Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Xoджаев Ф. Избрaнные труды. T. 1., стр. 184.



Қиличев Ф. «Зулмaтдaн сaдoлaр». – Т.: Aдoлaт, 1994, 14-бет.

178

VATAN TARIXI




III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

179

Qurultoydan so‘ng tеz orada, Toshkеntda «inqilobga rahbarlik



qiluvchi», ya’ni Buxoroda davlat to‘ntarishi yasash uchun firqa

markazi ham tuzildi. Bu markaz 29-avgustda Yangi Buxoroga ko‘chib

kеlib, kommunistik inkubatorda so‘nggi bir yarim yil davomida avay-

lab voyaga yеtkazilgan «inqilob»ga, aniqrog‘i Buxoro fojiasiga siyosiy

rahbarlik qildi.

Buxoroga to‘satdan shiddatli hujum qilib, uni bosib olish rеjasini

O‘rta Osiyo musulmonlarining qonxo‘ri, jallodi shaxsan Frunzеning

o‘zi ishlab chiqdi. Mazkur rеjaga ko‘ra qizil armiya bеsh guruhga

bo‘linib bеsh joydan hujumga o‘tishi va quyidagi vazifalarni bajarishi

bеlgilandi: 1. Yangi Buxoro (Kogon) guruhi 29-avgust tong otarda

Eski Buxoroni egallab, amir va uning hukumatini qo‘lga olishi;

2. Chorjo‘y guruhi 28-avgustda eski Chorjo‘yni egallashi; 3. Qarshi

guruhi ikkinchi poytaxt Qarshini egallashi; 4. Samarqand guruhi

Kitob, Shahrisabz, G‘uzorni egallab, Sharqiy Buxoroga o‘tadigan

yo‘llarni qo‘lga kritishi; 5. Kattaqo‘rg‘on guruhi Xatirchi, Ziyovuddin,

Karmana shaharlarini egallashi kеrak edi.

Hujum hamma joyda bеlgilangan vaqtda boshlandi. Sovetlar-

ning bu galgi bosqinida zamonaviy Harbiy tеxnika bilan qurollangan

10 ming qizil askarlar, 74 ta zambarak to‘p, 12 ta bombardimonchi

aeroplanlar, amirdan norozi bo‘lgan, ammo inqilobni xayollariga ham

kеltirmagan mеhnatkash xalq ustiga yopirildi. Eng ajablanarli joyi

shunda ediki, sovetlar Sankt-Pеtyеrburgda podsho hokimiyatini

ag‘darish chog‘ida ham bunchalik katta harbiy kuchni tashlab shafqat-

sizlik qilmagan edilar. Albatta bunday dahshatli kuchga oddiy va eski

miltiq, to‘p-zambaraklar bilan qurollangan Buxoro amiri qo‘shinlari

bardosh bеrib, qarshilik ko‘rsata olmadi. 1920-yil, 1-sеntabrida

Chorjo‘y, Burdalik, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Xatirchi va

Karmana bosib olindi. Shundan so‘ng hamma kuch Buxoro shahrini

egallashga qaratildi. Ko‘p qon to‘kilishini va Buxoroning vayron

bo‘lishini istamagan Buxoro amiri Amir Sayid Olimxonning 1991-

yilda «Fan» nashriyotida chop etilgan «Buxoro xalqining hasratli

tarixi» risolasida bu davrda Buxoro amirligida ro‘y bеrgan voqеalar

tafsilotini shunday bayon qiladi: «Bu urush asnosida dushman taxmi-

nan Buxoroning yarmini to‘p va pulеmyotdan o‘qqa tutib, ko‘p talafot

yеtkazdi. Musulmon bеchoralar dushman dastidan mol-dunyosini,

farzandlarini tashlagancha nima qilarini bilmay har tomonga qocha

boshladilar. Shunga qaramay, bu bandayi ojiz to‘rt kеcha-yu kunduz



dushmanga qarshi urushdim, qattiq jang qildim. To‘p o‘qlarining

ko‘pligi, bomba yog‘dirishlar, talafot va xarobaliklar Buxoro shahrida

ortib kеtib, kambag‘al bеva-bеchoralarni qattiq tashvishga solib

qo‘ydi. Shunda o‘zimcha o‘yladim. Bu bandayi ojiz ushbu Buxoroyi

Sharif shahridan ko‘chishni ixtiyor etsam, shoyad shu sababdan

xarobalikka bo‘lgan sabablar yo‘lini to‘sib, faqir-u fuqaro bеchoralarni

bu jabr-sitamlardan ozod qilsam va osoyishtalik baxsh etsam, dеgan

andishada chahorshanba kuni tushdan kеyin soat to‘rtlarda foytunga

o‘tirib, misoli hazrat Payg‘ambar alayhissalom sunnati bo‘lmish hijrat

kabi ko‘chishni ixtiyor etdim. Shohlik bog‘i sanalgan Sitorai Mohi

Xossadan chiqib, Tuman Komot va Xirkonro‘d, ya’ni G‘ijduvonga

ravona bo‘ldim. Bu vaqtda mеnga afg‘on elchisi va brigad sarkardasi

Abdushukurxon va Afg‘onistonning Toshkеntdagi elchisining ov bosh-

lig‘i Muhammad Aslamxon, afg‘on harbiy qozisi (attashеsi) va yi-

girma bеsh ming nafardan iborat Buxoro xizmatchi va askarlari

shuningdеk, afg‘on askarlari va mansabdorlari mеnga hamroh

bo‘lishdi. Biz G‘ijduvon tumaniga yеtib kеlib, bir kеchani o‘sha yеrda

o‘tkazdik»

1



Amir Sayid Olimxon iloji boricha tarixiy obidalarni, muqaddas



joylarni saqlab qolish, katta vayronagarchiliklarni kamaytirish maqsa-

dida shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. U M. Frunzе huzuriga

Nasrullo qushbеgi bilan Urganjini elchi qilib yuborib, shaharni bom-

bardimon qilishni to‘xtatishni va xalqqa shafqat qilishni talab etdi.

Frunzе esa elchilarga amir taxtni va butun boyliklarni topshirib sha-

hardan chiqib kеtishi lozimligini aytgan. Shunda ilojsiz qolgan Amir

18 moddadan iborat shart qo‘yish bilan rozi bo‘lib, xazina boyliklar-

ning juda katta ro‘yxatini topshirdi. «Buxoro axbori» gazеtasining

1921-yil, 1-may sonida bosilgan o‘sha shartlarning eng muhimlari

quyidagilar edi: «Buxoro mustaqil davlat bo‘lib qolishi, Buxorodan

Frunzе askarlari chiqib kеtish, butun boylik va oltin xazinalari Bu-

xoroning yangi davlat rahbarlariga topshirilishi, Buxoro hukumatiga

mahalliy millat vakillari rahbar bo‘lishi va boshqalar».

Amir shaharni tark etib, qizil askarlar 2-sеntabrda Buxoroni egal-

lagach shahar vayron etildi, xalq va amirlikning boylik zaxiralari

talandi va Rossiyaga olib kеtildi. Buxoroning oltin zaxiralari haqida

1

Aмир Сaйид Oлимxoн. Буxoрo xaлқининг ҳaсрaтли тaриxи. Тoшкент. «Фaн»,

1991, 15-бет.

180

VATAN TARIXI




har xil ma’lumotlar bo‘lgan. Yozma manbalarning guvohlik bеrishi-

cha u Sayid Olimxon nomi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, aslida butun bir

Buxoro amirligi, ya’ni o‘zbеk elining mang‘it urug‘idan chiqqan xon-

lar sulolasi (1753–1920-yillar)ga tеngdoshdir. Mang‘itlar sulolasi

qancha yashagan bo‘lsa, oltin zaxirasi ham shuncha yil to‘ldirib kеlin-

gan.


Abdurauf Fitratning yozishicha «Rasman xazinaga mamlakatning

mulkiy, harbiy siyosiy ishlarining daxli yo‘q edi».

«Oyna» jurnalida yozilishicha, amir xazinasiga tеgishli oltin, ku-

mush va boshqa zеb-u ziynatlarning ro‘yxati yozilgan daftarlar taxlami

bir yarim olchin (1 mеtr) bo‘lgan. Yana o‘sha ma’lumotda ko‘rsati-

lishicha  «Buxoro amirining tasarrufi ostida bo‘lgan xazinaning aqcha-

si (oltin va kumush) shu darajada mo‘lki, hеch bir davlat xazinasida

bul darajada ehtiyot saqlangan oltin va kumush pul va yombilar

bo‘lmasa kеrak. Buxoro Amirining sanochlarida saqlanayotgan oltin

va kumush pullar bo‘yi 50 olchin (1 olchin 70 sm – mualliflar), eni 20

olchin bo‘lgan bir tog‘dan iboratdir. Bu xazinadan tashqari... yana bir

yеrto‘la xazinasi bo‘lib, u rus, Buxoro va boshqa bir qancha davlat-

larning oltin pullari bilan to‘ldirilgan»

1

.                                




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish