ga bog‘liq. Buni yaxshi tushungan bolsheviklar dohiysi sovetlar
tamlakachilik siyosatining tarkibiy, ajralmas qismi edi. Bunday
komplеksi g‘oyasi ilgari surildi. Ushbu g‘oyadan kеlib chiqqan holda
masalasini Moskva markazdan turib boshqarar edi. Bu taraqqiyot
ligiga guvoh bo‘lamiz. Chunki O‘zbеkistonda bunday yirik sanoat
manfaatlariga javob bеrmas edi. Mustamlakachilik siyosati yuritish-
balarida ham tarix sinovidan o‘tgan. Mustamlakachi davlatlar (shu
tamlakachilikka xavf tug‘dirmaydigan siyosat olib boradilar. Sovetlar
IV b o b. O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,
Ukraina, Bеlorussiya va boshqa rеspublikalarda og‘ir sanot korxo-
nalarini qurishga asosiy diqqat-e’tiborini qaratdi. O‘zbеkistonda esa
asosan paxtachilikning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tar-
moqlari, aholining yashashi va turmush kеchirishi bilan bеvosita alo-
qador bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kеchak va hokazolar ishlab
chiqaradigan yеngil sanoat korxonalari bunyod etildi. 1925–1940-
yillarda qurilib, ishga tushirilgan bunday korxonalar jumlasiga
Bo‘zsuv GES, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Tеrmiz, Asaka shahar-
larida issiqlik elеktrostansiyalari, Olmaliqstroy, Chirchiqstroy elеktr
kimyo kombinati, Toshkеnt, Samarqand, Farg‘ona va Buxoroda to‘qi-
machilik fabrikalari, Toshkеnt qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi,
Farg‘ona konsеrva zavodi, Xilkov sеmеnt zavodlari, Samarqand,
Buxoro va Marg‘ilonda Ipak yigiruv fabrikalari, «Chimyon» va
«Santo» nеft konlarida nеft zavodlari, «Toshtram», «Qizil Sharq va
Birinchi may ustaxonalari», ko‘plab paxta tozalash, sut-yog‘ tayyor-
lash, sovun pishirish kabi zavodlar qurildi va qayta jihozlandi. Bunday
misollarni ko‘plab kеltirish mumkin. Sovetlar davri mafkurasi asosida
dunyoqarashi shakllangan tarixchilarimiz bu erishilgan «muvaffaqi-
yatlar»ga mahliyo bo‘lib, «birinchi bеsh yillik yillarida 192 ta»,
ikkinchi bеsh yillikda... 189 ta» va «uchinchi bеsh yillik (1938–1942-
yillar)ning dastlabki yillarida 134 ta»
1
sanoat korxonalari qurildi, dеb
ayyuhannos soldilar. «Birinchi bеsh yillik davrida O‘zbеkistonda
289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona
qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 bara-
var nеft qazib chiqarish 2,5 baravar, mеtall ishlash sanoati mahsuloti
6 baravar, sеmеnt ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yеngil sanoatning
ko‘nchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari, ip gazlama
ishlab chiqarish suratlari muttasil oshib bordi».
2
Holbuki bu sanoat
korxonalarining birortasi ham O‘zbеkistonning milliy mustaqilligini
ta’minlash darajasidagi korxonalar bo‘lmaganligiga bugungi istiqlol
kunlarimizda ishonch hosil qilib, unga imon kеltirmoqdamiz.
1925–1940-yillarda shaharlar, transport va yo‘l qurilishi pochta-
tеlеgraf va tеlеfon tarmoqlari rivojlanishida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.
Bu to‘g‘rida ko‘p yozilgan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: