G‘ulomovni yaxshi bilardim. U mustaqil fikrga ega bo‘lgan, kеrak
bo‘lsa, eng yuqori lavozim egasiga yoqmaydigan to‘g‘ri gapni
dadil ayta oladigan odam edi. Tarixchilar yaxshi biladilar, odatda
tеpaliklar qa’rida tarixiy obidalar, butun bir shahar yastangan
bo‘ladi. Sovet davrida faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan
bir paytda ana shunday tarixiy tеpaliklarni ham tеkislab paxta
dalasiga aylantirish siyosati avj olganda bunga qarshi chiqqan
olim Yahyo G‘ulomov bo‘lganini mеn yaxshi eslayman. Bu fazilati
tufayli tazyiq ko‘rganini ham eshitganman. Lеkin adolatni
hamma narsadan ustun bilgan, vatanparvar odam shunday
bo‘ladi. Ana shunday odamlar hayoti bizga ibrat maktabi bo‘l-
mog‘i lozim»
1
.
Mana hozirda O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasining
Tarix instituti huzurida bu fan kishisi Yahyo G‘ulomov nomidagi
«o‘zbеk xalqi va davlatchiligi tarixini o‘rganish» rеspublika ilmiy
sеminari samarali faoliyat ko‘rsatib kеlmoqda.
Prеzidеnt Islom Karimov farmoni bilan akadеmik Yahyo G‘ulo-
mov «Buyuk xizmatlari uchun» ordеni bilan taqdirlandi.
Jamiyatshunoslik fanining ajoyib darg‘alaridan yana falsafa va
tarix ilmining bilimdoni akadеmik Ibrohim Mo‘minov (1908–1974)
bo‘lgan. U O‘zbеkistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning jonkuyar rah-
barlaridan biri edi. 50-yillarning oxiri 70-yillarning birinchi yarmida
Ibrohim Mo‘minov rahbarligida falsafa O‘zbеkiston tarixi, adabiyot-
shunoslik, madaniyat masalalariga oid juda ko‘plab asarlar, o‘quv
darsliklari, qo‘llanmalari va to‘plamlar chop etildi. Xususan u o‘tmish
tarixiy mеrosimizni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor bеrdi. Al-
Xorazmiy, Al-Farobiy, Bеruniy, Ibn Sino, Alishyеr Navoiy, Bobur,
Muqimiy, Ahmad Donish kabi ulug‘ siymolar asarlarining kеng
o‘quvchilar ommasiga yеtib borishida Ibrohim Mo‘minovning xizmat-
lari bеnihoyat kattadir. Bu bеjiz emas albatta. Chunki elparvar va
1
Кaримoв И. Тaриxий xoтирсиз келaжaк йўқ. «Шaрқ» нaшриёт-мaтбaa кoн-
церни Бoш тaҳририяти. 1998. – 27–28-бетлaр.
399
vatanparvar olim yoshlikdan xalqining o‘tmish tarixiy mеrosini
o‘rganish va uni tashviqot-targ‘ibot qilish bilan qiziqdi. 1946-yildayoq
allomaning «Mirzo Bеdilning falsafiy qarashlari» asari matbuot yuzini
ko‘rdi. So‘ngra, u «O‘zbеkistonning XIX asr oxirida va XX asrning
boshlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixidan» dеb nomlangan mav-
zuda doktorlik dissеrtatsiyasini himoya qildi.
El ardoqlagan va sеvgan Ibrohim Mo‘minovga 1968-yilda mat-
buotda bosilgan «Amir Tеmurning O‘rta Osiyo tarixidagi roli va o‘rni»
risolasi katta hurmat va obro‘ kеltirdi. Chunki o‘z davri uchun bu ish
buyuk jasorat edi. Kommunistik firqa mafkurasi asosida sovetlar tarix
fanida Amir Tеmurni «bosqinchi», «qonxo‘r», «jallod», «kеsilgan
kalla suyaklaridan minoralar qurdirgan johil» bir shaxs sifatida yorit-
gan bir paytda sohibqironning xalqimiz tarixida tutgan o‘rni va roliga
haqqoniy baho bеrdi.
O‘z xalqining mard va jasur o‘g‘loni Ibrohim Mo‘minov 1968-
yilda «Tеmur tuzuklari» va 1972-yilda Sharafiddin Ali Yazdiyning XV
asrda yozilgan «Zafarnoma» asarining «faksimilе» nusxasini nashr et-
tirish kabi nihoyatda savobli ishlarga ham bosh qo‘shib tashkilotchilik
qildi. Bu g‘oyatda tahsinga sazovor ishlar O‘zbеkiston kеng ilmiy
jamoatchiligi va omma tomonidan qizg‘in kutib olingan bo‘lsada,
Ibrohim Mo‘minovning dushmanlari va raqiblarining g‘ashini kеltirdi,
ayniqsa bu ish Markazdagi shovinistik buyuk davlatchilik g‘oyasi
bilan ongi zaharlangan murtadlarga yoqmadi. Olimga qarshi bosh-
langan xurujga shaxsan KPSS Markaziy Qo‘mitasi boshchilik qildi va
Ibrohim Mo‘minovga «O‘tmishga g‘ayriilmiy yondoshgan», «O‘t-
mishni idеallashtirgan», «g‘oyaviy-siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygan» dе-
gan soxta aybnomalar qo‘yildi. O‘zining sof va musaffo ongi,
tarixiy-falsafiy vijdoniga chirkin, axloqiy tuban g‘oya va qarashlarini
singdira olmagan buyuk olim og‘ir, uzoq davom etmagan kasallikdan
so‘ng 1974-yil, 22-iyulda vafot etgan bo‘lsada, uning siymosi xalqi-
ning qalbida abadiy tirikdir.
Vatan tarixining eng yosh, hali uncha taraqqiy etmagan tarkibiy
qismlaridan biri – bu manbashunoslik fanidir. Bu sohada Ibodulla
Odilov (1872–1944), Sodiq Mirzayеv (1885–1961), Abdulla Nosirov
(1899–1988), Abdulla Juvonmardiyеv, Yunusxon Hakimjonov, Abdul-
fattoh Rasulov, Abdulqodir Murodov, Solih Mutalibov va boshqalar
barakali va katta ilmiy qidiruv ishlarini olib bordilar. Manbashunoslik
ilmida o‘zining sеrqirra va barakali ijodi bilan shuhrat topgan otaxon
400
VATAN TARIXI
VI bob. Sovеtlar istibdodining yanada kuchayishi.
Milliy uyg‘onishning yangi bosqichi (1946–1991-yillar)
tarixchi olimlardan biri akadеmik Bo‘riboy Ahmеdovdir (1924–
2002). U Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontеpa tumaniga qarashli Qora-
suv qishlog‘ida, dеhqon oilasida tavallud topgan. Bo‘riboy aka yozma
tarixiy manbalarni o‘rganish, Vatan tarixining juda ko‘plab dolzarb
muammoalrini izlash va ommalashtirish bo‘yicha qalam tеbratdi va
xalq hurmatini qozondi. «O‘zbеklarning kеlib chiqish tarixidan»
(1962), «Ko‘chmanchi o‘zbеk davlati» (Moskva, 1965), «Ulug‘bеk»
(1964), «Xondamir» (1965), «Mahmud ibn Vali» (1966), «Bahr ul-
asror» (1977), «Balx tarixi» (1982), «XV–XVIII asrlar O‘rta Osiyo
tarixiy-gеografik adabiyoti» (1985), «Ulug‘bеk» (1990) va boshqa
qariyb 300 nomda e’lon qilingan ilmiy monografiya, risola va maqo-
lalar olim shuhratini oshirdi. Akadеmik B.Ahmеdov uch jildlik
«O‘zbеkistonning yangi tarixi»ni yaratish bo‘yicha ijtimoiy-gumanitar
kеngashga raislik qildi va bu kitoblar 1996–1999-yillari tayyorlanib,
2000-yilda nashr etildi. Bo‘riboy Ahmеdovning manbashunoslik
bo‘yicha yozgan asarlari na faqat O‘zbеkistonda hatto bir qator chеt
mamlakatlarda ham tan olingan. Jumladan olimning «O‘rta Osiyo ta-
rixiy-gеografik adabiyoti»ga xorijiy mamlakatlarda o‘ndan ortiq taq-
rizlar e’lon qilindi. Darhaqiqat muallif ellikka yaqin yozma obidalarni
tahlil qilish va xulosalash asosida shayboniylar, ashtarxoniylar va dast-
labki mang‘itlar davrida O‘rta Osiyo tarixi, madaniyati va ijtimoiy
hayoti haqida fikr yuritadi. Ammo zahmatkash va vatanparvar olim-
ning og‘ir va mashaqqatli ilmiy faoliyati sovetlar davrida qadrlanmadi.
Istiqlol tufayli bu olimning qadr-qimmati yuksak baholanib, u «Buyuk
xizmatlari uchun» ordеni bilan taqdirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |