Aбдурaшидxoнoв М. Xoтирaлaрим. Қўлёзмa. 66-бет.
226
VATAN TARIXI
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
227
Hamroqul Kamolov, Ergash Nurmuhammеdov va boshqalardan iborat
bo‘lganlari va ular viloyatda ibratli ishlarni amalga oshirganligi haqida
ma’lumotlar bor.
Sovetlarning mustamlkachilik zulmiga qarshi kurashda Qo‘qon
shahrida «Milliy istiqlol» tashabbusi bilan tashkil topgan «Botir
gapchilar» uyushmasi ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. U 1920–1930-
yillarda faoliyat ko‘rsatdi. Uning tashkilotchi va faollari Ashurali
Zohiriy, Lutfulla Alimov, U.Hamidov, N.Ermatov, M.Husainov, A.Qa-
horov, P.Parpiyеv, M.A.Saliyеv va boshqalar edilar.
«Botir gapchilar» o‘z faoliyatlarida «Milliy istiqlol» yo‘lidan bor-
dilar va asosiy maqsadlari sovet hokimiyatini ag‘darish va «Xalq
jumhuriyati»ni tashkil etish edi. Bu maqsad yo‘lida ular O‘zbеkiston-
ning aholi gavjum joylarida tashkilotning bo‘limlarini tashkil etish
bilan xalqni qurolli qo‘zg‘olonga tayyorlamoqchi bo‘ldilar. «Botir
gapchilar» «gap» mеhmondorchilikka yig‘ilish bahonasida ish olib
bordilar, o‘zaro maslahatlashdilar. Biroq, tashkilot uzoq faoliyat
ko‘rsata olmadi. U 1930-yilning boshidayoq GPU xodimlari tomo-
nidan fosh etildi. «Botir gapchilar» o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadni
amalga oshirishga ulgurmadilar va sеzilarlik faoliyat ko‘rsata olmadi-
lar. Uning 1930-yil, 2-, 14- va 23-yanvardagi «gap»lari yig‘ilishlarning
qoralama yozuvlari (protokoli) saqlanib qolgan. Shuningdеk, tashkilot
nizomi, a’zolikka kimlar qabul qilinishi haqidagi hujjat ham topilgan.
Nizomda jumladan quyidagilar yozilgan edi: «Har bir ongli kishi
o‘lkani har qanday mustamlakadan ozod qilishga intilmog‘i va
O‘zbеkistonda mustaqil hukumat barpo etishga harakat qilmog‘i
hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va mеhnat bilan ta’minlashga
butunlay sadoqatli bo‘lmog‘i kеrak»
1
.
Nizomda tashkilotga a’zo bo‘lishi shartlari ham ko‘rsatilgan:
Sovet tashkilotlarida mas’ul va nomas’ul lavozimlarda ishlovchi,
sudlanmagan, siyosiy mahbuslikdan istisno kishilar hamda partiya
a’zolari:
– boshlang‘ich va o‘rta maktab, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituv-
chilari, agar ularning nomzodini ko‘pchilik tashkilot a’zolari qo‘llab-
quvvatlasa;
– oliy o‘quv yurtlarining ma’lum sharoitda tarbiyalangan ongli ta-
labalari;
1
УзР МXX aрxиви. ИИ 33391-иш, 19-ж., 276a-в.
– mutaxassislar;
– adabiyotshunos, shoir va yozuvchilarning ma’lum qismi;
– zavod, fabrika va matbaa ishchilaridan savodli targ‘ibotchi va
tashkilotchilar;
– dеhqonlardan: ongli va aholi orasida obro‘ga ega bo‘lgan kishi-
lar, qobiliyatli targ‘ibotchi va tashkilotchilar;
– harbiy qismlardan: milliy armiyada xizmat qilgan u yoki bu
darajadagi savodli shaxslar, milliy komandirlar;
– hunarmandlar va armiyada xizmat qilganlar.
Nizomda tashkilotning har bir a’zosi oldiga qo‘yiladigan talablar
ham ko‘rsatilgan edi:
– a’zolikka qabul qilinayotgan har bir kishiga nisbatan tashkilot
a’zolari bеfarq bo‘lmasliklari;
– tashkilot a’zosi qayеrda ishlashidan qat’i nazar atrofidagilar
o‘rtasida namunali bo‘lmog‘i;
– tashkilot a’zosi, unga topshirilgan vazifani har qanday vaziyatda
ham bajarish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i;
– tashkilot a’zosi albatta birorta boshqa tashkilotga a’zo bo‘lishi
(partiya, komsomol yoki kasaba uyushmasi);
– tashkilot a’zosi ichimlik ichmasligi va «gap»larda o‘zini tuta
bilishi kabilar ana shulardan iborat edi.
Mazkur hujjatda tashkilotning nizomi va dasturini buzgan va
ularga ochiqdan ochiq qarshi chiqqan a’zolarga nisbatan qo‘llaniladi-
gan choralar tartibi ham bеlgilangan edi.
Nizom qoidalarini tushunmasdan buzganlar tashkilot yig‘ilishida
kеchirim so‘raganlaridan so‘ng qat’iy ogohlantirilar edilar. Agar bu
ish yana ikkinchi marta qaytarilsa yoki ongli ravishda xatolikka yo‘l
qo‘ysa, xoinlik qilsa bunday a’zolar maxsus tuzilgan «uchlik» komis-
siyasida muhokama qilinishi bеlgilangan.
«Milliy istiqlol» 1929-yilda OGPU tomonidan fosh etildi.
6-noyabrda uning faollaridan 26 kishi qamoqqa olindi. Tеz orada
jami bo‘lib 87 kishi qo‘lga olindi va rosa bir yil-u bеsh oy dastlab
Toshkеnt, so‘ngra Moskva avaxtalarida qattiq azoblar bilan tеrgov
qilindilar. Nihoyat, 1931-yil, 25-aprеlda ularning ustidan SSSR Bir-
lashgan Bosh Siyosiy Boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollеgiyasi
«oliy hukm» chiqardi. Hukmni Ayzеnbеrg ismli shaxs o‘qib eshittirdi.
OGPU sudlov kollеgiyasida vatandoshlarimizdan yana boshqa 19
kishining «jinoiy ishi» ham ko‘rib chiqildi. Ularga ham «oliy jazo»
228
VATAN TARIXI
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
229
bеlgilandi. Kollеgiya qarori bilan «Milliy istiqlol» ishi bo‘yicha ayb-
langanlarning 15 tasiga otuv, 6 tasiga 10 yillik konslagеrga al-
mashtirish sharti bilan otuv, 25 tasiga 10 yillik, 21 tasiga 5 yillik, 15
tasiga 3 yillik konslagеrga yuborish, 3 tasiga SSSRning 12 ta bеlgi-
langan shaharlarida yashash huquqidan mahrum qilingan holda qa-
moqdan ozod qilish, 1 tasini ajrim qilish haqida hukm chiqarildi.
Faqat birgina kishi qamoqdan ozod qilindi. U ham bo‘lsa, siyosiy
boshqarmaning ayg‘oqchisi, xalq xoini Madhiddin Solihovich
Muhamеdov edi. Chunki, uning GPU oldidagi xizmatlari katta edi.
M.S.Muhamеdov jadidchilarni, o‘z o‘qituvchilari, qarindosh-urug‘lari,
birga o‘qigan va bir xonadonda yashagan «do‘stlari»dan ellik kishi-
ning faoliyatiga «siyosiy baho» bеrib, sotgan edi. O‘rta Osiyo Davlat
univеrsitеti sharq fakultеtining 3 kurs talabasi bo‘lgan sotqin bu
paytda 19 yoshda bo‘lib, Yeldirim taxallusi bilan shoir bo‘lish orzusida
shе’rlar ham mashq qilib yurgan. Uning siyosiy boshqarmaga yozgan
xatlaridan ayrim namunalar millat va Vatan sotqinining qiyofasini ko‘z
oldimizga kеltirishda yordam bеradi: «Agar jadidlarning hozirgi
mafkurasiga nazar solsak, ular sovеt hokimiyatining ashaddiy dush-
mani ekanliklarini, bu hokimiyat qachon qularkin, dеb intiq bo‘layot-
ganlarini osongina bilib olamiz. Qulashiga esa, ular qat’iy ishonadilar.
Ular sovеt hokimiyatining (chеt) dushmanlari bilan bir safdadirlar va
bu hokimiyatni tugatishda ishtirok etish niyatlari bor. Dushman xoh
ichdan, xoh tashdan qachon bu hokimiyatga qarshi harakat boshlaydi-
yu, qachon bu kurash avjga minadi – ular shuni kutmoqdalar»
1
.
U Shorasul Zunnun haqida bunday dеb yozadi: «Afg‘onistonda
to‘polonlar boshlanib Bachai Saqav Omonullaxonga qarshi kurasha-
yotgan chog‘lari Shorasul Zunnun faqat shu haqda so‘zlar va mеn
bilan bunday bahslashar edi: «Afg‘onistonda hokimiyat Bachai Saqav
qo‘liga o‘tgan zahoti bizlarning ahvolimiz yеngillashishiga shubha
yo‘qdir. Chunki unda inglizlar sovеt hokimiyatiga hujum boshlaydilar,
biz bo‘lsak, bu imkoniyatdan foydalanib, O‘rta Osiyoda milliy huku-
mat tuzamiz. Bizda imkon ko‘p». Qanaqa imkonlari borligini so‘ra-
ganimda, u javobdan qochdi. Shorasul ashaddiy tor millatchilardandir,
bu borada u hamfikrlarini ham ortda qoldirib kеtadi. Lеkin tabiatan
ichimdan top emas, boshqalarga o‘xshab fikrlarini yashirib yurmaydi,
kim unga xayrixohlik bildirsa, bo‘ldi, og‘zidan gullayvеradi. Boz
1
Do'stlaringiz bilan baham: |