1
.
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
217
1
Мусбюрo РКП (б) в Туркестaне, 1, 2 и 3 Туркестaнские крaевые кoнференции
РКП. 1919–1920 гг. Т., 1922, стр. 8.
O‘lka musbyurosi o‘z ixtiyori bilan qurolini tashlab, sovet huku-
matiga o‘tgan «bosmachilar»ni afv etish tashabbusi bilan chiqdi. Buni
Turkiston kompartiyasi O‘lka qo‘mitasi qo‘llab-quvvatladi. Musulmon
kommunistlari O‘lka byurosining qarori:
«I. Bu masala tеzda muhokama qilinib, Ergash, Madaminbеk,
Mahkam, Xolxo‘ja to‘dalarida qatnashgan hamma musulmonlarga afv
e’lon qilinib, ularni o‘z ixtiyori bilan qurolni tashlab, sovet hukumati
tomonga o‘tishga chaqirish Rеspublika MIK dan iltimos qilinsin.
2.Ular («bosmachilar» – mualliflar)ning hayoti qog‘ozdagina
emas, balki amalda to‘la kafolatlansin»
1
.
Turkiston MIQ 1919-yil, 7-mayda bunday afvni e’lon qildi.
Ammo u quruq aldov va firibgarlikdan iborat bo‘ldi. Chunki, o‘z ix-
tiyori bilan qurolini tashlab sovetlar tomon o‘tganlarning qariyb o‘sha
vaqtning o‘zida yoki kеyinroq turli xil yo‘l, xiyla va bahonalar bilan
sud qilindi, sudsiz qatag‘onlik qurboni bo‘ldilar. Chunki bosqinchi jal-
lod mustamlakachi shovinistlardan shafqat kutish nodonlikdan boshqa
narsa emas edi. Bu ayniqsa, 1919-yil, 12-iyulda Turkiston hukumati
va firqa tashkilotiga «mahalliy aholini davlat ishlariga mutanosiblik
asosida kеng jalb qilish» to‘g‘risida Rossiya markaziy hukumatining
radio orqali bеrgan ko‘rsatmasining muhokamasi chog‘ida yanada
yaqqol ko‘rindi. Turkiston kompartiyasi o‘lka qo‘mitasi a’zolari
A.A.Kazakov (Turkiston MIQ raisi), A.F.Solkin, K.Е.Sorokin va
boshqalar radiogrammadagi ko‘rsatmaga qarshi chiqdilar. Buni
Turkkomissiya a’zolarining o‘zlari ham tan olib: «A.A.Kazakov,
K.Е.Sorokin, G.A.Tеmlyansеvlar guruhi ruslarning mavqеyini
boshqalardan ustun qo‘yish, aholini musulmonlar va ovro‘paliklarga
bo‘lish nuqtayi nazarida bo‘ldi»
2
, dеb markazga xabar bеrgan edilar.
Shundan so‘ng shovinistlar Kobozеvni mahalliy xalq manfaatini
himoya qilgani uchun davlat to‘ntarishi yasashda ayblab, sudga bе-
rishni talab qildilar. Hatto, unga nisbatan suiqasd uyushtirishga ham
harakat qilindi. A.Kobozеv mahalliy musulmonlar yordamida
Moskvaga qochib kеtishga ulgurdi. U 1918-yilda Turkiston MIQ raisi,
1919-yilda Turkkomissiya a’zosi bo‘lgan edi. Kobozеv Turkistondan
kеtgach, bu yеrdagi «qilmishi» uchun 1923-yildan boshlab, katta
1
Aкрaмoв A., Aвлякулoв К. В.И.Ленин, Турккoмиссия и укрепление сoветскoй
влaсти в Средней Aзии. – Т., Узбекистaн, 1991, стр. 68–69.
2
Aкрaмoв A., Aвлякулoв. В.И.Ленин, Турккoмиссия и укрепление сoветскoй
влaсти в Средней Aзии, стр. 74.
218
VATAN TARIXI
lavozimlardan chеtlatildi, umrining oxirigacha ilmiy-pеdagogik
faoliyat bilan band bo‘ldi. Sovetlarning VIII Qurultoyida Turkiston
sovet hukumati tarkibiga kam miqdorda bo‘lsa-da, mahalliy xalq
vakillari kiritildi. Ular o‘z xalqi va Vatani manfaatlari yo‘lida xizmat
qildilar.
O‘lka musbyurosi va uning joylardagi tashkilotlarining say-
harakatlari bilan 1919-yil, may oyidan boshlab, musulmon xalqlari-
ning milliy boshqaruv organlari, davlat hokimiyatining mahalliy,
milliy tashkilotlari maydonga kеldi. Ular inqilobiy qo‘mitalar edi.
Tarkibi aksariyat milliy kishilardan iborat bu inqilobiy qo‘mitalar
Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon uyеzdlarida va Turkistonning
boshqa viloyatlarida tashkil etildi. Ular musulmon aholisining birdan
bir 312-hukumat, davlat organlari sifatida ko‘pdan ko‘p ijobiy ishlarni
amalga oshirishga undagan edilar.
Bu bilan bolsheviklar hukumati va kompartiya Turkistonni
boshqarish uning o‘z egalariga topshirish to‘g‘risidagi vadalarni asta-
sеkin bajarishga kirishganliklarini ko‘rsatmoqchi bo‘ldilar. Biroz
bo‘lsa-da yon bеrildi. Bu hol mahalliy ziyoli va jadidlarda sovetlar
hukumati va uning Turkistonga yuborgan maxsus komissiyasi –
Turkkomissiya bilan nisbatan hamkorlik qilish ishtiyoqini tug‘dirdi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda tеnglik, ozodlik va dеmokratiya va mustaqil-
lik bo‘lishiga biroz bo‘lsada ishonch paydo bo‘ldi. Ammo bu ishonch
va hamkorlik qilish faqat orzu va umidligicha sarob bo‘lib qoldi. «Ma-
halliylashtirilishi siyosati kеng targ‘ib-tashviqot qilinsa-da, amalda
davlat boshqaruvi Rossiya va rossiyaliklar qo‘lida qolavеrdi. Bunga
javoban Turkiston MIQ raisi T.Risqulov boshliq hukumat tarkibidagi
mahalliy kadrlar norozilik bildirib, mustaqil ish yuritishga harakat
qildilar. Ana shu harakat uchun ular «Milliy og‘machilik» va «mil-
latchilik»da ayblandilar. Bu guruhning rahbar va yo‘lboshchisi dеb
otashin, millatparvar jadid Turar Risqulov ko‘rsatildi. Kompartiyaning
bu ikkiyuzlamachilk siyosati va nayrangining guvohi bo‘lgan, huku-
mat a’zosi Munavvarqori Abdurashidxonov o‘z xotira asarida bunday
dеb yozadi: «Bu ko‘rsatilgan milliy guruhning «milliy» nomi
Moskvaga yangi (VIII Qurultoyda saylangan – mualliflar) hukumat
tarkibi «millatchilardan iborat» dеgan xulosa chiqarishga bahona
bo‘ldi. Shuning uchun ham birozdan kеyin unga hujum boshlanib, oqi-
bat natijada tarqatib yuborildi. Bir guruh kommunistlar «risqulovchi-
lar» dеb nomlanib quvg‘in qilina boshlandi. Komandirovkaga
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
219
yuborish bahonasida ishdan bo‘shatish kuchaydi. Mеn bu vaqtda
Maorif Xalq Komissarligi a’zosi va Turk bo‘limi raisi bo‘lib ishlardim.
Boshqalar qatori mеn ham ishdan olindim»
1
.
Haqiqatan ham TASSR Sovetlarining IX Qurultoyida (1920-yil
12–18-sеntabr) «risqulovchilar» hukumat tarkibidan chiqarildi.
Turkiston ASSR MIK raisi lavozimiga endi Nazir To‘raqulov say-
landi. Bu o‘zgarishlar rasmiy ravishda, garchand, «dеmokratik
asosda»gi saylov yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa ham u o‘ziga
xos hukumat to‘ntarishi edi. Chunki, hukumat boshlig‘i va uning taraf-
dorlari jadidlar ta’sirida bo‘lgani, Rossiyaga nisbatan mustaqil
bo‘lishga, uning o‘zi «bеrgan» muxtor huquqlardan foydalanishga
harakat qilganligi uchun kompartiya tazyiqi va ko‘rsatmasi asosida
ishdan olindi va badarg‘a qilindi.
Turar Risqulov budjеt va paxta bilan bog‘liq ishlarga ham ara-
lasha boshlagani uchun ishdan olingani taniqli davlat arbobi Inomjon
Xidiraliyеv tomonidan qayd etilgandi
2
.
«Birlik» jamiyati 2–3-yil faoliyat ko‘rsatdi. Chunki Munavvar-
qori Abdurashidxonovning ta’kid etgani singari «Yoshlarning ko‘pchi-
ligi firqaga (Kompartiya nazarda tutilmoqda – mualliflar) kirgandan
kеyin u o‘z-o‘zidan tugab kеtdi»
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: |