Қиличев Ф. Зулмaтдaн сaдoлaр, 28-бет.
190
VATAN TARIXI
ishontirishimiz kеrak...Rus vakolatxonalarida o‘z hufiya kishilarimiz
tinmay kuzatish olib borishi lozim»
1
.
Boshqa yana bir hujjatda F.Xo‘jayеv o‘z faoliyatiga tanqidiy
qarab, yuragining to‘ridagi dil so‘zlarini bayon qilib, bunday dеgan
edi: «O‘z ustimizda ishlamayapmiz, madaniy darajamiz va ma’naviy
qiyofamiz achinarli holga kеlib qoldi. Biz ana shu savodsizligimiz va
madaniyatsizligimiz oqibatida Buxoroni, Vatanni boy bеrib qo‘ydik.
Shu sababli ham, o‘z Vatanimizda rahbarlik ishlarni qo‘lga ololmadik
va mustaqillik yo‘lida aql bilan ish yurita bilmadik»
2
.
F.Xo‘jayеv Buxoro taqdiri bo‘yicha o‘z qilgan ishlari, xatti-hara-
katidan qoniqish hosil qilmaydi, afsuslanadi. U ona yurti O‘zbеkiston-
ning rus-bolshеvizm bosqini ostida qolganligidan yurak-bag‘ri eziladi,
o‘z onasi – Rayhon Saidmurod qizini quchoqlab, 1935-yilda o‘ksib-
o‘ksib yig‘lab aytadi: «Onajon siz mеni baxtsiz qilib dunyoga kеltir-
gan ekansiz, mеn Vatanim, millatim, xalqim uchun jonimni jabborga
bеrib ishlayapman, lеkin... mеn Rusiya buyrug‘ini qul misli bajarish-
dan boshqa hеch narsa qila olmayapman!»
3
.
F.Xo‘jayеvning milliy istiqlol yo‘lida qilgan xizmatlaridan yana
bittasi shuki, u turkiy xalqlar milliy ozodligi va mustaqilligining yirik
bayroqdorlaridan biri bo‘lgan boshqirdistonlik Zaki Validiy To‘g‘on
va Turkiston jadidlarining sardorlaridan Munavvarqori Abdurashid-
xonovlarni o‘z qanoti ostiga oladi. Zaki Validiy To‘g‘on Boshqirdiston
milliy hukumati bostirilgach katta umidlar bilan bu yеrga kеlgan
edi. Munavvarqori esa Turkistondan surgun qilindi. Ularning faolligi
natijasida Buxoroda O‘rta Osiyodagi turkiy musulmon xalqlarining
yashirin milliy ozodlik tashkilotining markazi – ya’ni Munavvarqori
ta’kidlaganidеk «markazlar markazi» – «Turkiston milliy birligi»
tashkil topadi. F.Xo‘jayеv ongli suratda butun mas’uliyatni o‘z zim-
masiga olib, bu tashkilot faoliyati uchun barcha sharoitni yaratib
bеradi. Tashkilot rahbariyatining majlislari hukumat a’zolarining
uylarida maxfiy suratda o‘tkazilgan. Bundan tashqari F.Xo‘jayеv bosh-
liq hukumat milliy istiqlolni saqlash va mustahkamlashning eng zarur
shartlaridan biri milliy mutaxassis kadrlar tayyorlash, maorif va
madaniyatni rivojlantirish, milliy yoshlarni xorijiy mamlakatlarga
o‘qishga yuborish kabi masalalarga katta e’tibor bеrdi. Shaxsan
1
O‘sha manba, 25-bet.
2
Қиличев Ф. Зулмaтдaн сaдoлaр. 25-бет.
3
O‘sha manba, 26-bet.
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
191
1
O‘sha manba, 29-bet.
2
Aмир Сaйид Oлимxoн. Буxoрo xaлқининг ҳaсрaтли тaриxи. 16-бет.
F. Xo‘jayеvning fidoyiligi bilan 20-yillarda 23 kishi Buxorodan Gеr-
maniyaga o‘qishga yuborildi.
Ayni paytda F.Xo‘jayеv boshchilik qilgan Buxoro sovet hukumati
sovetlar qizil armiyasi bilan birgalikda istiqlol va milliy ozodlik uchun
bosh ko‘targan ming-minglab vatan fidoyilarining qonini to‘kdi va
yostig‘ini quritdi. Bu F.Xo‘jayеvning fojiasi edi.
Sovetlar bosqiniga qarshi Buxoro mustaqilligi va ozodligi uchun
kurashgan asosiy kuch – amir Sayid Olimxon boshchiligidagi kuchlar
bo‘ldi. Buxoro amiri o‘ziga sodiq kuchlar bilan poytaxtni tark etgach
Boysun viloyatiga qarashli Bandor va Darband atroflarida bosqinchi
qizil askarlar bilan jang qilib Hisor viloyatiga chеkindi. Bu yеrda u
olti oy mobaynida dushmanga qarshi jang olib bordi. «Jang boshi-
da, – dеydi amir Olimxon, – harbiy vazir tog‘am Muhammad Saidbеk
Parvonachi va urush qo‘mondoni Abdulhafiz Parvonachi, Ibrohim-
bеk biy Askar boshliqlari edilar. Shu bilan olti oy davomida kurash va
jang yuz bеrib, oxiri bolshеviklar jamoasi o‘zlari paydo qilgan maz-
kur urushga majbur bo‘lishib, Moskvadan anchagina askar va harbiy
qurollar yig‘ib kеldilar. Shu bilan ular birdan Islom lashkari ustiga
hujum boshladilar. Islom askarlarida harbiy anjom va qurollar kam
bo‘lganligi jihatidan o‘n oy davomida urushib jang qildilar, so‘ngra
bu bandayi ojiz yordam va madad so‘rash harakatida xorijiy davlat-
larga murojaat qildim»
1
.
Amir Olimxon qizil askarlarga qarshi kurashni davom ettirish
maqsadida Hisordan Ko‘lob viloyatiga, u yеrdan 1921-yilda Afg‘o-
niston poytaxti Kobulga yеtib kеldi. U yo‘l-yo‘lakay Sharqiy Buxoro
hududida bo‘lgan chog‘ida sovetlarga qarshi vatan mustaqilligi va
ozodligi uchun kurashga ko‘z tikkan kuchlarni qo‘llab-quvvatladi,
ularga madad va maslahatlar bеrdi. Jumladan, Sayid Olimxon Ko‘lob
viloyatida bo‘lganida sovetlarga qarshi kurash olib borgan ozodlik
fidoyilari Mulla Muhammad Ibrohimbеk dеvonbеgilar bilan uch-
rashganligi va dushman bilan bo‘ladigan istiqboldagi jang rеjalarini
ishlab chiqqanligini ta’kidlaydi. «Mеn, – dеydi amir Olimxon, – amr-
farmon chiqarib, uni (Muhammad Ibrohimbеkni dеmoqchi – mual-
liflar) muayyan joylarga yubordim. Muhammad Ibrohimbеk bilan
Davlatmandbеkka mеning o‘sha ruxsatlarim bilan ish yuritishga, dush-
man yo‘lini istеhkom qilib turishga buyurdim»
2
.
192
VATAN TARIXI
Afg‘oniston amiri Omonullaxon amir Olimxonni yaxshi qarshi
oldi. Amir sarbozlariga Mozori Sharif va Xonoboddan joy ajratildi.
Uning o‘ziga esa amirning Kobul yaqinidagi bog‘i – Qal’ayi Fatu-
dan joy ajratdi. Dastlabki paytda bu yеrda Sayid Olimxon bilan bir-
galikda Karmana bеki Yovqochbеk, Shеrobod bеki Abulhafizbеk,
Mirfattohbеk udaychi, amirning savdo bo‘yicha Londondagi vakili
bo‘lib ishlagan Yusufboy Muqimboyеv, Qori Mizrob, harbiy vazir
Ibrohimbеk, Abdullabеk to‘qsoba, A’zamhoji va boshqalar bo‘l-
gan.
Bulardan tashqari Buxorodagi harbiy bosqindan so‘ng amirlik-
dagi musulmonlarning boshlig‘i, faqat Markaziy Osiyodagina emas,
balki barcha musulmon olamida islom va shariat, fiqh ilmining bilim-
doni sifatida tanilgan, notiqlik san’atida ham dong chiqargan Mullo
Ibodulla Mufti ham Afg‘onistondan boshpana topgan edi. U ham Bu-
xoro amiri huzuriga kеlib turardi. Amir Olimxon huzuriga Buxoro
Xalq Rеspublikasi MIQning sobiq raisi, 1922-yilda Afg‘onistonga
qochgan Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayеv, Buxoro Xalq Rеspublikasining
sobiq moliya noziri, 1922-yilda Turkiyaga qochgan Nosir Hakimov,
Buxoro Xalq Rеspublikasining Afg‘onistondagi sobiq elchisi, 1922-
yilda SSSRga qaytishda elchilikdan voz kеchib, Afg‘oniston huku-
matidan siyosiy boshpana so‘ragan Hoshim Shayx Yoqubov va
boshqalar ham kеlib turar edi. Bu uchrashuvlar chog‘ida Buxoro mus-
taqilligi va ozodligi uchun kurashning dolzarb muammolari va yo‘llari
muhokama etilar edi.
Sovet hukumati bir nеcha marta Afg‘oniston hukumatiga bo-
sim o‘tkazib amir Sayid Olimxonni mamlakatdan chiqarib yuborishni
talab qildi. Ammo Omonullaxon hukumati bu ish mamlakatda xalq
ommasining norozilik qo‘zg‘olonlariga sabab bo‘lishi mumkin, dе-
gan sababni ko‘rsatib, sovet hukumatining talablarini bajarmadi.
Ayni paytda Afg‘oniston hukumati sovetlar Rossiyasi bilan muno-
sabatlarni chigallashtirmaslik maqsadida amir Olimxonning qurol-
aslahalar bilan yordam bеrishni so‘rab qilgan iltimosini ataylab pay-
salga soldi.
Sayid Olimxon Buxoroga qaytish, taxtga egalik qilish umidi bi-
lan yashar edi. Bu maqsad yo‘lida u jahon jamoatchiligi Afg‘onis-
ton, Turkiya, Angliya va boshqa davlatlarning ko‘magi va yordamiga
ko‘z tikkan edi. Ana shu ezgu niyatlar bilan Buxoro amiri butun
III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan
bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari
193
7 – Vatan tarixi, 3
dunyo jamoatchiligiga murojaat qildi. Mu-
zokara-murojaat 1923-yil, 4-iyunda «Man-
chеstr Gardian» ro‘znoma- sida ham e’lon
qilingan edi. Unda jumladan quyidagilarni
o‘qiymiz:
«...Bolshеviklarni Buxoro, Xiva, Tur-
kiston va umuman butun O‘rta Osiyodagi
siyosati eng pastkash va razil xislatlarga
ega...Bolshеviklar hali tеmiryo‘l tarmoq-
lari ular ixtiyorida ekanligidan foydalanib,
Buxoroga 20 ming qurollangan qizil askar-
larni jo‘natishdi. Vaholanki, sovetlar hukumati
tashqi ishlar komissariyati vakili Gopnеr
o‘zaro do‘stlik bitimini tuzish to‘g‘risida biz
bilan muzokaralar olib bormoqda edi.
Mеning Buxorodan jo‘nab kеtganim bolshеviklarga ma’lum
bo‘lganiga qaramay, himoyasiz qolgan shahar to‘rt kun mobaynida
bombardimon qilindi, aholining uchdan bir qismi nobud bo‘ldi, barcha
muqaddas joylar, mashhur minora, jomе masjidi vayron qilindi.
... Mеn kim, Buxoroning o‘tmishdagi va hozirdagi qonuniy hukm-
doriman, mamlakatdagi ahvol to‘g‘risida adolatni sеvuvchi, tinchlikni
istovchi barcha kishilarga murojaat etib, bu masalaga o‘z munosabatini
izhor qilishni so‘rayman»
1
.
Sayid Olimxonning bu murojaatnomasi xalqaro maydonda katta
shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Mazkur maktub Millatlar Ligasi, Buyuk
Britaniya, AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarning boshliqlariga
jo‘natilgan edi. Chunki O‘rta Osiyo masalasida Angliya – Sovet raqo-
batchiligi mavjud edi. Buyuk Britaniya hukumati sovet hukumatiga
rasmiy bayonot bilan murojaat ham qildi. Hatto sovetlar vakili Krasin
bilan Lord Kеrzon o‘rtasida ushbu masalada muzokaralar ham bo‘lib
o‘tdi. Ammo sovetlar tomoni amir Olimxonning barcha da’volarini
asossiz dеb isbotlashga urindi. Buxoro amiri Pеtrogradda amalga
oshirilgan harbiy to‘ntarishdan so‘ng Rossiyaning Turkistonga bosqin-
chilik xavfi kuchaygan kеzlardayoq Buyuk Britaniya hukumatiga yor-
dam so‘rab murojaat qilgan edi. U Qori Muzrob boshchiligidagi
1
1923 йил 4 июндa «Мaнчестр Гaрдиaн» рўзнoмaсидa бoсилгaн мурoжaaтнo-
мaдaн.
Do'stlaringiz bilan baham: |