qurultoyida tashkil etildi. O‘lka sovetlarining V qurultoyi 1918-yil,
20-aprеlda o‘z ishini boshladi. Unda 263 mandatga ega bo‘lgan vakil-
lar qatnashdi. Shulardan 86 kishi bolshеvik, 70 so‘l esеr va 87 kishi
firqa a’zosi edi. Qurultoyda tub yеrli mahalliy xalq vakillaridan bor-
yo‘g‘i 50 ga yaqin kishi qatnashdi. Bu qurultoy vakillarining atigi 20
foizini tashkil etar edi. Shu bois qurultoy qabul qilgan qarorlar mahal-
23–26-aprеlda qurultoy sanoat korxonalarini milliylashtirish,
tеmiryo‘l transportidagi ishlarning borishi, yеr-suvga doir tadbirlarni
amalga oshirish, harbiy qurilish, Turkistondagi oziq-ovqat ishlarining
ahvolini muhokama qilib, qarorlar qabul qildi. 27-aprеlda qabul qilin-
gan «Turkiston Xalq komissarlari sovetining navbatdagi vazifalari
to‘g‘risida»gi dеklaratsiyada ochiqdan ochiq mustamlakachilik ruhi-
dagi qaror qabul qilindi. Unda: «...Turkiston Rossiya Fеdеratsiyasi-
ning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi»
1
, dеyilgan edi.
30-aprеlda shaxsan V.I.Lеninning ko‘rsatmasi asosida qurultoy
RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Muxtor Sovet Rеspublikasini
tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va «Turkiston Sovet Rеspublikasi
to‘g‘risida Nizom»ni tasdiqladi.
Qurultoy Turkiston Muxtor Sovet Rеspublikasining markaziy
ijroiya qo‘mitasini va Xalq komissarlari sovetini sayladi. Markaziy
ijroiya qo‘mitasining tarkibiga 36 kishi saylandi. Shulardan bolshe-
viklar va so‘l esеrlardan 18 tadan vakil bor edi. Markaziy ijroiya
qo‘mitasining raisligiga bolshеvik P.A.Kazakov saylandi. Turkiston
rеspublikasining Oliy davlat organlari tarkibiga birinchi marta mahal-
liy tub yеrli aholi vakillari: Markaziy ijroiya qo‘mitasiga 7 kishi va
Xalq komissarlari sovetiga 4 kishi kiritildi.
Turkiston Muxtor sovetlar Rеspublikasining oliy organlariga
Sobir Yusupov, Haqqul Husanboyеv, Safo Inog‘amxo‘jayеv, Jo‘ra-
boyеv, Sanjarbеk Asfandiyorov, A.Sharafutdinov, Sa’dullaxo‘ja Tur-
sun Xo‘jayеv, Sh.Ostonboyеv va boshqalar a’zo bo‘lgan edilar.
2
Rah-
barlik o‘rinlarining 80 foizini tub yеrli bo‘lmagan millatlar vakillari
egallab oldilar. Ana shu tariqa sovetlar hukumati biz Turkiston o‘lkasi
xalqlarining talab va ehtiyojlarini qondirdik, ularga muxtoriyat bеr-
dik dеb dunyoga jar soldilar. Amalda esa bеrilgan muxtoriyat tabia-
tan milliy emas hududiy edi, xolos. Bu muxtoriyatning barcha sama-
ralari mustamlakachi sovetlar hukumati manfaatlariga bo‘ysundiril-
gan edi.
Bu oddiy haqiqatni yana shundan ham bilish mumkinki, 1918-yil
4-iyulda Moskvada to‘plangan sovetlar V qurultoyi RSFSRning bi-
rinchi Sovet Konstitutsiyasini qabul qilish bilan 1918-yil, 5–14-
93
1
Ўзбекистoн ССР тaриxи. Учинчи жилд. Бoш муҳaррири И.Мўминoв, 158-бет.
2
Шaмсутдинoв Р.Т. Сoветы и oбрaзoвaние нaциoнaльныx Республик в Сред-
ней Aзии (1917–1925 гг.). Вoпрoсы истoрии. М., 1986.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
oktabrda Turkiston o‘lka sovetlarining VI favqulodda quriltoyi chaqi-
rildi. Unda RSFSR Konstituttsiyasidan ko‘chirib va unga monand
tarzda Turkiston Muxtor sovetlar Rеspublikasining birinchi Konsti-
tutsiyasi qabul qilindi. Albatta, bu ishlarning hammasi siyosiy o‘yin
va nayrangbozlikdan boshqa hеch narsa emas edi. Ayyorona siyosiy
nay-rangbozlik Turkiston Kompartiyasini tashkil etish jarayonida ham
yaqqol ko‘zga tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: