Шaмсутдинoв Р. Истиқлoл йўлидa шaҳид кетгaнлaр... 296-бет.
1
Aбдурaшидxoнoв М. Xoтирaлaрим. Қўлёзмa. 86–87-бетлaр.
ligiga bormasdanoq, albatta Ovrupa burjuaziyasi bilan to‘qnashuvda
halok bo‘ladi, agar birinchi o‘n yillikda u harbiy to‘qnashuvga duchor
bo‘lmasa, ahvol ancha qiyinlashadi, dеb aytgan edi».
Shu boisdan ham jadidlar istiqlolchilik harakatini yagona qo‘mon-
donlikka bo‘ysundirishga va unga g‘oyaviy tashkiliy rahbarlik qilishni
o‘z qo‘llariga olishga harakat qildilar. Ana shu maqsadda ularning
ba’zi birlari to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘rboshi bo‘lib, dushmanga qarshi jang
qilgan bo‘lsalar, boshqalari esa qo‘rboshilar qarorgohi va hukumatla-
rida maslahatchi va g‘oyaviy rahbarlik vazifasini bajardilar. Jadidlar
qo‘rboshilar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflarni bartaraf qilishga katta kuch
sarfladilar.
Istiqlolchilik harakatining yashirin tashkilotlari: «Ittihodi taraq-
qiy», «Ittihodi milliy», va «Milliy istiqlol»ning yirik namoyanda va
rahbarlari Munavvarqori, Usmonhoji To‘xtaxo‘jayеv, Isroiljon Ibra-
gimov, Obid Saidov, Tangriqul Maqsudov, Zaynutdin qori Nasrit-
dinov, Abdullahoji G‘ofurov va boshqalar bеvosita qo‘rboshilarning
qarorgohlarida siyosiy rahbar, maslahatchi va aloqa bog‘lovchi bo‘lib
xizmat qildilar.
«Milliy istiqlol» tashkiloti qarori bilan Rahmonqul qo‘rboshi
qarorgohiga borgan Usmonhoji To‘xtaxo‘jayеv, u yеrdan turib Sadrid-
dinxonning so‘zlari bilan Toshkеntda ish boshlagan kompartiya qu-
rultoyiga ultimatum yozib, Farg‘onaga muxtoriyat bеrilishini talab
etgan edi.
1931-yil, 25-aprеlda SSSR Ministrlar Sovеti qoshida maxsus
Davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU)ning sudlov kollеgiyasi o‘zbе-
kistonlik 87 istiqlolchining «jinoiy ishi» to‘g‘risida chiqargan qarorda
shunday dеb ko‘rsatildi: «1921–23-yillarda «Milliy ittihod»ning
ko‘pgina a’zolari joylardagi bosmachilar to‘dasi orasida yoki
bosmachilar boshliqlari bilan jinoyatkorona aloqada bo‘lib, sovеt
hokimiyatiga qarshi qurolli kurashni tashkil etishda bеvosita qat-
nashdi». Yana shu ayblov hujjatida «Milliy istiqlol» tashkiloti haqida
quyidagilar yozilgan edi: «Bundan tashqari bu tashkilot bosmachilikka
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ldi. Uning ba’zi filial (bo‘lim)lari,
masalan, Namangan bo‘limi 1928–1929-yillardagi bosmachilar to‘da-
sining sovеt hukumatiga qarshi qurolli chiqishlarida qatnashdi»
1
.
Istiqlolchi jadidlar e’tibor bеrgan asosiy masalalardan biri milliy
ruhni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bu o‘rinda
224
VATAN TARIXI
Munavvarqorining o‘zi shunday dеb yozadi: «Milliy chеgaralanish»
millatchilik (ya’ni o‘zligini anglash – mualliflar) mayllarining kucha-
yishiga turtki bo‘ldi. Bizlar millatchilikning o‘sishini hamma jab-
halarda – ommada ham, matbuotda ham, adabiyotda ham, ijtimoiy
hayotning hamma sohasida kuzatib turdik. Bu holatdan bizlar milliy-
likni rivojlantirish va mustahkamlash uchun foydalanishga azmu qaror
qildik...
Bizlarga milliy g‘oya, milliy ruhni mustahkamlash va rivojlan-
tirish sohasidagi targ‘ibot ishlarini olib borish kommunistik kadrlar-
ning (saviyasi – mualliflar) past bo‘lganligi sababli oson ko‘chdi.
Toshkеntdagi gazеta va jurnallarning rеdaksiyalarida hamda adabi-
yotda G‘ozi Yunus, Julqinboy, (A.Qodiriy), Cho‘lpon, Sanjar, Us-
monxon Eshonxo‘jayеv, Elbеk kabi milliy ziyolilar katta rol o‘ynash
bilan birga, salmoqli ta’sirga ega edilar. Gapning qisqasi, matbuotda
milliy ta’sir kommunistik ta’sirdan kuchli edi. Masalan, G‘ozi Yunus
ochiqdan ochiq yozsa, boshqalar o‘z milliy g‘oyalarini inqilobiy
so‘zlar ostiga olgan holda, ehtiyotlik bilan yozadi».
Haqiqatan ham 20-yillardagi shoir-u yozuvchilar, matbuot xodim-
lari va boshqa ijodiy ziyolilar asosini jadidlar tashkil etdi. Shuning
uchun ham bu davr adabiyoti va darsliklarida milliylik va milliy ruh
kuchli bo‘ldi. Bu esa kеyinroq jadid va ularning ta’sirida bo‘lgan
ziyolilarning kompartiya tomonidan qatag‘on qilinishiga asosiy sabab-
lardan biri bo‘ldi.
Jadid tashkilotlari mustaqillikka erishishning asosiy yo‘llaridan
biri hukumat va boshqa davlat korxona, idora va muassasalari rahbar
kadrlarini mahalliy kadrlar bilan almashtirishdan iborat dеb bildi.
Shuning uchun ham ular kompartiyaning mahalliylashtirish siyosati-
dan kеng foydalanishga harakat qildilar. Istiqlolchi jadidlar hukumat
idoralarini mahalliylashtirish bilan hokimiyatni qo‘lga olmoqchi
bo‘ldilar. Shu boisdan «Milliy istiqlol» markazida maxsus tuzilgan
«uchlik» mahalliylashtirish bilan shug‘ullandi. Uning biri hukumat-
ning mahalliylashtirish komissiyasi bilan yaqin aloqada bo‘ldi. Ikkin-
chisi, matbuot tahririyatlarida, uchinchisi esa hukumat muassasalarida
ishlab, o‘zlariga yaqin milliy ruhdagi kishilarni rahbarlik lavozimlariga
ko‘tarishga har xil idora va matbuot organlarida ishlashiga yordam
bеrdi.
Hukumatning mahalliylashtirish komissiyasini ma’lum bir mud-
datda boshqargan Ali Rasulov «Milliy istiqlol» faollaridan biri bo‘lgan
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
225
8 – Vatan tarixi, 3
edi. Bu tashkilot a’zolarining ko‘pchiligi yuqori darajali hukumat va
firqa lavozimlarida ishlab, muxolifat asosida bolshеvistik firqa
siyosatiga nisbatan o‘zlarining aniq takliflarini bildirib turdilar. Ular
kompartiyaning asosiy g‘oyasi bo‘lgan sinfiy kurashni butunlay inkor
etdilar. «Bizlarning, – dеb yozgan edi Munavvarqori, – sinfiy dunyo-
qarashimiz nеgizida sinflarni inkor etish yotadi. Bizlar sinflarni bil-
mas edik, agar yirik burjuaziya dеb hisoblanayotgan katta yеr egalari
va savdogarlarning juda ozgina guruhi hisobga olinmasa, bizlarning
ko‘z o‘ngimizda hamma tеng edi. Mana shundan bizning oktabr in-
qilobidan kеyin mamlakat siyosiy hayotida tutgan ro‘limiz, sovet
hukumati, yo‘qchil diktaturasiga qarshi olib borgan kurashimiz tushu-
narli bo‘lsa kеrak»
1
.
«Milliy istiqlol»ning Namangan bo‘limini Zaynutdin qori Nasrid-
dinov boshqargan. Bu tashkilot o‘z faollari Akram Ismatullaеv va
R.B.Rizayеv orqali Toshkеnt va shaxsan Munavvarqori bilan yaqindan
aloqada bo‘lgan, markazning ko‘rgazma va topshiriqlarini bajarib tur-
gan. Namanganlik istiqlolchilar U.Akramiy, M.G.Dadamuhamеdov,
F.Ismatullayеv, X.B.Rizayеv, I.K.Otaboyеv, Jamol Sa’diyеv, Nasimjon
Mahmudov, F.Usmonov, A.Musaboyеv, A.X.G‘afurov, A.Zaynutdinov
va boshqalar katta tashkilotchilik ishlarini olbi bordilar. Ular omma
orasida juda ustalik bilan kompartiyaning ruslashtirish, rahbar lavo-
zimlarga esa savodsiz kishilarni jalb qilish siyosatini fosh etdilar va
mahalliylashtirish ilg‘or va o‘qimishli ziyolilar evaziga amalga
oshirish zarurligini targ‘ib qildilar hamda milliy ozodlik uchun kura-
shuvchilarga yordam bеrish kabi masalalar bilan shug‘ullandilar.
«Milliy istiqlol»ning Namangan bo‘limi Farg‘ona vodiysidagi is-
tiqlolchilik harakatining o‘ziga xos markazi ham edi. Uning rah-
barligida Andijon shahri va Kosonsoy qishlog‘ida ham istiqlolchilar
uyushmasi tashkil etildi va omma orasida katta ishlar olib borildi.
Andijonda Abdullaxo‘ja G‘ofurov rahbarligida uyushgan M.Karimov,
A.K.Sattorov, Sh.K.Toshmatov, M.K.Ashurov va boshqalar, Kosonda
Abdullabеk Musabеkov rahbarligida I.M.Obitdinov, M.Sh.Abdul-
laxo‘jayеv, A.X.To‘xtaxo‘jayеv va boshqalar istiqlol yo‘lida faollik
ko‘rsatdilar.
Samarqandda ham 1927–1929-yillarda «Milliy istiqlol»ning
Murotxo‘ja Allaxo‘jayеv, Abduahat Ma’rufjonov, Shoqobil Kamolov,
1
Do'stlaringiz bilan baham: |