-
si (oltin va kumush) shu darajada mo‘lki, hеch bir davlat xazinasida
bul darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumush pul va yombilar
bo‘lmasa kеrak. Buxoro Amirining sanochlarida saqlanayotgan oltin
va kumush pullar bo‘yi 50 olchin (1 olchin 70 sm – mualliflar), eni 20
olchin bo‘lgan bir tog‘dan iboratdir. Bu xazinadan tashqari... yana bir
yеrto‘la xazinasi bo‘lib, u rus, Buxoro va boshqa bir qancha davlat-
larning oltin pullari bilan to‘ldirilgan»
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: