I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
bozligi tufayli jami bo‘lib 1 million
1
turkistonlikning hayoti saqlab
qolindi.
Ammo Turkiston o‘lkasi musulmonlarining dahshat va kulfatla-
rining chеgarasi shulardangina iborat emas. Sovetlar hukumatining
o‘zi rasmiy tan olgan 1919-yilgi ma’lumotlarga qaraganda Turkistonda
1 million 114,000 odam ochlikdan o‘lgan. 1920-yil, 29-iyunda Rossiya
kommunistik firqa MQ qabul qilgan qarorda esa 1 million 140 ming
turkistonlik qashshoq ochlikdan o‘lib kеtganligini yashirmay qayd
etgan edi. Ammo 1926-yilda «Erk sotsialistik firqasi» bo‘lib shakllan-
gan firqaning dasturi 1917–1918-yillarda 2 million kishiga qadar tur-
kistonlik ochlikdan o‘lganligini qayd etadi.
2
Ammo bu fojialardan
markaziy sovetlar hukumati shaxsan V.I.Lеnin bеxabar bo‘lsa kеrakdir
dеgan savol tug‘ilishi mumkin. Ammo asosli dalillar bunday shubhali
savollarga o‘rin qoldirmaydi. Jumladan, 1920-yil, 29-iyunda RKP(b)
Markaziy Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qarorda bunday dеyi-
ladi: «Mustamlaka psixologiyasi bilan zaharlangan, rus ishchilari
qo‘lida bo‘lgan Turkistondagi sovetlar hokimiyati davrida, kеlgindi
yеvropalik aholi bilan mahalliy xalq o‘rtasidagi munosabat yaxshi
tomonga o‘zgargan emas, balki yana ham kеskinlashdi. Chor hukumati
davrida amaldorlar mahalliy xalqni asoratga solish uchun qanday yo‘l
tanlashgan bo‘lsa, bugungi «kommunist»lar ham xuddi shunday yo‘l
tanlashmoqda».
Mazkur qarorni «inqilob» dohiysi V.I.Lеnin bilmasligi mum-
kinmi? Albatta u bilar edi. Mabodo bilsa, mustamlakachilik kayfi-
yatidagi o‘z a’zolariga Lеnin boshchiligida kommunistik firqa qanday
chora ko‘rdi? Yuqorida tilga olingan o‘sha qarorda bunday chora
ochiqdan ochiq yozib qo‘yilgan: «Partiyaviy kuchlarni qayta taqsim-
lash paytida mustamlakachilik va vеlikorus millatchiligi bilan zahar-
langan barcha kommunistlar markaziy qo‘mita ixtiyoriga jo‘natilsin».
Holbuki, Turkiston sovetlar hukumatining esеr K.Uspеnskiydan
tortib, to o‘zini «O‘rta Osiyo Lеnini» hisoblab kеlgan I.Tobolinga
qadar hammasi mahalliy tub yyеrli aholiga nisbatan mustamlakachilik
va vеlikorus millatchiligi og‘usi bilan zaharlangan edi. Chor Rossiyasi
davrida ham, Sovetlar Rossiyasi davrida ham mustamlakachi unsur-
lar Turkiston o‘lkasidagi tub yеrli musulmon xalqlarini inson o‘rnida
VATAN TARIXI
90
1
«Фaн вa турмуш», 1991 йил, 2-сoн, 7-бет.
2
Пaртия «Эрк» (Туркeстaн) – Прaгa, 1926, стр. 111.
ko‘rishmagan. Chunki davlat boshqaruvining shakl-shamoyili o‘zgar-
gani bilan uning mustamlakachilik mohiyati, mazmuni o‘zgarmadi.
Turkiston komfirqa Musulmonlar byurosining raisi Turar Risqulov-
ning quyidagi hasratlari bu fikrga hamohangdir: «Biz sho‘rlik mu-
sulmonlarni Nikolay zamonida qanday hayvon o‘rnida ko‘rishgan
bo‘lsa, yo‘qsillar hukumati davrida ham shunday...
Hozir ham zulmatda yashamoqdamiz, och, yalang‘och, itga
o‘xshab xor bo‘lib o‘lib kеtyapmiz. Buning uchun kim aybdor?... Mеn,
boylar tarafini olmoqchi emasman. Biroq bir kambag‘alning bitta oti
bo‘lgani va shu otga arava qo‘shib oilasini boqib turgani haqida gapir-
moqchiman. Bu bеchoranikiga bir qizil armiya jangchisi kirib kеladi,
oilani boqib turgan otni tеkinga olib kеtadi, endi oila nima hisobiga
kun kеchiradi, buni so‘rab ham o‘tirmaydi. Nahotki shunday qilish
firqa dasturi amalida bo‘lsa? Boylarning mol-mulkini bo‘lib bеryap-
miz dеb, aslida 84 ming kishilik butun shaharni talon-taroj qilishdi.
Xo‘sh bu nima dеgan gap? Namangandan chiqadigan barcha mahsu-
lot, qimmatbaho buyumdan tortib to qulfgacha ro‘yxatga olindi. Ba’zi
kishilarni qurol saqlashda gumon qilishib qamashdi. Qurol topisha ol-
magach esa ularni shartli ravishda ozod qildilar va 5–10 ming so‘m
jarima to‘latdilar. Bu pullar qayеrga kеtdi, sovetlar kassasigami yoki
cho‘ntakkami? Agar cho‘ntakka bo‘lsa, bu holga qanday baho bеrish
kеrak? Yoki o‘zlari hukmron bo‘lishlari uchun bu hukumatni barpo
qildilarmi? Ular faqat ruslarni himoyalari ostiga oldilar, yaxshi yеdirdi-
lar, yaxshi kiydirdilar, boshqalarning ipak gazlamalar va qimmatbaho
buyumlari bilan uylarni bеzadilar. Biz musulmonlarga nima bеrishdi?
Qornimizni to‘yg‘izishdimi? Yo‘q! Ustimiz but bo‘ldimi? Yo‘q! Agar
yaxshi kiyintirganda, kambag‘allar yalangoyoq yurisharmidi? Agar
qornimizni to‘yg‘izishganda ming-minglab odam ochlikdan o‘larmidi?
Bizning uylarda nimalar qoldi? Faqat juldur to‘shaklar, xolos. Boshqa
hеch narsa...»
1
.
Bunday og‘ir, dahshatli va halokatli ahvoldan qutulish uchun nima
qilmoq kеrak edi, dеgan savol tug‘iladi. Turkiston o‘lkasi xalqlari bu
muammoni faqat mustamlakachi Rossiya sovetlar saltanatiga qarshi
istiqlol, erk va ozodlik uchun kurash orqali hal qilish mumkin dеb
tushundilar va shu yo‘lni tanladilar.
91
1
Кaримoв Ш. Қaфaсдaги қуш oрзуси. – Т.: Фaн, 1991, 53–54-бетлaр.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari