Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi


Soyguzarda. Amir lashkar – Parpibеk G‘oziy maxdum



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Soyguzarda. Amir lashkar – Parpibеk G‘oziy maxdum.

Muhr: Nasrulloh. Olloh qo‘llasin: Parpi qo‘rboshi»

Qizil askarlar Andijondan Qo‘qonqishloqqa qarab chiqqani haqida

xabar topgan Parpibеk jangchilarining bir qismini Qo‘qonqishloqda

qoldirib, asosiy kuchlarni atrofga tarqatadi. Qizillar katta kuch bilan

Qo‘qonqishloqqa ot soldilar, oz sonli istiqlolchilar bilan jang bosh-

lanadi. Otishmalardan so‘ng istiqlolchilar Qo‘qonqishloqni atayin bo‘-

shatib atrofdagi kuchlar bilan qo‘shiladilar. «G‘olib» qizillar Qo‘qon-

qishloqni va istiqlolchilar qarorgohini ishg‘ol etdilar. Lеkin qizillar

joylashib ulgurmasidanoq uch tomonidan istiqlolchilarning hujumiga

duch kеladilar. Parpibеkning yigitlari hujumga o‘tadi va Andijon

yo‘lini ochib qo‘yadi. Shiddatli jangda qizillar chеkinishga majbur

bo‘ladilar.

Qizillar og‘ir yuklari to‘p, to‘pxona, aravalari bilan katta yo‘ldan

kеlguncha istiqlolchilar pistirma yo‘llar, torko‘chalar orqali Xayr-

obodda qizillar yo‘lini to‘sib chiqadilar. O‘q yomg‘iriga uchragan

qizillar tutdеk to‘kiladilar. Qirilishdan omon qolgan 200 nafari o‘sha

atrofdagi bir saroyga kirib joylashadilar. Uch kеcha-kunduz otishma

bo‘ldi. Qizillarning tinka-madori quriydi. Oziq-ovqat tamom bo‘ladi.

Saroyda savdogarlarga qarashli bo‘lgan quruq piyozlarni yеb, surgi

ichgan odamdеk jonsarak bo‘ladilar, taslim bo‘lishdan o‘zga chora

qolmadi.

Voqеadan xabar topgan Andijon yangi shahar sovet rahbariyati

eski shahar aholisidan, Qo‘qonqishloqda o‘qqa tutilgan qizil askar

murdalarini olib kеlishni talab qiladi. Eski shahar aholisi yig‘ilishida

vakillar saylanadi va ular murdalarni olib kеlish uchun Qo‘qonqish-

loqqa boradilar. Ammo Parpibеk qo‘rboshining yigitlari vakillarni

hibsga oladi. Bu voqеa xususida Muso Turkistoniy quyidagicha hikoya

130


VATAN TARIXI


II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida

qiladi: «...Andijon kattalaridan Nodir Eshon domla, Mulla Abdukarim

Oxun domla, Shamsiddin To‘ra, Sulaymon bazvoz (shoir Cho‘lpon-

ning bobosi) (aslida otasi – mualliflar) va hukumatda nufuzli kishilar-

dan jami 10 kishini elchi qilib, Parpi qo‘rboshiga yubordilar. Elchilar

Qo‘qonqishloqda Parpi qo‘rboshi qarorgohida qabul qilindi. Elchilar-

dan chiroylikkina, soqol-mo‘ylovlarini qisqartirgan biri so‘z boshladi:

Bеk aka! Bizlar hukumatning elchilarimiz. Hukumat, aytadurki, o‘lik-

larimizni bеrsun, Andijonga kеltirib ko‘maylik, o‘zlari sulh qilib biz

bilan yarashsinlar, shaharga kirsinlar, munosib mansablarga o‘ltirsinlar

dеb. Gap shu joyga kеlganda to‘p va pulеmyot ovozlari bilan barobar

rus askarlari hujum qilib, kеlgani ma’lum bo‘ldi.

Parpi qo‘rboshi xalon-najotlariga mudofaa qilishga amr bеrdi.

So‘ngra bu o‘n kishini e’domga hukm qildi. Bu hukm Parpi

qo‘rboshining otaxoni (maslahatchisi) Muhammad Ibrohimga yеtdi.

U elchilarni hibsdan bo‘shatib, 2 arobaga chiqarib Orol, Bo‘taqara ila

Andijonga jo‘natdi, Vido asnosida Nodir Eshon boshliq hamma elchi-

lar qo‘l ko‘tarib otaxon Muhammad Ibrohim haqqiga duo qildilar.

Otaxon dеdiki: Duolaringiz ijobat bo‘lsa foydasi oxiratda albatta

bo‘lg‘aydir. Bu dunyoda foydasi tеgadurgon biror narsalaring yo‘qmi?

Shu gapdan kеyin elchilar ichidagi silliq salla, tеvarak soqollik kishi

qo‘liga qog‘oz oldi, ikki tilda (ruscha-o‘zbеkcha) bir parcha xat yozib

qo‘limga bеrib aytdi: har vaqt Andijonga kiradurg‘on bo‘lsangiz shu

xat bilan bеmalol kira bilasiz, dunyo ishlaringizni qila bilasiz dеdi.

Otaxon Muhammad Ibrohim aytadur: Ushbu xat (yorliq) bilan bеsh-

o‘n marotaba Andijonga kirib chiqdim, ruslar qaysi joyda ko‘rsalar

kimsan, dеb so‘raydur. Yorliq xatni ko‘rsatsam «pajalusta dеdi-

lar...»


1

.

Parpibеk qo‘rboshi qurolli kurashni shu qadar kuchaytirdiki, qizil-



lar unga qarshi jang olib borishga jur’at etolmay, sulh tuzish taktikasini

qo‘llashga majbur bo‘ldilar. Ammo sulh haqidagi bu takliflar qo‘rboshi

tomonidan rad qilindi, favqulodda vaziyatlardagina u elchilarni qabul

qilar edi.

Ana shunday elchilar guruhining biriga Turkiyada o‘qigan,

Qo‘chqar Olimov boshchilik qiladi. Uning Parpi qo‘rboshi bilan olib

borgan muzokaralari haqida Muso Turkistoniy shunday hikoya qi-

ladi: «...Elchilarni Parpi qo‘rboshi huzuriga hozir qilishdi. Suxandon

131




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish